Mxitaryan: "MYU - ketma-ket uch yil Evropa ligasida o'ynaydigan jamoa emas"
20 may 2017 18:45
Yangiliklar
Mxitaryan: "MYU - ketma-ket uch yil Evropa ligasida o'ynaydigan jamoa emas"
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryanning takidlashicha, mankunianlar Evropa ligasi finalida "Ayaks"ni mag'lub etmoqchi.
"Biz uchun bu sovrinni qo'lga kiritish va CHempionlar ligasida o'ynash imkoniyatiga ega bo'lish muhim, chunki "Manchester Yunayted" - ketma-ket uch yil Evropa ligasida o'ynaydigan jamoa emas.
Bu hayotimdagi eng muhim o'yinlardan biri bo'ladi. Imkoniyatni qo'ldan boy bermoqchi emasman. Bahsda faqat g'alaba qozonish haqida o'ylayapman.
Agar Evropa ligasi finalida g'alabaga erishsak, biz uchun ajoyib mavsum bo'ladi, chunki ikkita sovrinni qo'lga kiritdik va bu uchinchisi bo'ladi" - deydi Mxitaryan.
Fikrlar