Mxitaryan: "Roma" futbolchilari yangi mavsumda bosh qahramonlar bo'lishmoqchi"
31 iyu 2021 16:53
Yangiliklar
Mxitaryan: "Roma" futbolchilari yangi mavsumda bosh qahramonlar bo'lishmoqchi"
Yaqindagina "Roma" bilan shartnomasini uzaytirgan armanistonlik xavbek Genrix Mxitaryan jamoasining yangi mavsumdagi rejalari haqida gapirdi.
"Skudetto uchun kurash? "Roma" futbolchilari yangi mavsumning bosh qahramonlari bo'lish uchun barcha kuchni ishga solishadi. Jamoamiz imkon qadar ko'proq o'yinlarni yutmoqchi", - deydi yarim himoyachi.
Eslatib o'tamiz, Rim jamoasi o'tgan mavsum A Seriyada 7-o'rinni qo'lga kiritishdi.
Yangi mavsumda "bo'rilar"ni portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyu boshqaradi.
Fikrlar