So’nggi yangiliklar

12:55"Кучли жамоалардан иборат яхши гуруҳ шаклланди. Энг асосийси, биз узоқ сафарларни амалга оширмаймиз" — Сречко Катанец  3 12:39ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичи тақвими ёхуд Ўзбекистон қайси саналарда ўйнайди?  49 12:33Жаҳон чемпионати-2026 саралашининг 3-босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон Эрон ва Қатар билан ўйнайди!  67 12:23Киммих шу ёздаёқ "Бавария"ни тарк этиши мумкин  1 12:01Грузия плей-оффга чиқди, одамлар эса кўчага  2 10:47Гарет Саутгейт? Евро-2024 да ишлаётган энг кўп ҳақ олувчи мураббийлар рўйхати тузилди  3 10:20Евро-2024. Кечаги учрашувларда кимлар «man of the match» соҳибига айланди?  2 09:54Алексей Естафеев: "Тажриба етишмаслиги ва вазиятлардан фойдалана олмаслик натижасида мағлуб бўлдик"  0 09:27"Наполи" президенти Носир Ал Ҳелайфини очиқчасига танқид қилди  3 09:00Асрор Алиқулов: "Қизилқум"га қарши ўйинда бизга осон бўлмайди"  0 08:34Копа Америка. Мексикада мағлубият, Эквадор эса ғалаба қозонди  0 08:08Бугун Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ-2026 учинчи босқич саралашидаги рақибларини билиб олади  42 07:49Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бўлиб ўтади  7 03:10Евро-2024. Чехия - Туркия 1:2, Драматик кечгaн бахсда Тосуннинг голи туркларга ғалаба келтирди  0 02:45Евро-2024. Грузия - Португалия 2:0, Роналду ҳайратда  3

Muxlisdan savol. Arslanmirat Amanov: "To'pga zarba berishdan avval ichimdan gol urasan degan tuyg'u o'tadi" Yangiliklar

Muxlisdan savol. Arslanmirat Amanov: "To'pga zarba berishdan avval ichimdan gol urasan degan tuyg'u o'tadi"

Yurtimizda bir qator turkmanistonlik futbolchilar faoliyat olib borgan. Masalan, Gochguli Gochguliev, Artur Gevorkyan, Arif Mirzoev, Vitaliy Alekperov va boshqalar.

“Lokomotiv” yarim himoyachisi Arslanmirat Amanov ham o'z vatandoshlariga munosib izdosh bo'lishga harakat qilmoqda. Bungacha AGMK va “Buxoro” klublarida to'p tepgan Arslanmirat bu mavsum “Lokomotiv” bilan shartnoma imzoladi. Futbolchi saytimiz muxlislari tomonidan yuborilgan savollarga javob berdi.

- Arslonmirat, yangi jamoaga moslashish jarayoni qanday kechdi?
- “Lokomotiv”ga kelganimdan beri yangi jamoaga moslashish jarayoni oson kechdi. Jamoa azolari meni ilk kundan yaxshi qabul qilishdi va bu har bir futbolchi uchun muhim hisoblanadi. Buning uchun menga asosan “Lokomotiv”da ancha paytdan beri to'p tepib kelayotgan jamoadoshlarim yordam berishdi. SHu bois tezda jamoaga kirishib keta oldim deb o'ylayman.

- Qiyinchiliklar bo'ldimi?
- Nima desam ekan, Osiyo Kubogi-2019 musobaqasidan keyin terma jamoadan birdaniga klub faoliyatiga qaytish biroz qiyinchilik tug'dirdi. Lekin vaqt o'tishi bilan hammasi joyiga tushib ketdi. Boshqa tomonlama esa hech qanday qiyinchilikni sezmadim.

- “Lokomotiv” taklifiga rozi bo'lishingizning asosiy sababi nimada?
- Bemalol aytishim mumkin, O'zbekistonga kelganimdan beri bu jamoaga etiborim boshqacha edi. “Lokomotiv” va bu jamoaning o'yin uslubi menga har doim yoqqan. SHu bois taklif tushishi bilan hech ikkilanmay rozi bo'ldim.



- Ayting-chi, Turkmanistonda o'zbek futbolini qanchalik bilishadi?
- O'zbekiston chempionatida yurtdoshlarimdan ko'pchilik o'ynagan va ular orasida yorqin iz qoldirganlari ham bor. Birinchi navbatda ko'z oldimizga Gochguli Gochguliev bilan Artur Gevorkyan keladi. Bundan tashqari, Arif Mirzoev, Vitaliy Alekperov, Rustam Saparov kabi futbolchilarni ham muxlislari yaxshi bilishadi. O'z navbatida turkmanistonlik ishqibozlar ham O'zbekistonda futbolga bo'lgan etibor va munosabatdan xabardor. Bizda o'zbek futbolini doim kuzatib borishadi. Albatta, mening Vatanimda o'zbek futboli haqida ko'p narsani bilishadi, har holda yon qo'shni bo'lganimizdan keyin qiziqish yuqori. Masalan, o'zbekistonlik futbolchilar Rossiya yoki boshqa mamlakatda o'ynasa, siz ham o'sha davlat chempionatini kuzatib borasiz. Bizda ham shunday.

