MYU Mourinyu istefoga chiqarilganidan beri kubok yutolmayapti
17 avg 2020 02:25
Yangiliklar
MYU Mourinyu istefoga chiqarilganidan beri kubok yutolmayapti
"Manchester Yunayted" Evropa Ligasi yarim finalida "Sevilya"ga imkoniyatni boy berdi (1:2) va musobaqani tark etdi.
SHu tariqa "qizil iblislar" uchun navbatdagi mavsum ham trofeylarsiz yakuniga etdi.
"Manchester Yunayted" hozircha so'nggi titulni Joze Mourinyu davrida qo'lga kiritgan edi. 2017 yilda inliz klubi EL finalida "Ayaks"ni (2:0) mag'lub etgani holda chempion bo'lgan. Portugaliyalik mutaxassis 2018 yilning 18 dekabrida ishdan bo'shatilgandi. O'shandan keyin MYU birorta ham sovrin qo'lga kirita olmadi.
Fikrlar