So’nggi yangiliklar

02:28Ла Лига. "Реал Мадрид" Мбаппенинг дубли эвазига "Бетис"ни мағлубиятга учратди  38 01:50Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Лилль"ни мағлуб этди  0 01:46Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Турғунбоев эса...  3 01:42А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Шомуродов 82-дақиқада ўйинга қўшилди  22 01:25"Ман Сити" ўйинчисини "Бенфика"га ижарага берди  0 00:11Тен Хаг "Ливерпуль" (0:3)дан учралган мағлубиятдан сўнг нималар деди?  5 23:19Бир-икки, бир-икки...  7 22:40АПЛ. 3-турнинг марказий учрашувида Салаҳ ва Диас "Манчестер"ни "ёндиришди"  13 22:26Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Фрайбург"ни қийинчиликсиз таслим этди  2 22:25Лига 1. "Монако" - "Ланс" 1:1, Ҳусанов Минамино ва Балогунга қарши  3 22:09Ўзбекистон U-20 жамоаси Хитойдаги мусобақага йўл олмоқда. Сафар олдидан видео репортаж  1 21:55АПЛ. "Ливерпуль" "Олд Траффорд"да "Манчестер Юнайтед"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  66 21:33"Спартак" Туркия терма жамоаси футболчиси учун саккиз миллион евро таклиф қилди  1 21:03КХДРнинг ёпиқ ўтган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  7 20:10ҚПЛ. "Қайрат" — "Астана" ўйини тақдирини 84-дақиқадаги гол ҳал қилди, Йўлдошев эса...  1

Muxlislar tashrifi: Oliy liga qanchalik etiborni jalb qilmoqda? Yangiliklar

Muxlislar tashrifi: Oliy liga qanchalik etiborni jalb qilmoqda?

Teglar :  MuxlislarOliy liga
Oliy ligamizning poyoniga etgan mavsumi ishqibozlar tashrifining avvalgi yilga nisbatan ham kamroq bo'lgani bilan yodda qoladigan bo'ldi.

Salbiy holat, albatta. Bularning sababi haqida ko'p to'xtalib o'tilgan. O'yin saviyasi, chiroyli futbol, sharoitlar, o'yin sanalari va vaqti hamda boshqa jihatlar bunga tasir o'tkazyapti. Bu safar biz bularga qaytadan to'xtalib o'tirmaymiz. Osiyoning boshqa ligalarida bu borada vaziyat qanday ekani to'g'risida malumot beramiz. Liga, o'rtacha tashrif, eng ko'p ishqiboz kelgan uchrashuvlar haqida qitamizning 12 mamlakatidagi ahvol bilan tanishtirib o'tamiz.

Biz mamlakatimizda ko'pincha futbolni birinchi raqamli sport turi sifatida etirof etamiz, ammo stadionlarga kelayotgan muxlislar soniga boqib, bunday o'ylash qiyin. Asosan xorij futboliga qiziqish kuchliroq. Mahalliy liga hozircha ixlosmandlar diqqatini torta olmayapti. Joriy mavsumda har bir o'yinni o'rtacha 4657 nafar muxlis stadiondan kuzatib borgan. Bu o'tgan yilgiga nisbatan yomonroq ko'rsatkich. Bu borada natijaning pastlagani asosan Farg'ona vodiysi va Qarshida stadionlarga ishqibozlar tashrifi sezilarli darajada kamayib ketgani bilan bog'liq. Ilgari Toshkent shahrida muxlislar kamligini yozardik. Hozirga kelib vodiy va Qarshida ham bu miqdor bir necha barobarga pastlab ulgurdi. Oliy ligada 2016 yil eng ko'p ishqiboz “Buxoro” – “Nasaf” uchrashuviga tashrif buyurdi. O'sha kuni stadionda 24104 nafar tomoshabin bo'lgani qayd etilgan.


Ancha yillar avval ham kam muxlis tushadigan uchrashuvlar bo'lardi. SHu bilan birga 25-40 minglab ishqibozlar keladigan bellashuvlar soni ancha ko'p edi. Hozir 20 mingdan ortiq muxlis yig'adigan bahslar deyarli qolmadi. Futboldan odamlarning ko'ngli qolishi oson, ammo ularni qaytarish bunchalik oson kechmaydi. Birinchi navbatda bunda klublarning o'zini ayblagan bo'lardik. Klublar ishqibozlar bilan deyarli ishlashmayapti. Ular tayyor byudjetga ega. SHu sababli odamlarni stadionga jalb qilish, ularning istaklarini hisobga olish haqida hech kim qayg'urmaydi. Klub tepasida o'tirgan futbolni tushunmaydigan insonlar tufayli aniq tizim, reja va yo'nalish mavjud emas. Ular uchun bir yil o'tsa va ular ajratilgan mablag'ni ishlatib bitirishsa kifoya. Yana xuddi klubn o'zlari tashkil qilib, noldan ko'targandek maqtanib yurishlari ko'pchilikning ensasini qotiradi. Tayyor pulni ishlatishni barcha uddalaydi. Lekin miyani ozroq ishlatib, ertangi kun to'g'risida bosh qotirish uchun masuliyatni his qilish lozim, klub rahbarlarida vatanparvarlik, vijdon singari narsalar bo'lishi darkor.

Muxlislar qaytadigan bo'lsak, o'rtacha tashrif borasida mintaqamizda BAA va Qatardan ustunmiz. Lekin bu mamlakatlarda aholi soni kamligi sababli tashrif juda yuqori bo'lmasligi o'z-o'zidan tushunarli. Osiyo miqyosida olganda esa Indoneziya, Vetnam va Malayziya ham ishqibozlar kelishi bo'yicha bizdan o'zib ketganini ko'rish mumkin.

Xitoy Superligasida katta pul aylanmoqda. Yuqori saviyali legionerlar jalb qilingani uchun stadionlarga ko'proq odam kela boshladi. Yakunlangan mavsumda o'rtacha tashrif 24159 nafarni tashkil etdi. Bu borada Xitoy jahonda kuchli beshlikka kiradi. Eng ko'p muxlis Pekinda o'tgan “Beyjing Guan” – “Guanchjou Evergrand” uchrashuviga tashrif buyurgan. O'sha bahsni 53080 muxlis stadionda kuzatgan.

Hindistonda ikki liga mavjud. Birinchisi odatiy chempionat, ikkinchisi esa xorijlik yulduzlarni taklif etish evaziga tashkil qilingan superliga. Hozircha davom etayotgan birinchilik bellashuvlarini 19771 nafardan tomoshabin kuzatmoqda. “Kerala” va “Daynamos” o'yiniga 54 ming nafardan ko'proq ishqiboz kelgan. Dastlabki mavsumda Hindistondagi musobaqa ko'proq qiziqishni jalb qilgandi. O'shanda mashhurroq yulduzlar klublar bilan shartnoma imzolagan. Ayni paytda nomdor ijrochilar soni kamroq. SHu sababli muxlislar tashrifi borasida hindlar superligasida pasayish yuzaga kelishini kutish mumkin. Eslatib o'tamiz, ushbu turnir rasmiy musobaqa sanalmaydi.


Yaponiyaning uch divizioniga to'xtalsak. Yuqori liga bahslarini o'rtacha 17968 nafar muxlis kuzatdi. Eng ko'p tomoshabin 56 mingdan ortiqni tashkil qilgan. Bizning birinchi ligaga mos keladigan musobaqada o'rtacha tashrif 6973dan iborat bo'ldi. “Sapporo” va “Kanazava” o'rtasidagi bellashuvni esa 33697 ishqiboz stadiondan kuzatgan! Bizning birinchi liga bilan teng maqomga ega bo'lgan musobaqada shuncha muxlis! Qoyil qolsa arziydi. Malumot uchun uchinchi tabaqadagi birinchilik, bizning ikkinchi ligaga teng divizionda uchrashuvlarni o'rtacha 2957 muxlis kuzatgan. Deyarli uch ming. Bu juda yuqori ko'rsatkich. O'sha ligada eng ko'p tomoshabin kelgan bellashuvda bu miqdor 11867 nafarni tashkil qilibdi. Yaponiyani haqiqiy futbol mamlakati deb aytsa bo'ladi. Garchi, u erda beysbolga qiziqish o'ta yuqori darajada bo'lsa ham.

Avstraliya “A” ligasi tobora ko'proq qiziqishga ega bo'lib boryapti. Endigina qizib borayotgan mavsumda o'rtacha tashrif 14634dan iborat. Bu miqdor hali ortadi. “Vestern Sidney” va “Sidney” o'rtasidagi o'ziga xos derbini 61880 tomoshabin ko'rgan. Biz unchalik mensimaydigan Indoneziyada o'rtacha tashrif 8219 nafar! Muxlis yig'ishdagi rekord esa 50117ga teng.

Eron va Koreyada ishqibozlar bizdan ko'proq kelishi hayratlanarli emas. Boshqa tomondan Koreyada muxlislar ozayib bormoqda. “K” liga koreyslarning etiborini unchalik tortmayotganini ko'rish mumkin. Yaxshi saviyadagi futbolchilarning xorijga yo'l olayotgani bunga sababdir, ehtimol. Biroq Yaponiyada shunday holat bo'lgani holda ko'rsatkich ikki baravarga yaxshiroq.


Malayziyada o'rtacha tashrif 6758 nafar ishqibozni tashkil etgan. Qizig'i, birinchi liga uchrashuviga oliy ligadagi eng ko'p muxlis kelganidan ko'proq tomoshabin yig'ilgan. Yuqori ligada bu 26800, quyi ligada 35 mingdan iborat bo'lgan. Vetnam va Tailandda ham ishqibozlar soni bizdagiga nisbatan ko'proq.
Osiyoda bu jihat bo'yicha tobora quyiga qarab sho'ng'iyotganimizni ko'rishimiz mumkin. Keyinchalik vaziyat qanday ko'rinish olishini bilmaymiz, ammo ishqibozlarni shunchaki stadionlarga qaytarib bo'lmasligini klublarimiz bilish olishsa, yomon bo'lmasdi.
 

Izoh: 1-ustun mamlakat, 2-ustun o'rtacha tashrif, 3-ustun eng ko'p muxlis kelgan jamoalar o'yini, 4-ustun o'yindagi ishqibozlar soni.


Xitoy                             

24159          

Beyjing Guan - Guanchjou Evergrand        

53080      

Hindiston

19771

Kerala Blasters - Deli Daynamos

54913

Yaponiya J1

17968

Urava – Yokogama

56841

Yaponiya J2

6973

Sapporo – Kanazava

33697

Yaponiya J3

2957

Oita – Yokogama

11867

Avstraliya

14634

Vestern Sidney – Sidney

61880

Indoneziya

8219

Persiya - Semen Padang

50117

Eron

8134

Persepolis – Istiqlol

75000

Janubiy Koreya

7894

Seul – Suvon

47899

Malayziya

6758

Joxor Darul – Selangor

26800

Saudiya Arabistoni

6572

Al Ahli – Al Ittihod

49732

Vetnam

6307

Xanoy - Xay Fong

19000

Tailand

5428

Buriram – CHonburi

32600

O'zbekiston

4657

Buxoro – Nasaf

24104

BAA

2557

Ayn – Vahda

18126


Behzod NAZAROV.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика