So’nggi yangiliklar

10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  1 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  1 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  3 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  6 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  19 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  4 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  5 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  5 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  1 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  3 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  1 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  5 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2

Mutolaa uchun. Qanday qilib Netflix va Amazon darajasidagi hujjatli filmlarni suratga olish mumkin? Yangiliklar

Mutolaa uchun. Qanday qilib Netflix va Amazon darajasidagi hujjatli filmlarni suratga olish mumkin?

"Sunderland 'Til I Die" va Bolt haqida hikoya qiluvchi filmni ishlagan prodyuserning qoidalari.

"Sanderlend"ning qulashi haqidagi serial sport bo'yicha hujjatli filmlar mavzulari qanday ochib berilishi kerak ekanligi bo'yicha tushuncha berdi va taassurotlarni butkul o'zgartirib yubordi. "Sunderland 'Til I Die" omma tomonidan juda yaxshi baholandi va tez orada Netflix kompaniyasi ikkinchi mavsumga buyurtma berdi — bu muvaffaqiyatning asosiy isboti.

"Sanderlend" haqidagi hujjatli film Fulwell 73 studiyasining top mahsulotlaridan biriga aylandi, studiya sport haqida yaxshi saviyadagi kinolarni ishlay olishini ko'p marta isbotlagan. Ingliz prodyuserlari loyihalarni musiqachilar bilan amalga oshirishga kirishdilar (masalan, Robbi Uilyams va One Direction guruhi), sport bo'yicha ham ularning haybatli qahramonlari talaygina.

- 2013 yilda yaratilgan Bekxem, Batt, Skoulz, aka-uka Nevillar va Giggz ishtirokidagi "Klass 92" filmi;

- 2016 yilda chiqqan eng yaxshi sprinter Useyn Bolt haqidagi "I am Bolt" filmi;

- Kino olamida 2016 yilda paydo bo'lgan uzoq masofaga yuguruvchi afsonaviy Muhammad Farah haqidagi "No Easy Mile" filmi;

- 2019 yilda yaratilgan "Manchester Yunayted" mavzusidagi navbatdagi mahsulot — Mett Basbi haqidagi film;

- Va albatta, "Sunderland 'Til I Die"ning ikki mavsumi.

Fulwell 73  Netflix va Amazon bilan muntazam ravishda birga ishlaydi, hozirda studiya tomonidan Italiya klublaridan biri bilan bog'liq yangi futbol filmi suratga olinmoqda (tafsilotlar hali oshkor etilmagan).

Fulwell 73  sport loyihalari studiyasi prodyuseri, asoschisi va boshqaruvchisi (shuningdek, "Sanderlend" muxlisi) - Leo Pirlman, mashhur hujjatli filmlarni yaratishi uchun uning jamoasiga zarur bo'lgan asosiy qoidalar ro'yxatini tuzib chiqdi. 

Qahramonimiz haqida qancha film chiqqanligi bizni xavotirga solmaydi. Vazifamiz hech qachon o'zgarmaydi: film qahramonimiz uchun meros bo'lib qolishini xohlaymiz. Masalan, Bolt haqidagi kino 2012 yilgi Olimpiada oldidan chiqdi — nima qilibdi? Useyn o'shanda qoyilmaqom natija qayd etdi!

"Klass 92" haqidagi film biznikidan uch yil oldin ham suratga olingan — faqat MYU klubi kanali uchun. Maqsad — qahramonni tarixda qoldiradigan film ishlash. Agar buni bizdan oldin hech kim chiqarmagan bo'lsa, unda hamma gap-so'zlar ahamiyatsiz.

Biz murakkab savollar berishimiz va tasvirga olish ishlari uzoq vaqt davom etishini oldindan tushuntiramiz 

Agar bunday yondashuv qahramonga mos kelmasa, u shunchaki chiroyli tarjimai holi yoki yutuqlarini maqtaydigan filmni xohlasa — buni amalga oshirmaymiz. Biz uchun asosiy narsa — haqiqatni ko'rsatish. Filmlarimizni suratga olish psixologik sinov bo'lib, intervyularimiz esa psixoanalitikaga yo'naltirilgan. Bu hamma uchun mos emas, hamma ham ochilib ketavermaydi. Bazan, shu sababli loyihalarni qisqartirishga to'g'ri kelgan — mayli, hechqisi yo'q, boshqa narsani o'ylab topamiz.

Har qanday film asosida qahramonning to'liq ishonchi yotadi. Biz do'stlashib olmagunimizcha tasvirga olish ishlarini boshlamaymiz. Birinchi kuni aslo kamera bilan kelmaymiz. Ha aytgancha, hatto o'ninchi urinishda ham batafsil intervyuni yozib ololmaymiz. Kamida 4-5 uchrashuvda hayot haqida suhbatlashamiz, dam olish kunlari birgalikda biron joyga borishimiz mumkin — insonnig bizga nisbatan ishonchini sezmagunimizcha hammasi norasmiy kechadi. Biz teng shartlarda gaplashamiz, hech kim o'zini katta tutmaydi va bir-birimizga ijtimoiy tarmoqlarda yozamiz, chunki bu qiziqarli. Kim haqida alohida (shaxsiy) film olgan bo'lsak, qahramonimiz haqiqatan do'stimizga aylanadi — aks holda mahsulot sifatli chiqmaydi.

SHaxs barcha savollarga javob berishga tayyor bo'lsagina intervyularni yozib olamiz. Odatda ikki yoki uch kishi bilan munosabatlarni o'rnatish juda qiyin kechadi: "Sanderlend"da va hozirda Italiya klubi bilan amalga oshirayotgan yangi loyihamiz(hoxircha sizga nomini aytolmayman)da shunday holat sodir bo'ldi.

Bazida shunday bo'ladiki, qahramon shart qo'yadi: "Men bu voqea haqida gapirishga tayyorman, bu voqea haqida esa yo'q". 

Agar bunday samimiy suhbatlar tomoshabinda "nima uchun bu haqda so'ramadingiz?" degan savol (reakciya)ni keltirib chiqarsa, biz qahramonga minnatdorchilik bildiramiz va suhbatlashishni umuman rad etamiz. Bunday qahramon minimum aytganda, epizodning markaziy qahramoni bo'lmaydi.

Tavsirga olish jarayonida kichik jamoa bilan qatnashamiz — bu qatiy qaror. Ikki yoki uchta tanish, yaqinlar bo'lishi mumkin. Agar atrofda ko'plab operatorlar, ovoz rejissyorlari va yoritgichlar bo'lsa, hech kim o'zini erkin his qilmaydi. Bundan tashqari, suhbatni hech qachon chuqur o'yga toldiradigan savollardan boshlamaymiz, dastlab, oddiy hayot, mashg'ulot, oila haqida suhbatlashamiz — u erda qisqa dialog ketadi.

Agar qahramon boshida suratga olish ishlarida ishtirok etishni rad etsa, jarayon davomida uni ko'ndirish mumkin. Bunday vaziyatda, bo'sh vaqtlarida bir nechta filmlarimizni tomosha qilish va ularni baholashni oddiy iltimos bilan takidlaymiz — bu unchalik qiyin emas. Keyin unga qaysi daqiqa va vaziyat yoqqanligini bilib olamiz. Qaysidir tanishlaridan yordam so'raymiz (u do'stiga eng sara filmlarimizni ko'rishni tavsiya qiladi), keyin esa yakuniy hisobot bilan tanishamiz. Ko'pincha qahramonga kutilmagan, g'ayrioddiy atmosfera yoqadi. Yana bir scenariy qahramonga maqul keladi, yani hech qanday kamerasiz suhbatlashish. Keyin joiz bo'lsa, guruh bilan mashg'ulotlariga borishimizni va intervyu tashkil etishimizni unga aytamiz. Bu ko'pincha ish beradi.

Tasvirga olish ishlari jamoaning natijasiga umuman tasir qilmasligini tushuntirish foydalidir. Ha, biz "Sunderland 'Til I Die"ning birinchi mavsumini suratga olayotganimizda, jamoa APLga chiqish uchun kurashish o'rniga chempionshipdan chiqib ketdi. Hujjatli serial — bu eng oson bahona: suratga olish guruhi go'yo hamma narsani yo'q qilgan. Yaxshiyamki, "Sanderlend"da buni amalga oshirishmadi. Ko'plab yaxshi misollar mavjud: masalan, All or Nothing  Amazon uchun film suratga olganda "Manchester Siti" ajoyib mavsumni o'ztkazgan.

Biron yangi voqea sodir bo'lsagina serial davomini suratga olish lozim. "Sunderland 'Til I Die" ikkinchi mavsumini klubda haqiqatdan ham katta o'zgarish bo'lgani uchun ishladik. Birinchi mavsum tugaganda davom ettirish haqida o'ylamaganmiz.

Klub egalari o'zgargach, uchrashuvda ko'rdikki, o'zgarishlar bor va yana nimadir chiqarish mumkin. Birinchi mavsum futbolchilar, murabbiylar va muxlislar haqida, chunki xo'jayin yaqin atrofda ko'rinish bermagandi (uning katta intervyusinin ham qo'ymadik, chunki bu mantiqsizlik bo'lardi), serialning davomi — futbol klubini boshqarish tarixi. Unda ham "Sanderlend" diqqat markazida, ammo g'oya butunlay boshqa.

Buyurtmachi filmning so'nggi talqinida biror narsani o'zgartirishga harakat qilishi mumkin, ammo biz darhol qoidalarni eslatib qo'yamiz. Klub bilan ishlaganimizda, biz qismni rahbariyatga namoyish qilamiz, uni barcha o'yinchilar va xodimlarga ko'rsatmaymiz — xo'jayinlarning qarashi siyosiy muhim tafsilotlarni tuzatish uchun etarli bo'ladi. Agar har bir futbolchi o'zining kichik istaklarini bildirsa, ish cheksiz munozaraga aylanib ketgan bo'lardi.

Filmda chiroyli lavha va jiddiy parchalar bo'lishi kerak. Biz ishlagan hujjatli filmlardan namuna sifatida Muhammad Farah haqidagisini keltirib o'tsa bo'ladi. U Efiopiyada, tog'larda mashq qilgan — Xudo biladi dengiz sathidan necha metr balandlikda: u bir necha kun ko'tarilish lozim bo'lgan tepalikda o'zi uchun mashg'ulot lagerini barpo etgan. Tabiiyki, biz u bilan birga o'sha erga yo'l oldik — ko'rinish ajoyib, shunchaki estetik zavq beradi!  Filmda bu lavhalar ko'ringan: masalan, Muhammad ushbu lagerdagi chodirida yotoqda yotar, faqat ko'zlari selfi kamerasi orqali ko'rinardi — tun, qo'rqinchli yorug'lik. U telefon kamerasiga shunday deydi: "Hozir tungi soat uchun, lekin uxlay olmayapman. Birinchi startgacha atigi bir oy qoldi, biroq menda ko'p narsa "o'xshamayapti", hanuz bu mening mavsumim bo'lishiga ishonmayapman”— kamera o'chadi. O'z-o'zidan sahna kuchli, avvalgi kadrlarda ko'ringan tabiat manzaralari ham. Siz bunday lavhalarni bir soat davomida ko'rishingiz qiyindir. Lekin ular buni maksimal darajada, chin ko'ngildan ado etishadi, bu men hujjatli filmlarda qadrlaydigan eng yaxshi sifat.

 

Mashhur voqelikni ifoda qiluvchi retrospektiv(tarixga murojaat etuvchi) film suratga olsangiz ham, uni shunday ishlashingiz kerakki, tomoshabin voqeani xuddi birinchi marta ko'rayotgandek bo'lsin.

1999 yilgi CHempionlar Ligasi finalida "Manchester Yunayted" ikkita gol urganini hamma biladi — nima bo'pti? Film tomoshabinlari, agar ular o'sha paytda stadionda bo'lgan bo'lsalar-da, oradan 15 va 20 yil o'tgan bo'lsa-da, o'zlarini bularning barini birinchi marta ko'rayotgandek his qilishlari kerak. SHunday his-tuyg'u paydo bo'lsa, demak, bu film "o'xshadi" va bekorga yaratilmabdi deb hisoblayvering!

"Sunderland 'Til I Die" — futbol klubi haqida emas, balki kuchli jamiyat haqidagi film. Futbol bu holda miniatyura namunasidir, unda biz mexanizmlarni o'rganamiz. Siz asosiy auditoriya sifatida faqat eng sodiq muxlislarni jalb qilishga urinmang. Agar ularning klubi haqida biror narsa suratga olsangiz, ular shundoq ham uni ko'rishadi. Bu ularga yoqmasa ham, bunga amin bo'lish uchun baribir oxirigacha ko'rishadi.

Rostini aytsam, sodiq muxlislar film haqida qanday fikrda bo'lishlari menga qiziq emas: "Sunderland 'Til I Die" "Sanderlend" muxlislari uchun ishlanmagan. Xuddi "Klass 92" "Manchester Yunayted" muxlislari uchun ishlanmagani kabi. Bu film Bekxem avlodi qanday yorqin o'yin ko'rsatganini eslaydiganlar va o'sha davrga tushib qolishni istaganlar uchun. Bunday odamlar — maqsadli auditoriya, chunki ular ko'p. "Manchester Yunayted" muxlislarining bildirayotgan munosabatlari esa muhim emas.


SHerzod Nurmatov tarjimasi. 


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика