Muxlis minbari. Bu kabi “mutaxassis”larga haykal qo'ysang arziydi
19 dek 2013 10:22
Yangiliklar

Muxlis minbari. Bu kabi “mutaxassis”larga haykal qo'ysang arziydi
Xabaringiz bor, "Payshanba muxlis minbari" loyihasi bu hafta "Neftchi" klubiga bag'ishlandi. Quyida klubning ashaddiy muxlislaridan biri bo'lgan SHaxbozning maqolasi keltiriladi.
Joriy mavsum arafasida butun o'zbek futboli ahlining etibori mamlakatning besh karra chempioni “Neftchi” jamoasiga qaratildi. Deyarli har kuni bitta xabar “Neftchi” haqida borda. Muxlislarimiz omon bo'lishsin, bu xabarlarga turlicha munosabatlarini bildirishmoqda. SHu muxlislar qatorida men ham dilimda yig'ilib qolgan bir qancha gaplarni sizlarga etkazgim keldi.
Aslida “Neftchi” mavzusi 2013 yilda ancha dolzarb bo'ldi. Jamoaning besh karra chempionligi deysizmi, xalqaro maydondagi o'yinlarimi, hamma hammasida Yuriy Sarkisyan nomi qo'shib ishlatilardi. Farg'ona ahli bu yil shu nomni sevimli jamoalaridan ajratib qo'yishdi. Bu nechog'li adolatsiz tarzda amalga oshirilganini eslatib o'tmasak bo'laverar. Yuriy Vazgenovich ishdan ketkazilgach, ko'p o'tmay unga haykal qo'yish borasida gaplar paydo bo'ldi. Xayrli ishni erta kechi bo'lmaydi, deganlaridek, Sarkisyanning vodiy futboliga qo'shgan xizmatlari erda qolmabdida deb xursand bo'ldim. Ammo bu quruq gapda qolib ketdi. Mavsum tugashi bilan “Neftchi”ni u tark etdi, bu tark etarmish...
Xullas kecha “Neftchi” rahbari "SA" orqali jamoaning o'z oldiga qo'ygan rejalarini bayon etdi. Suhbatni o'qib, rosti “Farg'onada shunday jonkuyar bor ekan, vodiy ahli bilmay yurgan ekanda” deb yubordim. U erda berilgan javoblardan kelib chiqib shirin orzular og'ushida qoldim.
Agar shu suhbatdagi gaplar amalga oshadigan bo'lsa, shu odamga haykal qo'yish kerak. Sarkisyan 27 yilda erishgan natijalari yangi rahbar amalga oshirishni istayotgan maqsadlar oldida fil bilan pashshadek, shekilli. Keling biroz sizga shirin orzularimni bayon etay.
Xullas tasavvur qiling 2014 yilgi mavsum yakuniga etdi. “Aziz muxlislar! Mana nihoyat siz aziz ishqibozlar uzoq kutgan damlar etib keldi. O'zbek futboliga beshik bo'lgan vodiyga mamlakat chempioni degan sharafli nom qaytdi. Biz mavsum arafasida jamoani foydasiz futbolchilardan tozalaganimizda, ko'pchilik bizni xato qilganlikda ayblagandi. Ko'rib turganingizdek, biz o'z so'zimizni ustidan chiqdik. Jamoa CHEMPION bo'ldi. Endigi rejamiz jamoamizni OCHLda ham eng yuqori cho'qqilarga olib chiqish.... 2015 yil jamoa nafaqat O'zbekistonda, hatto Osiyoda ham tengsiz bo'lishga erishdi. Jamoa mavsum yakunida klublar o'rtasidagi JCHda ham ishtirok etdi. Nafaqat ishtirok etdi, balki finalda Evropaning birinchi raqamli jamoasi bilan tengma teng kurash olib bordi...”. Bunga jamoa qanday erishdi? Albatta uzoqni ko'ra oladigan rahbar Komiljon Mirzaboevdek rahbar bo'lgach, bu kabi natijalar bo'ladida.
SHunaqa hayollarga berilib ketgan ekanmanki, telefon qo'ng'irog'idan cho'chib tushdim. Go'shakni ko'tarishim bilan tanish ovoz yangradi. E aka bu yil “Neftchi”miz qaysi o'rinni oladi. Biz muxlislar sevib ardoqlagan futbolchilarni anavi ... bir tiyinga chiqraib qo'yibdiku. O'zi shuncha yil Farg'onada yashab nimani qoyillatgandiki, o'n yillab jamoamiz sharafini himoya qilganlarni obro'sini bir tiyin qilib yuboryapti. Go'shakni qo'ydimu yana xayolga cho'mdim. Jamoaga keraksiz bo'lgan futbolchilar kimlar? Bu jamoani ko'p yillik sardori Mansur Saidov. Jamoada uzoq muddat o'ynagan Iqbol Akramov. Jamoada kamol topgan SHerzod Hakimov, SHukrali Po'latov, Sardor Mirzaev... Xo'p anu ikkisi o'z oldiga jiddiy maqsad qo'ygan jamoaga o'tishiga ko'nishibdi. Qolganlarni bu qadar tahqirlashga klub rahbarini haqqi bormi? Futbolchini saviyasini jamoa egallagan o'rni aniqlab berganida, oliy ligadan tushib ketgan “Guliston” himoyachisi Bobur Akbarov amaldagi chempion safiga o'tarmidi. May oyida “Neftchi”da amalga oshirilgan o'zgarishlardan keyin biror bir futbolchi, jamoaga tayinlangan yangi rahbariyat haqida bir og'iz ham yomon gap gapirmagan bo'lsa. Mirzaboevning to'satdan bunaqangi gaplarni gapirishini to'g'risi hazm qilolmadim. Agar xato qilmagan bo'lsam, bundan ko'p yillar avval shu odamni o'g'li ham “Neftchi”da o'ynagandi. Ammo u Mansur Saidov, Iqbol Akramovdek uzoq muddat jamoa sharafini himoya etmagan. Futbolchilik kasbi ham oson kasb emas. Sarkisyan ishlagan davrda bu jamoani biror bir o'yinidan shubhaga bormaganmiz. Bu yil “Neftchi”ni bir qancha o'yinlaridagi natijalari shubhali bo'lganligini muxlislar bilishadiku.
Xulosa shuki, mayli sevimli futbolchilarimiz boshqa jamoalarda o'z omadini sinasin. Mayli ular bizni jamoaga qarshi maydonga tushsin. Ularga nisbatan bizdagi hurmatni suniy yo'l bilan olib qo'ymang, janob rais.
Agar siz aytgandek, “Neftchi” zo'r jamoa bo'lsin, jamoada omadizni bersin, ammo unutmang ishqibozlar kim aslida kimligini juda yaxshi bilishadi. “Neftchi”ning o'z o'rni va poydevori bor. Yangi poydevor quraman deb bizlarni eskisidan ham mahrum qilib qo'yishingiz mumkin.
Farg'onalik futbol muxlisi SHaxboz.

Fikrlar