Muxlislar o'rtasidagi ommaviy mushtlashuv tufayli Braziliya chempionati doirasidagi “Kuritiba” – “Kruzeyro” uchrashuvi to'xtab qoldi
12 noy 2023 09:52
Yangiliklar
Muxlislar o'rtasidagi ommaviy mushtlashuv tufayli Braziliya chempionati doirasidagi “Kuritiba” – “Kruzeyro” uchrashuvi to'xtab qoldi
Braziliya chempionati o'yini muxlislar o'rtasidagi ommaviy mushtlashuv sabab to'xtatildi.
Braziliya A seriyasining 34-turida “Kuritiba” va “Kruzeyro” jamoalari to'qnash kelishdi. Mezbonlar hujumchisi Robsonning 91-daqiqada urgan golidan so'ng muxlislar ommaviy ravishda maydonga kirib, zambil va reklama taxtalari yordamida mushtlashishni boshlashdi. Janjalni bostirish uchun policiya safarbar etildi.
SHundan so'ng ko'plab muxlislar stadionni tark etishni maqul ko'rishdi, futbolchilar esa kiyinish xonalariga ketishdi. Malum vaqtdan o'yin davom ettirildi va uchrashuv 1:0 hisobida "Kuritiba" foydasiga hal bo'ldi.
Fikrlar