MYU Marsyalga 200 ming evro jarima soldi
01 avg 2018 17:16
Yangiliklar
MYU Marsyalga 200 ming evro jarima soldi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyal farzandi tug'ilishi tufayli mavsumoldi yig'inning 8 kunida yo'qligi sababli 200 ming evro jarima to'laydi.
Franciyalik futbolchi farzandi tug'ilganidan so'ng ruxsatsiz "Manchester Yunayted" safini tark etdi. Oldinroq, futbolchining agenti Marsyal ingliz klubini tark etmoqchi ekanligini malum qilgan edi.
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino Marsyal qachon qaytishini bilmasligi haqida aytdi.
Fikrlar