Qo'qonlik iqtidorli posbon Muzaffar Abdullaev jamoasini o'zgartirish arafasida.
Mavsumning birinchi qismini Qo'qon-1912da o'tkazgan Abdullaev yaqin orada jamoani tark etmoqchi. Boisi unga Neftchi jiddiy qiziqmoqda. Agarda tomonlar bir to'xtamga kelsa, Muzaffar shu kunlarda farg'onaliklar lageriga borib qo'shiladi.