Muxlislar Ronalduning jarima zarbasini tepishdan oldin o'ziga nima deyishini aniqladi
13 iyu 20:48
Yangiliklar
Muxlislar Ronalduning jarima zarbasini tepishdan oldin o'ziga nima deyishini aniqladi
Portugaliyalik forvardning Irlandiyaga qarshi o'yindagi jarima zarbasi tepishdan oldin aytgan so'zlari oshkor bo'ldi.
Futbolga sinchkov ishqibozlar Irlandiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida jarima zarbasini amalga oshirishdan oldin Portugaliya terma jamoasi forvardi Krishtianu Ronalduning o'ziga nima deganini aniq payqashdi.
39 yoshli futbolchining standartdan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi, ammo kuzatuvchilar zarbani amalga oshirishdan oldin u o'zi bilan gaplashayotganiga guvoh bo'lishdi.
X (Tvitter) foydalanuvchilarining aniqlashicha, hujumchi zarba berishdan avval o'ziga: “Gol ur, sen uchun bu odatiy hol”, deb aytgan.
Eslatib o'tamiz, mazkur bahsda forvard dublga erishdi.
Ronaldu faoliyati davomida jarima zarbasidan 63 ta gol urib, bu borada barcha davrlarning eng yaxshi standart ijrochilari qatoridan o'rin olgan.
Fikrlar