"MYUda o'ynash oson emas" - Andre Onana
07 avg 2024 18:50
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" darvozaboni Andre Onana jamoadagi ilk mavsumiga baho berdi.
"MYU futbolchilari mag'lubiyatga uchraganda, haqli ravishda tanqidga uchraydi – bu kasbimizning bir qismi. Men bu erga dunyoning eng zo'r darvozaboni bo'lib kelgandim, tabiiyki, muxlislar menga nisbatan juda talabchan edi. Ular ko'p narsani kutishadi, lekin ayni vaqtda ko'p qo'llashadi.
Muvozanatni topish o'ta muhim. Tanqid bazan foydali, sizni xatolaringizni tahlil qilishga majbur qiladi. MYUda o'ynash oson emas, chunki umidlar katta. Lekin biz har qanday raqibni mag'lub etishimiz mumkinligini ko'rsatdik va barcha turnirlarda g'alaba uchun kurashamiz.
O'ylaymanki, taxminan olti oydan keyin o'zimni bu erda o'zimni uydagidek his qila boshladim. Yangi mamlakat, chempionat va jamoaga ko'nikish oson emas, lekin bu borada jamoadoshlarim katta yordam berishdi", – dedi futbolchi.
Onana o'tgan yozda 50 mln evro evaziga "Inter"dan MYUga o'tgandi. 28 yoshli posbon o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 51 ta o'yinda qatnashib, 13 bor darvoza daxlsizligini saqlab qolgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Будё Глимт" ўз уйида "Манчестер Сити"ни ишончли тарзда мағлубиятга учратди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бор аламини "Монако"дан олди
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
Ҳусниддин Алиқулов учун мавсум якунланди. Футболчи Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмайди
Fikrlar