- Hozir “Lokomotiv”da ichki muhit qay holatda?
- “Lokomotiv”da hammasi joyida. Barchamiz bir oiladek bo'lib qolganmiz. Bu borada hech qanday muammo ko'rayotganim yo'q. Hamma bir-biriga yordam berishga harakat qiladi. “Lokomotiv”da doim shunday bo'lib kelgan deb o'ylayman, bu holat boshqa klublarda o'ynab yurgan paytlarim ham chetdan qaraganda ko'zga tashlangan.

- Muxlislardan biri shunday savol bilan murojaat qilibdi. Faraz qiling, Turkmaniston terma jamoasi 23 nafar futbolchi bilan O'zbekiston Superligasida ishtirok etsa, jamoa qaysi o'rinlar uchun kurashgan bo'lardi?
- Buni juda noto'g'ri savol deb o'ylayman. Qanaqasiga terma jamoa klublar o'rtasidagi musobaqada o'ynashi mumkin? Qolaversa bu savol Turkmanistonga terma jamoasiga nisbatan hurmatsizlik manosida kelishi mumkin. To'g'ri, biz Osiyoda kuchlilar qatorida emasmiz, ammo yildan yilga o'sishga harakat qilyapmiz. 2004 yildan beri Osiyo Kubogida qatnashmagandik va bu yil yana shunday nufuzli turnirda ishtirok etishga muvaffaq bo'ldik. SHu bois bunday savollarni mantiqsiz deb hisoblayman.



- O'zbekistonga birinchi bor 2015 yil kelgan bo'lsangiz, bungacha AGMK va “Buxoro” klublarida faoliyat bordingiz. Mana shu ikki jamoadan qanday taassurot qolgan?
- Men qaerda to'p tepmay o'zimdan doim yaxshi taassurot qoldirishga, klub va muxlislar ishonchini qozonishga harakat qilaman. O'zbekiston chempionati haqida fikrimni davom ettiradigan bo'lsam, hammamiz bitta ishni bajaramiz, yani futbol o'ynaymiz, faqat turli klublarda. Bugun bu jamoada, ertaga boshqasida. Har bir klubning o'ziga yarasha plyuslari bor. SHu bois AGMKdan ham, “Buxoro”dan ham iliq taassurotlar qolgan deb ayta olaman.

- Faoliyatingizga nazar tashlab bir jamoada ko'pincha bir yil, uzog'i ikki mavsum o'ynaganingizni ko'ramiz. Nima sababdan ko'p yil bitta jamoada o'ynamagansiz?
- Buning ham o'ziga yarasha sabablari bor. Muammo shundaki, bu kabi masalalar menda emas, balki klubda yuzaga keladi. Natijada o'zimga boshqa jamoa qidirishga majbur bo'laman. O'zim ham uzoq yil bitta jamoada to'p tepsam deyman va hammasi qo'limda bo'lganida shunday qilgan bo'lardim.

- Urgan gollaringiz orasida eng chiroylisi sifatida qaysini ko'rsatgan bo'lardingiz?
- CHiroyli gollar bo'lgan. Oxirgisi deb bemalol Osiyo Kubogida Yaponiya darvozasiga kiritgan golimni ko'rsatishim mumkin. Bu gol o'zimga ham juda yoqdi. Lekin bungacha ham chiroyli to'plar kiritganman. Klub miqyosida 2014 yil “Irtish” safida chiroyli gol urgandim. O'shanda maydon markazida to'pni qabul qilib, chap qanot bo'ylab jarima maydonchasiga kirib borganman va yo'limda uchragan hammani aldab darvozani ishg'ol qilgandim. SHuningdek, o'tgan yil “Lokomotiv” darvozasiga kiritgan golimni ham esda qolarli deya olaman.

- Uzoqdan gol urish “tashrif qog'ozingiz”mi? CHunki yaqinda “Buxoro” darvozasiga ham shunday to'p kiritdingiz.
- Nima desam bo'ladi, to'pga zarba berishdan oldin ichimdan gol urasan degan tuyg'u o'tadi. Futbolchining o'ziga ishonchi ortishi uchun darvoza tomon zarba berishi shart. SHundagina gol bo'ladi. Zarba bermay yuraversangiz, ishonch ham yo'qolib boradi.



- To'pni tepdingiz, lekin hali gol bo'lgani yo'q, to'p havoda uchyapti. SHunda gol bo'lishini qanchalik his qilasiz?
- SHaxsan men bunday paytda gol bo'lishini sezishim bilan to'p hali darvoza to'riga tushmay turib nishonlashni boshlayman. CHunki to'p havoda mahal gol bo'lish-bo'lmasligini ichimdan sezaman. Bu ko'proq zarba kuchi va to'pning havodagi yo'nalishiga bog'liq. Qolaversa darvozabon qaerda turganiga ham etibor beraman. Menga juda ko'p marta darvozaga tep deb aytishadi, lekin har doim ham tepavermayman, to'g'rimi? Balki sherigim mendan qulay vaziyatda turgan bo'lishi mumkin. SHu bois qachonki ichki hissiyot “to'pni tep” desa zarba beraman. Bazan shunday bo'ladi: zarba yo'llash uchun yaxshi vaziyatda bo'la turib ham to'pni oshirasan, bazan esa o'ta qiyin vaziyatdan gol urasan.

- Urgan gollaringizni hisoblab borasizmi?
- Yo'q. Men faqat o'yinlarim soni, qaysi jamoada qancha to'p tepganim, jamoa bilan qancha ochko jamg'arganimiz va nima yutganimni hisoblab boraman. Gollarni sanashni esa yaxshisi jurnalistlar va muxlislarga qo'yib bergan maqul. Futbol shunday o'yinki, 90 daqiqa maydonda ko'rinmay ham katta hajmdagi ishni bajarishing mumkin. Lekin kimgadir yorqin o'yin, zarbalar, to'p oshirish yoqadi.

- O'zbekiston chempionatiga kelishdan oldin o'zbek futboli haqida qanday tasavvurga ega edingiz?
- Mamlakatda futbol juda qadrlanishini, muxlislar futbolni yaxshi ko'rishlarini bilardim. Har holda o'zim ham mendan avval bu erda o'ynab ketganlarni kuzatganman. O'zbekistonda texnik futbolni ustun qo'yishadi. Qozog'istonda esa ko'proq jismoniy kurash kechadi. Oddiy tushuntiradigan bo'lsam, Qozog'istonda inglizcha, O'zbekistonda ispancha futbol namoyish etishadi.

- Darvoza tomon zarba berish yoki texnika ustida alohida ishlaysizmi yoki faqat jamoa bilan birgami?
- Albatta, alohida o'zim ham ishlayman. CHunki alohida mashg'ulot futbolchining faqat o'sishiga xizmat qiladi.

- Eng yoqtirgan futbolchingiz kim?
- Lionel Messi.

- Yangi reglamentga ko'ra, 1997 yil tug'ilgan yoki undan kichik bir nafar futbolchi kamida 45 daqiqa Superligada o'ynashi shart. Bu esa o'z navbatida sizning muntazam aossiy tarkibda to'p tepishingizga xalaqit qilyapti va bazan zaxirada qolib ketyapsiz. Bu sizga qanchalik tasir qiladi?
- Avvalo reglamentni hurmat qilishimiz kerak. CHunki reglament tuzuvchilar shu bandni bekorga kiritmagan bo'lsa kerak. Men professional futbolchi sifatida har bir qoida va o'zgarishni to'g'ri qabul qilaman. Muhimi, bunday o'zgarishlarning futbolga foydasi tegsa boshqalar ham o'rnak olishga harakat qiladi.

- Siz bilan bitta jamoada o'ynagan futbolchilar orasida eng kuchlisi kim?
- (Biroz o'ylanib) Men shunday futbolchini bilaman: bu - markaziy himoyachi Anzur Ismoilov. Anzur bilan bitta jamoada o'ynay boshlaganimga hali ko'p bo'lmadi, shunga qaramay uni bemalol eng kuchli futbolchi deya olaman.



- Sizningcha, O'zbekistonning qaysi shahrida futbolni eng ko'p sevishadi?
- Birinchi navbatda Namangan, undan keyin Buxoro xayolimga keladi. “Buxoro” klubida o'ynaganim uchun shaharda futbolni qanchalik yoqtirishlari haqida yaxshi tasavvurga egaman.

- Bilamizki, Turkmanistondan har doim yaxshi futbolchilar etishib chiqqan. Bu degani mamlakatda bolalar bilan ishlash yaxshi yo'lga qo'yilganmi?
- Og'ir damlar ko'p bo'ldi: ham terma jamoa, ham klublar bilan. 2004 yil Xitoyda o'tkazilgan Osiyo Kubogidan so'ng milliy terma jamoamiz rasmiy musobaqalardan malum muddatga diskvalifikaciya qilindi. Natijada biroz muddat futbolda pasayish yuzaga keldi. Lekin federaciya bir joyda to'xtab qolmadi, rahbariyatda o'zgarish yuz berib, yangi kelgan kishilar o'zgartirish kiritishga harakat qilishdi. Yaxshi yoshlarning etishib chiqishi mana shu mehnat samarasi deb bilaman. Hozir ham Turkmaniston futbol federaciyasi ishlashda davom etyapti. Futbol bo'yicha milliy terma jamoa hamda futzal terma jamoasiga xorvatiyalik murabbiylar taklif etildi. O'ylaymanki, hammasi keyinchalik yaxshi bo'ladi.

- Darvoqe yangi murabbiy bilan ko'rishishga muvaffaq bo'ldingizmi?
- Hozircha yo'q. Faqat telefon orqali gaplashdim xolos. Biz yigirma daqiqacha suhbatlashdik, tanishdik, murabbiy o'z fikrini bildirdi. Menimcha, tez orada yig'in o'tkazsak kerak. Menga malum bo'lishicha, 1 iyun kuni terma jamoamiz yig'ilib, Turkiyaga yo'l oladi va u erda ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Yangi murabbiy shu orqali futbolchilarni sinovdan o'tkazib olmoqchi.

- O'zbek va turkman futboli o'rtasidagi asosiy farq nimada?
- O'zbekistonda birinchi navbatda texnik va to'p bilan muomalada bo'ladigan futbolni ustun qo'yishadi. Qolaversa O'zbekistonda professional klublar va futbolchilar ko'p. Vatanim Turkmanistonda ham futbolga etibor yuqori, faqat bu erdagidek emas. Biz ham sekin-asta rivojlanishga harakat qilyapmiz.



- Oilangiz haqida malumot berib o'tsangiz.
- Uylanganman. Uch nafar farzandim bor, uchalasi ham o'g'il. Katta o'g'lim Emirxan 7 yoshda, o'rtanchasi Iqlim 5 yoshda va kenjamiz Alixan 2 yosh.

- O'zbek milliy taomlaridan qaysi ko'proq yoqadi?
- Osh albatta. O'zbekistonda oshni kim ham yoqtirmaydi deysiz (kuladi).

- O'zbek futbolida hamma Mirjalol Qosimovni afsona deb biladi. Turkmaniston futbolida shunday inson sifatida kimni ko'rsata olasiz?
- Birinchi navbatda Qurbon Berdievni. Qurbon Bekievich ham futbolchi, ham murabbiy sifatida katta yutuqlarga erishgan. U kishi “Rubin”da ishlab “Barselona”, “Bavariya” kabi grand jamoalarni mag'lub etgani ko'p narsadan darak beradi. “Barselona” men yoqtirgan jamoa, ammo “Rubin” g'alaba qozonganida nihoyatda xursand bo'lgandim.

- Bizda ism-familiyangizni turlicha yozishadi: Arslonmurod Omonov, Arslanmurot Amonov yoki Amanov. Qaysi biri to'g'ri?
- To'g'risini aytsam, shunday savolni kutgandim. CHunki chindan ham har xil yozishadi. To'g'risi esa Arslanmirat Amanov. O'zim ham so'radim: nega meni Omonov yozishadi deb. SHunda menga o'zbekchasiga Omonov bo'ladi deb aytishdi. Serbiyalik futbolchilar nomi hamma joyda to'g'ri yoziladi. Lekin nimagadir mening ismim ham, familiyam ham boshqacha ketadi. SHu bois OAV xodimlaridan to'g'ri yozishlarini so'rab qolaman.


X.Xoliqov tayyorladi


Eslatib o'tamiz, ayni paytda MANA BU SAHIFADA Otabek SHukurovga savol yo'llashingiz mumkin. 



"Muxlisdan savol". Eldor SHomurodov: "Mashal"ga kelganimda butsalarim bo'lmagan" 

"Muxlisdan savol". Gadoevni kim kashf qilgan: Qosimov yoki Berdiev? Futbolchi javob berdi

"Muxlisdan savol". Jaloliddin Masharipov - Onasiga sovg'a qilgan Neksiya va nimadan juda qo'rqishi haqida        

"Muxlisdan savol". Ikrom Aliboev: “Futbol men uchun hamma narsa”         

Muxlisdan savol. Rustam Ashurmatov: “O'zbek futbolchilarining reklamasini ko'paytirish kerak” 

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика