So’nggi yangiliklar

23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  1 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  0 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  3 22:20Осимхен расман ижара асосида турк клуби ўтди. "Наполи" футболчини бепулга ижарага берди, аммо...  1 21:47Девид Бекхэмнинг 22 ёшли ўғли кутилмаганда футболни тарк этди. Энди у фаолиятини модел сифатида давом эттиради  1 21:18Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  6 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  10 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  5 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  4 18:31"Лестер" судда ютиб чиқди ва очколарини сақлаб қолди  0 18:03Моуринью "Челси" юлдузини "Фенербахче"да кўрмоқчи  1 17:39ЖЧ-2014 қаҳрамони Португалия чемпионатига ўтди  0 17:10"Винисиуснинг ёнида Мбаппенинг техник имкониятлари чеклангани сезилиб қолмоқда"  6 16:39Айвен Тоуни "Ал Аҳли"да "Брентфорд"дагидан 10 баробар кўпроқ маош олади  2

Mutolaa uchun. SHifokorlar xatosi tufayli 38 yildan beri komada yotgan franciyalik futbolchi va uning vafodor ayoli Yangiliklar

Mutolaa uchun. SHifokorlar xatosi tufayli 38 yildan beri komada yotgan franciyalik futbolchi va uning vafodor ayoli

Futbolchi va uning ayoli haqidagi achchiq hikoya.

Jan-Per Adams qariyb qirq yil davomida hayot va o'lim o'rtasida yotibdi. Uning uchun vaqt 1982 yilda to'htab qolgan.

Jan-Per Adams 1948 yil 10 martda Dakarda tug'ilgan.

Markaziy himoyachi "Nim", "Nicca" va PSJ jamoalarida o'ynagan. Franciya terma jamoasida 20 dan ortiq o'yin o'tkazgan. 1982 yil 17 martdan boshlab u vrach xatosi tufayli komada.

2007 yil 28 aprel. “Nicca” va “Oser” jamoalari o'rtasidagi Franciya chempionati doirasidagi o'yin oldidan ikki kishi – Loran va Frederik tomoshabinlarning olqishlari ostida markaziy doiraga chiqishdi. Ularning har biri to'pga ramziy zarba beradi. Aynan shu damda stadion tribunasida “Jan-Per Adams – biznikilardan biri” yozuvi tushirilgan banner ochiladi. Loran va Frederik tomoshabinlarga minnatdorchilik bildirishadi, lekin yig'idan o'zlarini zo'rg'a tiyib turishadi, chunki tomoshabinlar o'sha paytda 25 yil davomida ular bilan birga bo'lmagan otani olqishlashardi.

Ammo 1 daqiqa sukut saqlash uchun sabab yo'q va bo'lishi ham kerak emas. Axir u tirik. 

Yo'l-transport hodisasidan so'ng tirik qolgan odam

Jan-Per Adams 1948 yil Dakarda tug'ilgan. U bolaligidan futbolga muhabbat qo'ydi va mahalliy “Janna d’Ark” superklubida o'ynagan amakisi – Aleksandr Diadiuga o'xshashni orzu qilardi. Ammo ota-onasi Jan-Perning sport faoliyati haqida o'ylashini xohlamadilar va amakisi Diadiuning qashshoqligini takidladilar. Bolakayni barcha fanlarni o'rganishga majbur qilishdi, u yaxshi talim olishi kerak edi. Adams 10 yoshga kirganda, uni Franciyaga jo'natishdi. U erda Jan-Per katolik maktabiga o'qishga kirdi.

Evropada u ikkinchi oilasini topdi – Jurden juftligi uni o'z o'g'li singari tarbiyaladi, ammo kamtarona yashashdi. Bola o'sib ulg'ayganida, u ikkinchi ota-onasiga yordam berish uchun kauchuk fabrikasiga ishga kirdi. U futbolni unutmadi va xobbisini hayotining mazmuniga aylantirdi. Ota-onalar endi yosh yigitga tasir o'tkaza olmadilar, ammo ushbu belgilar taqdirni ko'rsatdi: “Fontenblo” klubida o'ynab yurganida, 18 yoshli Jan-Per tizzasidan jiddiy jarohat olib, faoliyatini to'xtatishi mumkin edi. Ammo quvnoq va sabrli Adams bir yil davomida yangi og'irroq sinov olish uchun eski sinovni engdi: yosh yigit eng yaqin do'sti, futbolchi Gay Byudoning hayotini olib ketgan avtohalokatga uchradi. Jan-Perning o'ziga omad kelgan edi: u engil jarohatlar bilan qutilib qoldi.

O'sha paytda Adams allaqachon armiyada edi va havaskor klubda o'ynardi. Tez orada uni professional klub – “Nim” payqab qoldi. Hayot yaxshilanayotgan edi. Bu Jan-Per diskotekada Bernadett ismli ajoyib qizni uchratganida aniq bo'ldi. Ularning umumiy jihatlari juda ko'p edi, ammo bitta muhim farq – ularning terisining rangi edi. Bu narsa qiz uchun muhim emas, balki ota-onasi uchun juda muhim edi. Ular oddiy oiladan edilar va qizining qora tanli inson bilan turmush qurishini juda qattiq qoralashgan. Ayniqsa, Bernadettning onasi. Ammo g'ayrioddiy Adamsning unga va oilasiga bo'lgan munosabati uning taqdiriga tasir qildi. Ota-ona qizini Jan-Perga turmush o'rtoq sifatida berishga rozi bo'lishdi.

Qora gvardiyachi

Adams “Nim”da tezda asosiy tarkib futbolchisiga aylandi va klubga 1972 yil Franciya ligasida ikkinchi o'rinni egallashda katta yordam berdi. Bir necha yil ichida kuchli himoyachi barcha francuz hujumchilari uchun dahshatli tushga aylandi. "Nim"ning mudofaa chizig'ida tabiatning kuchi o'ynaydi! Har mavsumda men ushbu klub bilan uchrashishdan juda qo'rqardim. Adams tufayli”, – deb eslaydi “Nant” va Argentina terma jamoasi sobiq hujumchisi va sardori Anxel Markos. 

O'sha yili tez rivojlanib borayotgan franciyalik himoyachi milliy terma jamoadan taklif oldi. Ajablanarlisi shundaki, Jan-Perning debyuti Afrika terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida bo'lib o'tdi va u Marius Trezorning o'rniga maydonga tushdi. Tez orada Adams va Trezorni bir-birisiz tasavvur qilishning iloji yo'q edi. Juftlik o'sha yillarda sayyoradagi eng yaxshi futbolchilardan biri bo'lgan Franc Bekkenbauerning o'zi tomonidan maqtovga sazovor bo'ldi. Keyinchalik matbuot markaziy himoyachilarning ushbu duetini “Qora gvardiya” deb atadi. Ushbu tahallus ostida ular francuz futboli tarixiga kirdilar.

1973 yilda Adams “Nicca”ga transferni amalga oshirdi va u erda faoliyatidagi eng yaxshi yillarini o'tkazdi: 144 uchrashuvda 17 ta gol va 1975/76-yilgi Franciya chempionatida kumush medallar – shundan beri “Nicca” hech qachon bunday cho'qqilarga erishmagan.

O'limga olib keladigan operaciya

1970 yillarning ikkinchi yarmida Jan-Per yomonroq o'ynadi: barchasi tizzasidagi muammolar tufayli. Adams avval “Nicca”dan PSJga yo'l oldi va faoliyatidagi so'nggi ikki klub, taniqli bo'lmagan “Myulxaus” va “SHalon” bo'ldi. Ikkinchisi uni 1981 yilda o'ynovchi-murabbiy lavozimiga taklif qildi va bu futbolchi uchun yangi muammo bo'ldi.

Adams asosiy etiborini murabbiylik faoliyatiga qaratdi, u Dijon shahridagi kurslarga yozildi. Ular bir hafta davom etishi kerak edi, ammo uchinchi kuni Adams to'satdan tizzasida dahshatli og'riqni his qildi. Avvaliga u chidashga qaror qildi, biroq og'riq susaymadi, shuning uchun Jan-Per tibbiy ko'rik uchun qo'shni Lionga borishga majbur bo'ldi. Skanerlash natijasida tizzasining orqa qismi jiddiy shikastlanganligi va jarrohlik amaliyoti zarurligi ko'rsatildi. Adams vaqtni behuda sarflashni xohlamadi, shuning uchun u shoshilinch operaciyaga rozi bo'ldi. U 17 martga rejalashtirilgan edi.

Bernadett ertalab juda hayajonlangandi. Operaciya arafasida u eri bilan telefon orqali bog'langanida u odatdagidek hotirjam va mehribon edi: “Barchasi yaxshi, men yaxshiman”. Bu uning sevgilisidan eshitgan so'nggi so'zlari edi.

Jan-Per operaciyadan so'ng darhol qo'ng'iroq qilishga vada berdi, ammo telefon kun bo'yi sukut saqladi. Bernadett ortiq kuta olmadi: birinchi qo'ng'iroq, ikkinchisi, uchinchisi... Nihoyat, ular unga qayta qo'ng'iroq qilishdi: “Bu erga etib keling. Hoziroq”.

Bernadett kasalxonaga kelganida, u dahshatli narsani bildi: eri komaga tushgan edi.

O'sha kuni Franciyada shifokorlarning ish tashlashi bo'lib, ko'pchilik ish joyiga kelmagan. Anesteziolog bir vaqtning o'zida sakkizta operaciyani nazorat qildi va dozani tasodifan adashtirib qo'ydi. Jan-Perni anesteziologning xatosini to'g'irlamagan va terining rangi tufayli (oq tanli odamlarda ko'k rangga aylanib ketadi) futbolchining ahvoli yomonlashganini bilmagan amaliyotchining kuzatishi vaziyatni yanada og'irlashtirdi. Adams divanda ham noto'g'ri yotar, naychalardan biri o'pkasini ventilyaciya qilishni to'xtatgan edi. Francuzning nafas olishi qiyinlashdi, yuragi to'xtadi.

Vafodor ayol

Bernadett besh kunni Jan-Perning yotgan joyida ko'z yoshlari bilan o'tkazdi. U endi eri uning ko'zlarini ochib o'pishiga ishonardi. Ammo u qimirlamay uxlashni davom ettirdi.

Adamsni uyiga, o'z xonasiga qaytarishdi. Bernadett erini yotog'iga yotqizdi va oldingidek u bilan bir muddat yotdi va u qachondir uyg'onadi deb umid qildi. Biroq hech narsa sezilarli darajada o'zgarmadi. U endi qimirlamadi. Operaciyadan olti oy o'tgach, yana bir falokat yuz berdi – infekciya Adamsning tanasiga tushdi. Bernadett hech bo'lmaganda endi eri qaytib kelishini iltijo qildi. Lekin yo'q.

Bo'layotgan voqealar tufayli bir ayol ikki bolasi bilan deyarli pulsiz qoldi. Jan-Perning sobiq klublari “Nim” va PSJ, Franciya futbol federaciyasi yordam berdi, hayriya uchrashuvlari o'tkazildi. Albatta, sud ham bo'ldi. Sud jarayoni etti yil davom etdi, shifokorlar jarohatni bila turib, aybni tan olmagunlaricha. Ammo bu Bernadett hayotini osonlashtirmadi: har kuni u sevganini yuvintiradi, sochini oldiradi va kiyintiradi. Ayolning takidlashicha, u hid sezadi va itlarning uvillashini yoki eshikni taqillatganini eshitganda kasalga o'xshamaydi va albatta, eshitadi.

“1982 yil 17 martda vaqt to'xtab qoldi. Hech narsa o'zgarmadi – na yaxshi, na yomon tomonga. Jan-Per qarimaydi, unda oq sochlar deyarli yo'q!”, – deydi Adams xonim. 

Bernadettga bir necha bor erini qariyalar uyiga jo'natishni taklif qilishgan, chunki u erda unga malakali xodimlar qarashadi. Hatto kimdir uning oldida “evtanaziya” so'zini aytishga jurat etgan, ammo mehribon rafiqa hammasiga qisqacha javob beradi: “bu aqlga sig'maydi”. U Nim yaqinida klub va muxlislarning hissasi orqali uy barpo qildi va hozirda eri bilan o'sha erda yashamoqda.

Jan-Per allaqachon bobo bo'ldi. Uning to'ng'ich o'g'li Loran 1996 yilda “Nim” bilan shartnoma imzolagan, ammo uning futbolchilik faoliyati natija bermagan. Franciya terma jamoasi allaqachon ikki marta jahon chempioniga aylandi, futbolchilar avlodi almashdi.

Ammo Jan-Per bularning hech birini bilmaydi. Bir kun boshqa bir kunga almashaveradi. U esa 1982 yilda qotib qolgan va o'sha mashum operaciyaning oxirini kutmoqda...

Xurshid Baxtiyorov tarjimasi

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика