MYU Pogbani sotishga tayyor va futbolchidan vaqt so'radi

Aslanov Jasurbek
7 iyul 2019, 19:27
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba 2019/20 mavsumni yangi jamoada boshlashni rejalashtirmoqda.

Fransiyalik maqsadi haqida jamoa bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher va klub rahbariyatiga ma'lum qildi.

Pogba uchun asosiy da'vogar "Real" bo'lib turibdi. "Qaymoqranglilar" ustozi 26 yoshli xavbekni sotib olish niyatida. Oldinroq, Polga "Yuventus" ham qiziqish bildirayotgani e'lon qilingandi.

"Qizil iblislar" Pogbani yozda sotishga to'g'ri kelishini tushinib turishibdi. Klub futbolchidan yangi yarim himoyachi topish uchun vaqt so'radi. Pol bu vaqt ichida MYUning Avstraliyadagi yig'inida ishtirok etadi.

"Manchester Yunayted" o'rnini "Lacio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich egallashi kutilmoqda. Rim klubi 24 yoshli serbni 120 mln. evroga sotmoqchi. Mankunianlar bu mablag'ni berish niyatida emas.

"Real" Pogba xaridi borasida ikki marta ingliz klubi bilan bog'landi va hozir muzokaralar boshlanishini kutmoqda. Madrid jamoasi "qizil iblislar" bilan munosabatlarni buzmoqchi emas.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca