So’nggi yangiliklar

22:23Расман: Шерзод Эсанов "Андижон"дан РПЛ клубига ўтди  3 21:27"Байер" Гюлерни ижарага олмоқчи эди. "Реал" ҳам, ўйинчи ҳам бунга қизиқиш билдиришмади  2 20:58Винисиус Мбаппе, Беллингем ва Эндрикнинг "Реал"га ўтишида таъсир қилган  5 20:21Максим Шацких: "Ёзги трансферлар ойнасидаги режамизни тўлиқ бажардик. Элит Осиё чемпионлар лигасидаги иштирокимиз ҳам қизиқарли кечиши аниқ"  10 19:47МЮ Амрабатни "Фиорентина"дан 20 млн евро эвазига харид қилмайди, аммо...  2 19:09Баҳром Ҳайдаров: "Қолган жамоалар ҳам ухлаётгани йўқ. Иккинчи даврада камида 30 очко тўплашимиз керак"   6 18:58Ламела Греция клуби билан шартнома имзолади  2 18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  2 17:58"Ливерпуль" икки футболчи учун 105 млн фунт сарфлашга тайёр  4 17:14"Атлетико" Лунинни "Реал"дан 15 млн еврога харид қилишга тайёр эди  2 16:32"Манчестер Юнайтед" де Лигт учун "Бавария"га 45 млн фунт таклиф қилади  3 16:02"Ливерпуль" Саудия Арабистони клублари учун ван Дейкка нарх қўйди  3 15:38"Барселона" де Йонг билан шартномани узайтирмоқчи  5 15:10Улуғбек Ҳошимов: "Ўзим катта бўлган жамоага қайтиш ёқимли. "Пахтакор" билан катта ютуқларга эришишни мақсад қилганман"  5 14:33"Ал Иттиҳод" Эдерсонни харид қилишга уриниб кўради, "Ман Сити" 50-60 млн евро хоҳламоқда  1

Mutolaa uchun. "Salernitana" murabbiyini istefodan 48 soat o'tib yana qaytarishdi. U ketishni umuman xohlamagandi Yangiliklar

Mutolaa uchun. "Salernitana" murabbiyini istefodan 48 soat o'tib yana qaytarishdi. U ketishni umuman xohlamagandi

Qutqaruvchi!

"U bor kuchi bilan prezidentdan qarorni qayta ko'rib chiqishni so'radi"

"Salernitana" 15 yanvarda "Atalanta"dan 2:8 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Jamoa oltita o'yindan beri g'alaba qozonmadi, shu sababli bosh murabbiy Davide Nikolaning istefosi hayron qoldirmadi. Ikki kundan so'ng esa muxlislar dahshatga tushishdi: Nikolani qaytaring!

Ha, "Salerntina" hatto yangi murabbiy izlamadi ham. Hozir nega bunday bo'lganini aytib beramiz.



Nikola "bor kuchi bilan prezidentdan qarorni qayta ko'rib chiqishni so'radi"


Yirik mag'lubiyatdan so'ng "Salernitana" prezidenti Danilo Iervolino murabbiyga qo'ng'iroq qildi va istefo sababini aytdi. Nikola ularni qabul qildi, ammo jamoadan ketishni umuman xohlamadi. Va qatiyat bilan Iervolinodan qarorni bekor qilishni so'radi.

"Ushbu alamli mag'lubiyat uchun javobgarlikni o'z bo'ynimga oldim. Sababi men bu jamoaga, uni tashkil etayotgan insonlarga va uning ortida turgan buyuk jamiyatga ishonaman. Men bor kuchim bilan prezidentdan qarorni qayta ko'rib chiqishni so'radim, bu yaxshi tushunadigan va boshqa futbol qurishni xohlaydigan inson qalbini torlariga tegishini bilaman. Sababi Salernoni sevaman va bu loyihaga shunchaki ishonaman.

Bular men ajrashishni xohlamaydigan insonlarim, prezidentga esa qo'ng'iroq qilgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu yurakdan o'ynalayotgan futbol ekanligi ko'rinib turibdi. Men esa unga buning uchun bor kuchim va ishtiyoqim bilan ishonchli javob bermoqchiman. Morgan De Sanktis boshchiligidagi sport rahbariyatiga o'rtadagi aloqa uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman, ularsiz bu operaciyani amalga oshirish imkonsiz edi, bizni maqsadlarimizga erishish uchun mashaqqatli bir hafta kutib turibdi", – deb yozdi Nikola ijtimoiy tarmoqda.



Iervolino suhbatdan detallarni qo'shimcha qildi. "Murabbiyning tezda o'z jamoasi bilan ishga qaytishga tayyorligini eshitdim. Murabbiy menga shahar, muxlislar va jamoaga berishi mumkin bo'lgan muhim narsalarni aytdi. Agar sen insonni yo'qotmasang, hech qachon uni qanchalik kuchli sog'inishingni bilmaysan. Murabbiyning gaplari haqida ko'p o'yladim va klub va futbolchilar manfaati uchun unga yana bir imkon berishga qaror qildim", – deb tushuntirdi klub prezidenti.

Boss Nikoladan nafaqat elitada joy saqlab qolish (tushib ketish hududigacha 9 ochko), balki faol tarzda yoshlarni ham qo'shishni talab qiladi: "Yosh futbolchilarni ishlatgan holda yaxshi futbol ko'rsatish va shu bilan birga, turnir jadvalida ko'tarilish kerak".


Nikola – professional qutqaruvchi murabbiy. Uch yil ichida uchta autsayderni saqlab qolgan


Davide "Salernitana"ni 2021/22 yilgi mavsum fevral oyining o'rtalarida qabul qilib olgan edi. Jamoa o'shanda 23 o'yinda atigi 13 ochko jamg'argan va eng oxirgi o'ringa qattiq o'rnashib olgandi. 20 yildan so'ng A Seriyaga qaytgan klub yana tushib ketish ostonasida edi.

"Salernitana" aprel oyida uyg'ondi va elitada qolish uchun jiddiy harakat qildi: 7 ta o'yinda 4 ta g'alaba va 3 ta durang. Barchasini so'nggi tur hal qilishi kerak edi. Ammo "Salernitana" unda muvaffaqiyatsizlikka uchradi va "Udineze"dan javobsiz 4 ta to'p qabul qilib oldi.

Ammo ularning baxtiga "Kalyari" (finishdagi 11 ta o'yinda 1 ta g'alaba) parallel o'yinda tushib ketgan "Veneciya" (0:0) ga gol ura olmadi va u bilan birga pastga ravona bo'ldi.

"Salernitana" "Kalyari"dan atigi bir ochko oldinlab ketdi! Salernoliklar murabbiyi Davide Nikola shunday qutqarishlarga ko'nikkan, u jamoalarni tushib ketish hududidan olib chiqishga usta.


• "Krotone"-2016/17. Jamoa birinchi davrada atigi 9 ochko jamg'argan holda, "Peskara" bilan so'nggi o'rinni bo'lishib turgandi va xavfsiz hududgacha bo'lgan farq 8 ochko edi. Ammo jamoa tanaffusdan so'ng qayta tug'ildi: yana 25 ochko jamg'ardi va faqatgina so'nggi tur yakuniga ko'ra tushib ketish hududidan chiqdi. "Krotone" "Empoli"dan ikki ochko o'tib ketdi.



• "Jenoa"-2019/20. Nikola jamoaga qishda keldi. Jamoa o'shanda 11 ochko bilan so'nggi o'rinda edi, ammo yangi murabbiy qo'l ostida birinchi davrani ikkita g'alaba bilan yakunladi, ikkinchisida esa 25 ochko to'pladi. Yakun – 17-o'rin.

• "Torino"-2020/21. Nikola jamoani yana qishda qabul qilib oldi, turinliklar bu paytda 13 ochko bilan tushib ketish hududida yurishgandi. U ilk davrani durang bilan yakunladi, ikkinchisida esa yana 23 ochko jamg'ardi. Bu esa mavsum finishiga bir tur qolgan sevimli 17-o'rinni egallashga kifoya qildi.

• "Salernitana"-2021/22. Rezyumedagi yangi qator! Nikolaning uch yildagi uchinchi va olti yildagi to'rtinchi qutqarishi.

Jamoa hozir inqirozda, ammo quyi ligaga tushib ketish xavfi yo'q – "Verona", "Sampdoriya" va "Kremoneze"ning holati havas qilarli emas.


Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика