MYU mavsumni yangi murabbiy qo'l ostida yakunlaydi
16 may 2022 07:45
Yangiliklar
MYU mavsumni yangi murabbiy qo'l ostida yakunlaydi
Bugun, 16 may kuni “Ayaks” ustozi Erik ten Xag Angliyaga tashrif buyuradi.
U rasman “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi sifatida ish boshlaydi. Niderlandiyalik mutaxassis APL 38-turidan o'rin olgan “Kristal Pelas”ga qarshi o'yinda yangi jamoasidagi debyutini o'tkazishi kutilmoqda. Mazkur bahs 22 mayga belgilangan.
Eslatib o'tamiz, 52 yoshli mutaxassis bilan kelishuv 2025 yil yozigacha mo'ljallangan.
Manchesterliklarning hozirgi ustozi Ralf Rangnik 2021 yil 3 dekabrda jamoani qabul qilib oldi. U faoliyatini Avstriya TJda davom ettiradi.
Fikrlar