So’nggi yangiliklar

00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  3 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  12 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  5 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  1 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  2 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  6 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  0 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  4 22:20Осимхен расман ижара асосида турк клуби ўтди. "Наполи" футболчини бепулга ижарага берди, аммо...  1 21:47Девид Бекхэмнинг 22 ёшли ўғли кутилмаганда футболни тарк этди. Энди у фаолиятини модел сифатида давом эттиради  1 21:18Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  8 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  10 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  5 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  4

MYU kiyinish xonasidagi tarixiy mojaro: Fergyuson Bekxemning qoshini yorgan, Devidni uch kishi ushlab qolgan Yangiliklar

MYU kiyinish xonasidagi tarixiy mojaro: Fergyuson Bekxemning qoshini yorgan, Devidni uch kishi ushlab qolgan

15 fevral, 2003 yil.

Ushbu sanada APL tarixidagi eng jumboqli voqealardan biri sodir bo'lgan. "Arsenal"ga qarshi uchrashuvdan so'ng MYU kiyinish xonasida mojaro yuzaga keldi va ser Aleks Fergyuson butsa bilan Devid Bekxemning qoshini yordi. Nega bunday bo'lgani uzoq vaqt oshkor qilinmadi. Ushbu voqea tafsilotlarini uning asosiy qahramonlari gapirib berishdi, biroq bir necha yildan so'ng. Bekxem va Fergyuson o'z avtobiografiyalarida ushbu voqeani yodga olishgan.


Qaysi uchrashuvdan keyin bo'lgan?

"Manchester Yunayted" va "Arsenal" Angliya Kubogi 1/8 finali doirasida to'qnash kelishdi. Ushbu jamoalar APL chempionligi uchun ham kurashayotganligi tufayli bahs ko'pchilikning qiziqishiga sabab bo'lgan. Bosh murabbiylar eng kuchli tarkiblarni maydonga tushirishdi. "Qizil iblislar" uchrashuv boshidayoq gol urishi mumkin edi: Rayan Giggz raqib jarima maydonchasi ichida darvozabonni aldab o'tdi, ammo zarba aniq bo'lmadi. Hisobni 34-daqiqada "Arsenal" ochdi - Edu Gaspar rikoshet tufayli jarima zarbasidan gol urdi. Ikkinchi bo'lim boshida Silven Viltor "to'pchilar"ning ikkichi goliga mualliflik qildi.


Mehmonlar 2:0 hisobida zafar quchishdi, uchrashuvdan so'ng MYU kiyinish xonasida janjal sodir bo'ldi: Ser Aleks Fergyuson Devid Bekxemga butsa otib, uning qoshini yordi.


O'sha uchrashuvgacha Bekxem va Fergyuson o'rtasidagi munosabatlar qanday bo'lgan?

Futbolchi va murabbiy anchadan beri kelisha olmas edi, butsa bilan bog'liq voqeadan so'ng munosabatlar butunlay buzildi. Ser Aleksni Devidning hayot tarzi qoniqtirmas edi: "Menga uning yulduzlik statusi yoqmasdi. U maydondan tashqarida mashhur bo'lishni istagan yagona futbolchi edi".


Bekxem 2000 yillar boshida moda olamining ramzi bo'lgan. Uni reklamalarda suratga tushishga chaqirishib, homiylik shartnomalarini taklif qilishardi. Bundan tashqari, Devid Spice Girls solisti Viktoriya Adamsga uylandi.

Bekxem shunchaki futbolchi bo'lmay qoldi. Fergyusonning fikricha, bu narsalar uni futboldan chalg'itgan. OAV Devidning har bir qadami va imijini kuzatardi. Ser Aleks "Lester"ga qarshi bahsdan oldin bo'lib o'tgan voqeani esga oldi: "MYU bazasiga ketayotganimda 20ga yaqin suratkashga to'qnash keldim. "Bu yorda nima bo'lyapti?" Devid Bekxem yangi soch turmagida ekan va uni ertangi o'yinda ko'rsatmoqchiligi haqida aytishdi".


Bekxem o'yindan bir kun oldingi kechki ovqatga qalpoqda keldi. Devid bosh kiyimini echishni istamadi, Fergyuson esa bundan g'azablandi. Ser Aleks o'yinoldi mashg'ulotda o'zini tutib tura olmadi va qalpoqni echdi - Bekxemning boshida bitta ham soch yo'q edi. "Bor-yo'g'i shu narsa uchun tomosha ko'rsatdingmi?".


90 yillar oxirida Fergyuson va Bekxem munosabatlari umuman boshqacha bo'lgan. Beks BBC radiosiga bergan intervyuda, ser Aleks uni 1998 yildagi Angliya - Argentina uchrashuvidan so'ng qanday qo'llab-quvvatlagani haqida aytib bergan. O'shanda futbolchi qizil kartochka olgan, uning jamoasi esa JCHni tark etgan edi.


"Birinchilardan bo'lib Fergyuson qo'ng'iroq qildi. U shunday dedi: "O'g'lim, Manchesterga qayt, hammasi yaxshi bo'ladi". Bu hayotimdagi eng qiyin damlarni engib o'tishga yordam berdi" - degandi Bekxem.

Ammo Bekxemning hayot tarzi qanchalik o'zgarib borsa, uning MYU ustozi bilan munosabatlari shunchalik yomonlashgan.


Kiyinish xonasida nima bo'lgan edi?

Fergyuson talqini. MYU bosh murabbiyining so'zlariga ko'ra, Bekxem himoyaga etarlicha yordam bermagan. "Silner Viltor "Arsenal"ning ikkinchi golini urganida Devid engil qadamlar bilan ortga qaytayotgandi. Viltor undan osonlikcha qochib ketdi. Buni etiborsiz qoldirmadim. Bekxem tanqidlarimga quloq solmadi. Balki u himoyaga qaytish, raqibni taqib qilish mening ishim emas deb o'ylashni boshlagandir. Biroq aynan shu sifatlar uni yuqori darajaga olib chiqqan".

O'yindan so'ng ser Aleks va Devid bahslasha boshlashdi. Fergyusonning aytishicha, u butsani Bekxemga qarata otmagan: "Oramizda 3,5 metr atrofida masofa bor edi va polda butsalar yotardi. Ulardan birini tepdim va butsa uning qoshiga tegdi. Devid o'rnidan turib, men tomonga otildi, biroq boshqa futbolchilar Bekxemni ushlab qolishdi. Men unga shunday dedim: "O'tir, jamoani sharmanda qilyapsan".


Bekxem talqini. Devid ham o'zining avtobiografiyasida ushbu voqeani esga olgan. Uning yozishicha, Fergyuson kiyinish xonasiga quyidagi so'zlar bilan kirgan: "Xoy, Devid, ikkinchi gol haqida nima deysan?" Bekxemning fikricha, o'tkazib yuborilgan golda u aybdor bo'lmagan. Og'zaki "jang" boshlandi va "Fergyuson bor kuchi bilan erda yotgan butsani tepdi".


Keyin hammasi "gangsterlar ishtirokidagi jangari filmlardagidek" bo'ldi: Devid Aleksga tashlandi, futbolchini uch hamkasbi - Giggz, van Nistelroy va Gari Nevill ushlab qoldi. Bekxemning aytishicha, Fergyuson kiyinish xonasidayoq kechirim so'ragan, ammo bu etarli bo'lmagan. "Bu ommaga oshkor bo'lganidan so'ng, murabbiy OAVda uzr so'rashini istashga haqqim bor edi".


Bu haqida nimalar yozishgan?

Mojaro haqida ertagayoq yozib chiqishdi. Britaniya gazetalari Devid suratini muqovaga bosib chiqarishdi, Bekxemning qoshida jarohatni yopib turgan plastir bor edi. Matbuotda Fergyuson va Bekxem o'rtasidagi dialog paydo bo'ldi.


Devid o'yinni yaxshi o'tkaza olmadi, Eshli Koul uni to'liq yopdi. Gazetalarning yozishicha, ser Aleks Bekxemni "qizaloq" degan ekan, Devid esa quyidagicha javob beribdi: "Arsen Vengen fonidagi Aleks Fergyusonga o'xshaganmi?"


Keyin nima bo'ldi?

Fergyuson Devidga voqea o'yindagi muammolar oqibatida sodir bo'lganini tushuntirishga urindi: "Bekxemni o'z xonamga taklif qildim va unga o'yin videosini ko'rsatdim, ammo u mening isbotlarimni qabul qilmadi. U xatto javob ham bermadi! "Men nima haqida gapirayotganimni, nega sendan ko'nglim to'lmayotganimni tushunyapsanmi?" - dedim. Ammo Devid bari bir javob qaytarmadi. Bekxem Fergyusondan kechirim talab qilishda davom etdi.


Tomonlar kelisha olishmadi - ser Aleks MYU rahbariyatiga murojaat qilib, Bekxemni sotishni talab qildi. Mavsum oxirida Devid "Real"ga o'tdi, transfer 37 mln. evro evaziga amalga oshdi. Bir oydan so'ng "qizil iblislar" yosh Krishtianu Ronalduni sotib oldi. Ser Aleks o'z avtobiografiyasida shunday yozgan edi: "Futbolchi o'zini murabbiydan muhimroq deb hisoblasa, u ketishi kerak. Agar murabbiy hukmronlikni yo'qotsa, u klubdan ayrilgan bo'ladi".


Devid Bekxem 2017 yil The Guardian nashriga bergan intervyuda nohaq ekanligini tan oldi. "O'z xatoimni tushundim, katta bo'ldim. O'sha paytlarda yosh edim, barcha qarorlarim ham to'g'ri bo'lmagan. Ser Aleks Fergyuson nega g'azablanganini endi tushundim".

Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика