MYU Reshfordning maoshini ikki karra ko'tarmoqchi
01 iyu 2019 17:41
Yangiliklar
MYU Reshfordning maoshini ikki karra ko'tarmoqchi
"Manchester Yunayted" rahbariyati hujumchi Markus Reshford bilan shartnomani uzaytirish borasida muzoralarni davom ettirmoqda.
Mankunianlar 21 yoshli angliyalik futbolchini o'z tarkiblarida saqlab qolishmoqchi. Jamoa xo'jayinlari Markus bilan 8 iyulda boshlanadigan Avstraliya yig'ini oldidan shartnoma imzolashni rejalashtirishmoqda.
Yangi shartnomaga ko'ra forvardning maoshi haftasiga 300 ming funt (taxminan 335 ming evro)ni tashkil etadi. Xabar berilishicha, Reshford hozirgi vaqtda 120dan 150 ming funtgacha maosh oladi.
Futbolchi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 59ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol va 7ta samarali uzatmani amalga oshirgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar