MYU Mussa Dembele transferini ko'rib chiqmoqda
16 avg 2022 23:39
Yangiliklar


MYU Mussa Dembele transferini ko'rib chiqmoqda
Manchester klubi o'z tarkibini kuchaytirish niyatida.
"Lion" hujumchisi Mussa Dembele "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin. MYU hozirda Dembele variantini ko'rib chiqmoqda va futbolchining vakillari bilan aloqani yaxshilamoqda.
Manchesterliklar ustozi Erik ten Xag jamoa hujum chizig'ini kuchaytirishni juda ham istamoqda. Malumot uchun, Mussa Dembelening "Lion" bilan shartnomasi 2023 yil yakuniga etadi. Francuz klubining bosh skauti jamoa bilan shartnomani uzaytirmaydigan futbolchilar sotib yuborilishi haqida gapirgandi.
Eslatib o'tamiz, Mussa Dembele Franciya chempionatida o'tgan mavsum 30 o'yinda 21 gol va 4 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar