MYU so'nggi 10 ta o'yinda 9 ta g'alaba va 1 ta durang qayd etdi, keyingi raqib - "Arsenal"
19 jan 2023 09:12
Yangiliklar


MYU so'nggi 10 ta o'yinda 9 ta g'alaba va 1 ta durang qayd etdi, keyingi raqib - "Arsenal"
"Kristal Pelas" MYUning 9 ta o'yindan iborat g'alabali seriyasiga barham berdi.
Patrik Viyera jamoasi APLning qoldirilgan 7-tur o'yini doirasida MYU bilan durang o'ynadi.
Manchesterliklar so'nggi marotaba 6 noyabr kuni "Aston Villa" bilan o'yinda mag'lubiyatga uchragandi. O'shandan buyon jamoa 9 ta g'alaba va 1 ta durang qayd etdi. To'plar nisbati esa 24:6 ni tashkil etadi.
Endi MYU navbatdagi o'yinini 22 yanvar kuni APL peshqadami "Arsenal"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar