MYU Mourino va uning shtabiga 22 million evrodan ko'proq mablag'ni to'lab berdi
14 fev 2019 19:37
Yangiliklar


MYU Mourino va uning shtabiga 22 million evrodan ko'proq mablag'ni to'lab berdi
“Manchester Yunayted” klubi jamoaning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino va uning shtabiga qancha miqdordagi mablag'ni to'lab bergani malum bo'ldi.
Sky Sports nashrining xabariga ko'ra, “qizil iblislar” rahbariyati portugaliyalik murabbiy vauning yordamchilari hisobiga 19,6 million funt sterling (22,3 million evro) mablag'ni ko'chirib berganligi oydinlashdi.
Eslatib o'tamiz, Mourino o'tgan yilning 18 dekabrida jamoa azaliy raqibi “Liverpul”ga imkoniyatni boy berganidan so'ng MYU bosh murabbiyligidan istefoga chiqarilgandi. Portugaliyalik murabbiyi ingliz klubi bilan uchta sovrin – Angliya Liga kubogi, Evropa Ligasi va Angliya Superkubogida g'olib chiqqan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar