MYU "Kristal Pelas"ga taklif bilan chiqdi
09 iyu 2019 14:14
Yangiliklar
MYU "Kristal Pelas"ga taklif bilan chiqdi
"Manchester Yunayted" "Kristal Pelas" himoyachisi Aaron Uan-Bissaka bilan shartnoma imzolashni istaydi.
MYU 21 yoshli himoyachi uchun taklif bilan chiqdi, deb yozadi "Sky Sports".
Mankunianliklar ushbu mavsum jamoani tark etadigan Antonio Valensiyaning o'rnini to'ldira oladigan futbolchi izlamoqda. Van-Bissakaning London klubi bilan yana 3 yillik shartnomasi bor. MYU taklifi bois, futbolchi klub bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas.
Himoyachi "Pelas" tarkibida 2018 yilning fevralida debyut qilgan va shundan buyon asosiy tarkibda maydonga tushib kelmoqda. Yakunlangan mavsumda u 39 o'yinda qatnashdi.
Fikrlar