MYUdan rad javobini olgan "Roma" Kris Smolling uchun 15 million evro to'lashga tayyor
01 noy 2019 22:21
Yangiliklar


MYUdan rad javobini olgan "Roma" Kris Smolling uchun 15 million evro to'lashga tayyor
Sky Sports nashrining xabar berishicha, rimning "Roma" klubi "Manchester Yunayted" klubi markaziy himoyachisi Kris Smolling uchun taklif qilinayotgan mablag'ni oshirishga tayyor.
Avvalroq, MYU rahbariyati "bo'rilar" tomonidan taklif qilingan 10 million evrolik taklifni rad etgandi. Endi rimliklar Smolling uchun bonuslardan tashqari 15 million evrodan voz kechishga tayyorlar.
Eslatib o'tamiz, angliyalik himoyachi mavsum avvalida keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olingandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar