"Arsenal" futbolchisini "Kruzeyro"ga sotdi

Sherzod Nurmatov
10 iyun 2025
Londonning "Arsenal" jamoasi vingeri Markinos 2,5 mln funt evaziga "Kruzeyro"ning doimiy a'zosiga aylandi.

Vinger 2028 yil oxirigacha shartnoma imzoladi.

Futbolchi yanvardan beri ijara asosida Braziliya klubida o'ynab, barcha musobaqalarda 18 o'yinda ishtirok etdi.

"Arsenal" a'zosi sifatida Markinos "Norvich", "Nant", "Fluminense" jamoalariga ijarada o'ynagan.

"Kruzeyro"da o'zini yaxshi ko'rsatgan 22 yoshli braziliyalik futbolchi 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga sazovor bo'ldi, bu bugun tasdiqlandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: arsenal.com