So’nggi yangiliklar

23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 23:00"Ал Ҳилол" - "Истиқлол"  2 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  2 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  0 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  2 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  4 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  3 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  8 17:03Ўзбекистон МТЖнинг ноябрь ойидаги йиғин учун тахминий таркиби  57 16:30Ўзбекистон МТЖ қачон йиғин бошлайди?   11

Muxlislar rekordi haqida bong urayotgan o'zbek futboli Yangiliklar

Muxlislar rekordi haqida bong urayotgan o'zbek futboli

Kuni kecha Namangandagi "Markaziy" stadionga jami 26 ming 231 nafar muxlis tashrif buyurgan.

Aytishlaricha, stadionning umumiy sig'imi bundan ortiq tomoshabinni qabul qila olmagan, ichkariga kira olmay ko'chada qolib ketganlar ham ancha-muncha ekan. Zo'r natija, mavsum rekordi. Bu haqda O'zPFL va turli platformalar bong urayotgani ham rost. SHu o'rinda sizga savol, xo'sh "Navbahor" stadionga kirishni bepul qilib qo'yib (ayrim jamoalarimizda stadionga kirish har doim bepul bo'lgan) bunday natijani qayd etgani o'zbek futbolining rivojiga qanchalik ijobiy tasir ko'rsatadi? APLning kamtarona bir jamoalar o'rtasidagi o'yinga bundan ko'p muxlis kiradi, ularda hatto CHempionship uchrashuvlariga ham kirish bepul emas. Berdisini aytguncha urib o'ldirishga shoshilmay turing, bugunga qadar million marotabadan ortiq aytganmiz, "Navbahor"ga hech qanday xusumatimiz yo'q. Hozir ham gap tamomila boshqa yoqda.

Stadionlarga tomoshabinlarning ko'p kelishi bu yaxshi holat. Futbol birinchi navbatda muxlislar uchun o'ynaladi. Lekin biz so'ngi yillarda muxlislik madaniyati haqida o'ylamay qo'ydik, aksincha PRga ko'proq urg'u qaratyapmiz. Sifat emas, son bizni g'ururlantiryapti. Muxlislik madaniyati haqida gapirgan kishi hech kim yoqmayapti. Kecha bir necha kundan buyon bir mashhur inson tomonidan dovrug'i ko'klarga ko'tarilayotgan "Andijon" – "Mashal" uchrashuvi bo'lib o'tdi. Rosa bong urib stadionga chaqirganlarimiz, o'sha muxlislardan biri o'yin vaqtida mehmonlar bosh murabbiyini boshiga tosh bilan urib qoldi. Ishonmagan bo'lsangiz, "Mashal" klubining telegramdagi sahifasiga kirib ko'rishingiz mumkin, isbot va dalillar bilan turibdi. 

Ha, aytgancha Muborak klubi matbuot kotibi shu o'yinni avvalboshdan PR qilgani haqida aytayotganimiz, o'sha mashhur inson shaniga ham "o'ta tasirli" fikrlarni yozib ulgurgan. Stadionga muxlislarni chaqiraveribmizu, lekin internet asrida mashhur bo'lib ketayotgan o'sha anonslarda muxlislik madaniyati haqida hech narsa demaganimiz haqida hech kim o'ylab ham ko'rmadi. Oqibatda Dilyaver Vaniev boshidagi g'urrani (balki yorilgan bo'lishi ham mumkin) Andijondan esdalik sifatida olib ketadigan bo'ldi.

Pro liganing 2020 yilgi mavsumi yodingizdami? O'shanda mavsum doirasidagi so'ngi uchrashuv Farg'onada o'tgan, yuqorida tilga olganimiz, yana o'sha mashhur inson bir platformada bu bellashuvga "yil o'yini" deya tarif berib yuborgandi. U shu orqali o'sha platforma sahifalarini PR qilmoqchi edi, maqsadiga erishdi. Natijadan xabardorsiz, bittasi 10 yilga futboldan chetlatildi, qolganlariga 1 yildan muxlat qo'yildi. 15 kun davomida "kurortga borib kelgan" muxlislar haqida aytmasak ham bilsangiz kerak. PR uchun zo'r natija, shundaymi? Bu orqali necha oila parokanda bo'lib ketdi, qancha ota-onalar zor yig'ladi, o'sha PRchining o'zi xabardormikan? Yoki chipta qimmat ekani haqida yozishni so'ragan muxlisga kalondimog'lik bilan "karta raqamingni ber" deb aytishni maqul ko'rarmikan? Aslida o'sha o'yin chempionat doirasidagi oddiy bir uchrashuv edi, xolos.

Muxlislar tashrifi bo'yicha Namangan har doim yuqori ko'rsatkich qayd etgan. Ochig'i, bunga hech qanday PR shart emas. Namanganda o'zbek futboli uchun eng yomon xolatlardan biri 7 daqiqa davomida VAR ko'rilgan o'yinda bo'lgan, o'shanda MTRKning translyaciya uchun mo'ljallangan avtosiga mahalliy muxlislar tomonilan jiddiy shikast etkazilgandi. Klub o'z maqsadlarida sobitqadam turgan va televidenie avtosi tez fursatlar ichida tamirlab berilgandi.

Qadrli muxlis, siz albatta stadionga keling, jamoangizni qo'llab-quvvatlang. Hech qanday translyaciya maydonning o'zidan futbol tomosha qilganga etmaydi. Faqat, kelishib olaylik, bundan buyon stadionlarda muxlislik madaniyatiga ham rioya qiling, o'zingiz va atrofdagilarni hurmat qiling! Xudo ko'rsatmasinu ertaga "Andijon" – "Mashal" yoki "Neftchi" – "Turon" o'yinidagi kabi xolatlar tufayli sizga biron kor-hol bo'lsa, ishoning, bizga bu sira yoqmaydi. O'zimizni atrofga "qora PR" orqali tanitishni bas qilaylik.

Bekzod Tolibov

Reyting: -25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика