MYUda yana bir yo'qotish. SHou ikkita o'yinni o'tkazib yuboradi
03 apr 2019 13:09
Yangiliklar


MYUda yana bir yo'qotish. SHou ikkita o'yinni o'tkazib yuboradi
Kecha APL 33-turi doirasida "Manchester Yunayted" "Vulverxempton" mehmoni bo'ldi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvning 38-daqiqasida mankunianliklar chap qanot himoyachisi Lyuk SHou bosh hakam Mayk Din tomonidan ogohlantirildi. SHu tariqa, Lyukning APL joriy mavsumidagi sariq kartochkalari soni 10taga etdi. Qoidaga ko'ra, endi futbolchi ichki chempionatning keyingi ikkita o'yinini o'tkazib yuboradi. MYU Premer-ligadagi keyingi ikki bellashuvni "Vest Xem" va "Everton"ga qarshi o'tkazadi.
Qizig'i, agar SHou sariq kartochka olmaganida diskvalifikaciyadan qutulib qolgan bo'lardi. Yani, kecha ogohlantirilmaganida dedlayn sabab keyingi turgacha uning barcha sariq kartochkalari "kuyib ketgan" bo'lardi.
Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>>>> APL
O’xshash yangiliklar

Fikrlar