Mxitaryan: "Barchasi shunday tez sodir bo'ldiki..."
04 sen 2019 22:25
Yangiliklar


Mxitaryan: "Barchasi shunday tez sodir bo'ldiki..."
Yarim himoyachi Genrix Mxitaryan o'zining tanishtiruv marosimida "Arsenal"dan "Roma"ga o'tishi haqida gapirdi.
"Barchasi so'nggi daqiqalarda sodir bo'ldi. "Tottenxem"ga qarshi o'yindan keyin agentim menga qo'ng'iroq qildi va tezkorlik bilan Rimga uchib, "Roma" bilan shartnoma tuzishimni aytdi.
"Arsenal"da kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganim uchun bu men uchun ajoyib yangilik edi. Men 90 daqiqa o'ynamayapman, ammo o'zimni bunga tayyorman deb hisoblayman", - dedi Mxitaryan.
Rim jamoasi armanistonlik futbolchini 3 million evro evaziga ushbu mavsum yakuniga qadar ijaraga oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar