Muxtor Qurbonov: “9ta gol urishimizni kutmagandim”
11 iyu 2014 13:50
Yangiliklar
Muxtor Qurbonov: “9ta gol urishimizni kutmagandim”
Kecha birinchi liganing “g'arb” mintaqasida 14-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
G'uzorning “SHo'rtan” jamoasi o'z maydonida “G'allakor-Avtomobilchi”ni qabul qilib, javobsiz naqd 9ta (!) to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Bunday hisob oxirgi yillarda kuzatilmayotgandi. Ushbu yirik g'alabadan keyin “SHo'rtan” bosh murabbiyi Muxtor Qurbonov bilan suhbatlashdik.
- Muxtor aka, avvalo jamoangizning yirik hisobdagi g'alabasi bilan tabriklaymiz. Dastlab o'yin haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz?
- Tabrik uchun rahmat. “G'allakor-Avtomobilchi”ni ham yaxshi jamoa ekanligini bilardik. Uchrashuvning dastlabki 30-daqiqasida unchalik o'yinimiz qovushmadi. Himoyachimiz Qahramon Muhammadjonov jarima zarbasini chiroyli tarzda amalga oshirib, gol urganidan so'ng hammasi biz uchun ijobiy tomonga o'zgarib ketdi. Tanaffusga qadar hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirib, o'yin masalasini hal qilib bo'lgandik.
- Raqib jamoa o'yini haqida qanday fikrdasiz?
- Bilasizmi nafaqat “G'allakor-Avtomobilchi” balki qolgan jamoalar ham biz bilan o'yinga toliqqan xolatda etib keladi. CHunki uzoq yo'l bosib kelgan futbolchilarga tabiiyki charchoq alomatlari ham bo'ladi. Qolaversa bizning maydonimiz juda ham ajoyib ko'rinishdi. Biz o'zimiz xohlagan o'yin uslubni amalga oshiryapmiz. Raqiblarimiz esa 60-daqiqadan so'ng jismoni jihatdan biroz charchab qolmoqda. SHu bois etibor berayotgan bo'lsangiz, ikkinchi bo'limda ko'proq gol kiritmoqdamiz.
- Aytingchi, “G'allakor-Avtomobilchi”ga qarshi o'yinda 9ta urishinglarni kutganmidingiz?
- Ochig'ini aytganda, bunchalik ko'p gol uramiz deb o'ylamagandim. To'g'ri, o'yindan oldin g'alaba qozonishimizga ishonch bor edi. 3:0 yoki 4:0 hisobida yutsak kerak deb o'ylagandim. Lekin ko'rib turganingizdek natija biz kutgandan ham ijobiy bo'ldi. Albatta bundan xursandman.
- Yirik g'alabadan keyin, shogirdlaringizga qandaydir etiroz bormi yoki ular bergan ko'rsatmalaringizni aniq bajarishdimi?
- Tanaffus paytida yigitlar shuni aytdimki, menga yirik hisobdagi g'alaba muhim emas, asosiysi o'yin uslubni yo'lga qo'yib olish. Xususan raqib jamoa pressing qo'llayotgan vaziyatda ularni bundan olib chiqib ketish uchun qandaydir uslublardan foydalanish va shu orqali mukammal o'yin uslubini yaratish kerakligini uqtirdim. Ikkinchi bo'limda buni har xolda ular yaxshi bajardi. U qadar jiddiy etirozlar bo'lishi mumkin emas.
- “SHo'rtan” ortda qolgan 14-turdan buyon mag'lubiyatga uchramay kelmoqda. Nima deb o'ylaysiz, “g'arb” mintaqasidagi jamoalar kuchsizmi yoki jamoangiz nisbatan kuchlimi?
- “G'arb” mintaqasidagi jamoalarni ham kuchsiz demagan bo'lardim. “Alanga”, “Mashal-2” yoki “Spartak”ni oladigan bo'lsak, ular ham yaxshi jamoa. Lekin biz yil boshida oldimizga qo'yilgan vazifaga monand jamoa tuzganmiz. Buning uchun oliy liga havosidan bahramand bo'lgan yigitlarni jalb etdik. Tan olish kerak, tajriba borasida raqiblarimizdan kuchlimiz.
- “SHo'rtan”ning qayd etayotgan natijalariga etibor qaratadigan bo'lsak, bu birinchi yirik g'alaba emas. Jamoa oldingi o'yinlarda ham bunday yirik g'alabalarga ko'p bor erishdi. Buni qanday izohlagan bo'lardingiz?
- Darhaqiqat, joriy mavsum yirik g'alabalarimiz soni ko'p bo'lmoqda. Bunga ko'proq o'z maydonimizdagi o'yinlarda erishmoqdamiz. CHunki yuqorida aytib o'tganimdek, G'uzordagi maydonning xolati talab darajasida. Bu erda o'zimiz istagan o'yinni namoyish eta olyapmiz va yirik g'alabalarimiz soni ham ko'p bo'lmoqda. Safardagi bahslarda esa maydon bilan bog'liq muammolarga duch kelyapmiz. 14ta o'yinda 50dan ortiq gol urdik. Buni menimcha yaxshi natija desa bo'ladi.
- Hujumchi Viktor Klishinning ham oxirgi paytlarda “ishtaxasi” ochilib bormoqda. To'purarlar poygasida peshqadamlikni o'z qo'liga olgan ushbu shogirdingiz haqida qanday fikrdasiz?
- Klishin tajribali hujumchi. Yaxshi bilasiz u ilgari oliy liganing bir qator kuchli klublarida o'ynagan. Maydonda vazifasi nima ekanligini juda yaxshi biladi. Viktor o'tgan mavsum ham birinchi ligada “Mashal”da o'ynagandi. Golli vaziyatlar bo'ldi deguncha bunday unumli foydalanib qolishga intilmoqda. Tabiiyki o'ziga bo'lgan ishonchi ortib bormoqda. O'ylaymanki Klishinning gollari soni yanada ko'p bo'ladi.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Fikrlar