MYU ECHLga chiqa olmasa kimlar klubni tark etishi malum bo'ldi
23 apr 2019 02:05
Yangiliklar


MYU ECHLga chiqa olmasa kimlar klubni tark etishi malum bo'ldi
Manchester Yunayted joriy mavsum ECHLga yo'llanma olmasa, unda klubning uch nafar azosi jamoani tark etadi.
The Guardian nashrining xabar qilishicha, mazkur futbolchilar Romelu Lukaku, Pol Pogba va David de Xea bo'ladi. Lukakuga Italiya grandlari qiziqayotgan bo'lsa, Pogba «Real»ga o'tishi kutilmoqda. De Xea esa faoliyatini PSJ yoki «qirollik klubi»da davom ettirishi mumkin.
«Qizil iblislar» hozirda Premer-Liga turnir jadvalida 64 ochko to'plgan holda 6-pog'onadan joy olgan. ECHLga yo'llanma beruvchi o'rindan esa ularni 2 ochko ajratib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar