MYU Villian bilan shartnoma imzolamoqchi. U ikki haftadan so'ng erkin agentga aylanadi
16 iyu 2020 18:30
Yangiliklar


MYU Villian bilan shartnoma imzolamoqchi. U ikki haftadan so'ng erkin agentga aylanadi
"CHelsi" yarim himoyachisi Villian faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, "Manchester Yunayted" 31 yoshli vinger bilan muzokaralar olib bormoqda. Manchesterliklar yosh forvardlar - Antoni Marsyal, Markus Reshford va Meyson Grinvudlar fonida tajribali o'yinchini o'z saflariga qo'shib olishmoqchi.
Villianning MYUga o'tishga rozilik bildirishi kutilmoqda. Bunga sabab APL restartidan so'ng jarohat olsa, boshqa jamoaga o'tishi qiyinlashishi bilan bog'liq.
Braziliyalik futbolchining "CHelsi" bilan tuzgan shartnomasi 30 iyunda yakuniga etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar