So’nggi yangiliklar

18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  0 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  0 17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  0 17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  3 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  4 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  12 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  22 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3

Muzaffar Abdullaev: “Rahbariyat barcha muammolarni xal qilib bermoqda” Yangiliklar

Muzaffar Abdullaev: “Rahbariyat barcha muammolarni xal qilib bermoqda”

Jizzaxning “So'g'diyona” klubi qishki yig'indagi ilk nazorat uchrashuvini o'tkazdi. Farg'onaning “Neftchi” klubi “So'g'diyona”ga raqiblik qildi.
Bahsda farg'onaliklar yirik (4:1) hisobida zafar quchishdi.

“Bugun qishki yig'indagi ilk nazorat uchrashuvimizni o'tkazdik. Birinchi o'rtoqlik o'yini bo'lgani uchun jamoadoshlarim bilan bir-birimizni tushunib o'ynashda biroz muammolar bo'ldi. Jamoaga yangi futbolchilar kelgan. Sekin-asta ular bilan yaxshi chiqishib ketyapmiz.

O'yindagi barcha kamchiliklarni mavsumgacha bartaraf etishga harakat qilamiz. Hozircha jamoa bilan shartnoma tuzganim yo'q, lekin rahbariyat bilan  og'zagi kelishib oldim. Moliyaviy muammolar aksariyat klublarda bor. Klub xodimlari bizdagi moliyaviy muammolarni sekin-asta hisob-kitob qilmoqda. Bizni shundaylikcha tashlab qo'ygani yo'q. Barcha muammolarni xal qilib bermoqda. Menga vodiy klublaridan takliflar bo'ldi, lekin “So'g'diyona” bilan og'izaki kelishuvga erishdim. Yaqin kunlarda yangi shartnomaga imzo chekaman”, - deydi “So'g'diyona” klubi darvozaboni Muzaffar Abdullaev.

Jahongir Sotvoldiev
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика