"Arsenal" futbolchisini yana ijaraga berdi

Sherzod Nurmatov
10 yanv 2025, 11:58
Markinos yil oxirigacha Braziliya A Seriyasining "Kruzeyro" jamoasida o'ynaydi.

21 yoshli futbolchi yaqinda Braziliyaning "Fluminense" jamoasida bir yillik ijaradan qaytgan va u yerda barcha musobaqalarda 29 o'yin o'tkazgandi.

Markinos "Fluminense"ga birinchi Libertadores Kubogini qo'lga kiritganidan bir necha oy o'tgach qo'shilgan va 2024 yilning mart oyida "LDU Kito"ni mag'lub etib, Rekopa musobaqasida g'alaba qozonishda hissa qo'shdi.

Braziliyalik futbolchi ilgari qisqa muddatli ijara asosida Chempionshipning "Norvich Siti" va Liga 1'ning "Nant" jamoalarida harakat qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: arsenal.com