Muxtor Qurbonov: "SHo'rtan" bu yil barqaror o'ynay olmadi"
25 okt 2015 18:27
Yangiliklar
Muxtor Qurbonov: "SHo'rtan" bu yil barqaror o'ynay olmadi"
"O'yin juda og'ir kechdi. "Mashal"da juda ko'p imkoniyat bo'ldi. O'tgan bahsdagi alamali mag'lubiyatdan so'ng yigitlar o'zlariga kelib olishlari qiyin kechdi. SHukurki gol urib g'alabaga erishdik", - deydi Qurbonov.
"Mashal"ni yil boshida PFL kubogida ham mag'lub etgandik, birinchi davrada ham yutgandik, bugun ham yutdik. Futbolda shunday, bazida omadli seriya bo'ladi, bazida omadsiz. Bugun Muborak klubi g'alabaga erishishi ham mumkin edi. Bugun Eldor Boymatov mashg'ulotlarda o'zini yaxshi his qilmagani uchun, ozgina charchoq alomatlarini sezganim uchun uni zaxirada qoldirishga qaror qildim. Mavsum tugab bormoqda. "SHo'rtan" bu yil barqaror o'ynay olmadi. Kuchli klublar bilan bahslarda ochkolar oldik, yutishimiz kerak bo'lgan o'yinlarda esa yutqazib qo'ydik.
Igor Taran "Buxoro"ga qarshi o'yindan oldin shifoxonaga tushib qolgandi. Yaqinda uyiga qaytib keldi. Keyingi bahsda maydonga tushishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar