MYU Garnerni 20 mln evroga qo'yib yuborishga tayyor, o'yinchiga APLning ikki klubi qiziqmoqda
15 avg 2022 17:38
Yangiliklar
MYU Garnerni 20 mln evroga qo'yib yuborishga tayyor, o'yinchiga APLning ikki klubi qiziqmoqda
"Manchester Yunayted" ushbu yozda bosh murabbiy Erik ten Xagning rejalariga kirmaydigan tarbiyalanuvchisi Jeyms Garner bilan xayrlashishga tayyor.
Klub yarim himoyachini 20 million evroga qo'yib yuboradi.
Futbolchiga "Tottenxem" va u o'tgan mavsumni ijarada o'tkazgan "Nottingem Forrest" qiziqish bildirmoqda. Ikki klub ham hali Garnerning transferi bo'yicha taklif bermadi.
Jeymsning o'zi MYUdan ketishni xohlamoqda. Futbolchi o'tgan mavsum CHempionship doirasida 4ta gol va 8ta assist qayd etdi.
Fikrlar