So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  0 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  1 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Muxlislar bilan ishi yo'q klublar yoxud Superliganing 5 ta jamoasi uy uchrashuvlarini boshqa stadionlarda o'tkazadi Yangiliklar

Muxlislar bilan ishi yo'q klublar yoxud Superliganing 5 ta jamoasi uy uchrashuvlarini boshqa stadionlarda o'tkazadi

Klublar mavsumni qaysi stadionlarda boshlashi aniq bo'ldi.

Liga Superliga stadionlari sifatini yaxshilash yo'lidagi ishlarni davom ettiradi. SHundan kelib chiqib, 2024 yilgi mavsum startida ayrim klublar o'z uy arenasida uchrashuvlar o'tkaza olmaydi. 



Ehtimoliy Superligaga qaytishi mumkin bo'lgan "Dinamo"ning 2024 yilgi mavsum Samarqand shahrida o'ynay olmasligi o'tgan yilning 11 aprel sanasida rasman malum qilingandi. "Qizilqum"ning Navoiyda rasmiy o'yinlarni qabul qila olmasligi esa 16 mart kuni bildirilgan. SHunday asos bilan Bekoboddagi stadionda Superliga o'yinlarini o'tkazish to'xtatilgan. Termizdagi stadion esa yangi mavsum startiga tayyor bo'lmaydi. 

SHuningdek, Liga "Lokomotiv" klubini 2024 yilgi mavsumning ikkinchi yarmidan boshlab stadioni Superliga uchrashuvlarini qabul qila olmasligi to'g'risida ogohlantirdi. Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida ham deyarli shunday holat bo'lib, futbol klubini oldinda kutayotgan ehtimoliy o'zgarishlardan kelib chiqib, stadionga nisbatan sankciya kiritiladi. 

Malumki, 2023 yilgi mavsumda OKMK, "Bobur Arena", "Bunyodkor", "Jar", "So'g'diyona" kabi stadionlar maysasi to'la yangilandi. 2024 yilda Dinamo va Surxon arena ular safiga qo'shilishi rejalashtirilgan. Navoiy va Bekobod shahridagi stadionlarning kelgusi rejasi qanday ekanligi borasida aniq axborot hozirgacha yo'q. 

Superliganing 2024 yilgi mavsumiga qura tashlash uchun Liga 14 klub mavsumni qaysi arenada boshlanishini aniqlab olishi kerak edi. Bu yo'lda Liga o'tgan yilgi mavsum nihoyasiga etishi bilan harakat boshlagan bo'lib, o'rganishlar natijasiga ko'ra stadioni talabga javob bermasligi aniq bo'lgan klublar 10 yanvarga qadar bu muammoni hal qilishi belgilab qo'yilgandi.

Endilikda "Olimpik" mavsumning dastlabki uch turini "Jar" stadionida o'tkaza olmaydi. O'FA rejasiga ko'ra, martning birinchi yarmida "Jar" OFK musobaqasiga mezbonlik qiladi. SHuning uchun "Olimpik" mavsumni "Bunyodkor"da boshlaydi. 

Stadioni mavsum uchun qabul qilinmagan "Dinamo" Jizzaxda, "Qizilqum" esa Buxoroda o'ynaydigan bo'ldi. Bunda klub muxlislarining o'yinlarga tashrifi masalasi ham inobatga olindi. 

"Surxon Arena"ni mavsumning ikkinchi yarmidan boshlab ishga tushirish rejalashtirilgan. Unga qadar klub "Paxtakor" bilan bir arenadan foydalanishda davom etadi. "Metallurg" esa OKMK uyidan foydalanib turadi. 

Liga tez orada Superliganing yangi mavsumiga qura tashlanadigan sanaga oydinlik kiritadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика