So’nggi yangiliklar

01:48Галлахер "Атлетико"га ўтишни хоҳламоқда  0 01:25"Ювентус" Йилдизни қўйиб юборишни хоҳламаяпти  0 00:57"Атлетико" "Челси" ўйинчисининг трансфери бўйича ишларни бошлаб юборди  0 00:29Игорь Сергеев ҳаракат қилаётган "Патум Юнайтед" жамоаси ўртоқлик ўйинида ЕЧЛ финалчиси "Боруссия"ни тор-мор келтирди!  0 23:55"Барселона" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  2 23:27Жамшид Саидов: "Бизда юқори мақсадлар йўқ, вазифа ўтган мавсумдан кўра яхшироқ иштирок этиш"  1 22:57"Бунёдкор" иккинчи даврада уйғонадими? Тайёргарлик қандай кетяпти? Илёс Зейтуллаев барча саволларга жавоб берди  4 22:23Расман: Шерзод Эсанов "Андижон"дан РПЛ клубига ўтди  15 21:27"Байер" Гюлерни ижарага олмоқчи эди. "Реал" ҳам, ўйинчи ҳам бунга қизиқиш билдиришмади  2 20:58Винисиус Мбаппе, Беллингем ва Эндрикнинг "Реал"га ўтишида таъсир қилган  10 20:21Максим Шацких: "Ёзги трансферлар ойнасидаги режамизни тўлиқ бажардик. Элит Осиё чемпионлар лигасидаги иштирокимиз ҳам қизиқарли кечиши аниқ"  20 19:47МЮ Амрабатни "Фиорентина"дан 20 млн евро эвазига харид қилмайди, аммо...  2 19:09Баҳром Ҳайдаров: "Қолган жамоалар ҳам ухлаётгани йўқ. Иккинчи даврада камида 30 очко тўплашимиз керак"   6 18:58Ламела Греция клуби билан шартнома имзолади  2 18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  2

Mutolaa uchun. Kerrik - buyuk murabbiyning ilk qadamlari Yangiliklar

Mutolaa uchun. Kerrik - buyuk murabbiyning ilk qadamlari

U tahlil qilish va o'yinchilar bilan individual tarzda ishlashni yaxshi ko'radi.

"Manchester Yunayted" Ole-Gunnarni istefoga chiqardi va vaqtinchalik yoki bir yo'la doimiy murabbiy haqida o'ylayabdi. Bunday inson hali topilgani yo'q, shu sababli ushbu vazifani Maykl Kerrik bajarib turadi. Xuddi shunday sxema bo'yicha 2018 yilda ham ish olib borilgandi: Sulsher tayinlangunga qadar angliyalik jamoa bilan ishlab turgandi (bitta mashg'ulot).

Kerrikga norvegiyalikning butun shtabi yordam beradi. Avvaliga Kiran Makkenna va Mayk Felan klubdan ketadi deb xabar berishdi, lekin ular jamoada qoldi — "The Athletic" nashri yozishicha, buni Mayklning o'zi xohlagan.

Ishonchli "BBC", "The Athletic" va "The Telegraph" nashrlari malumotiga ko'ra, bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi vaqtinchalik murabbiy lavozimiga Darren Fletcher (Fletcher – Kerrik juftligi varianti bo'lgandi) tayinlanishi kerak edi, biroq buning iloji yo'q: shotlandiyalik "B" murabbiylik licenziyasi bilan faqatgina yordamchi bo'lishi mumkin. Kerrikda esa Pro — bosh murabbiy bo'lish uchun rasmiy ruxsatnoma bor. Bundan tashqari, jamoani unga shunchaki berishgani yo'q — Maykl ish tajribasi va amaliy ko'nikmalarga ega.



2017/18 yilgi mavsum boshida futbolchi-Maykl Kerrik bir necha oyga tarkibda "yo'q bo'lib qoldi". Malum bo'lishicha, u yurak aritmiyasi bilan kurashgan ekan. Angliyalik noyabr oxirlarida qaytdi, lekin mavsum so'ngigacha atigi 4 o'yinda maydonga tushdi va futbolchilik faoliyatini yakunladi. Uni allaqachon Mourino shtabida kutishayotgandi — Joze kuzda unga taklif bildirgan: "Maykl shaxs sifatida "Maykl-o'yinchi"dan muhimroq. Murabbiylik shtabimda unga joy borligini o'zi ham yaxshi biladi. Qachon kelishni istasa, eshigimiz u uchun doim ochiq. Men ham, rahbariyat  ham, klub xo'jayinlari ham buni xohlashadi. SHuning uchun, Maykl o'zini qulay his qiladi. Uning kelajagi bizlar bilan".

Lui van Gal bundan mamnun bo'lishi mumkin: Mourinodan ikki yil oldin u Kerrikning murabbiylik sifatlari haqida gapirgandi. Niderlandiyalik 2015 yil mart oyida aytgan gaplari:

1. "The Telegraph" bilan eksklyuziv intervyu: "Kerrikni o'ynovchi murabbiy deyish mumkin. U doim forma, sxema va sistema haqida gapirishni istaydi. Bu yaxshi. Runi ham shunday".
2. "Liverpul" bilan o'yindan oldin: "Maykl muhim, chunki u maydondagi o'yin borishini o'qiy oladi. Bundan tashqari, u maydonda jamoani murabbiy sifatida ham boshqara oladi — ammo o'ylashimcha, u shu jihatini yanada kuchaytira oladi.


Xo'sh, murabbiy Maykl Kerrik haqida nimalarni bilasiz?

Sulsherning murabbiylik shtabida Kerrik Makkenna bilan mashg'ulotlarni o'tkazgan.

"The Athletic"ning klub ichidagi manbalarining malumotiga ko'ra, futbolchilar mashg'ulotlar bir-biriga o'xshashligini takidlagan. Tabiiyki, bu ularni xursand qilmagan. Bunga ikkita sabab bor:
• mashg'ulot rejasini aslida kim tuzgani nomalumligicha qolardi – Kerrik va Makkennami yoki Sulsher bilan birgalikdami;
• odatda Makkenna tomon etirozlar yangrardi, balki bunga u futbolchi bo'lmagani sababdir.



"Ularning barchasi Mayklni hurmat qilishadi. Bu uning tasiri. U murabbiy, biroq shu bilan birga, o'yin tajribasiga ega va futbolchilar bilan bog'lik bo'lgan inson", — deb yozadi "The Athletic" nashri. Boshqa manba uni to'ldiradi: "Joze aynan Maykl orqali boshqa o'yinchilarga fikrini etkazishi mumkinligini tushinib etdi".

O'sha materialda "The Athletic" jurnalistlari Maykl Kerrikning asosiy sifatlari haqida takidlashgan: angliyalik mayda detallarga ham alohida etibor beradi, shuningdek, o'yinchilarga ham tasir o'tkaza oladi — xuddi otasi kabi quchoqlab, ko'zlariga qarab tushuntiradi.

Sulsher uning jamoasida jamoaviy yondashuv muhim ekanini bir necha bor takrorlagan: maydon chetida u ham, Makkenna ham, Kerrik ham bo'lishi mumkin. Biroq joriy mavsum Maykl bu ishni kamroq qildi va ko'proq vaqtini tahlilchilar bilan o'tkazdi.



Maykl o'zining batafsil tahlillari orqali barcha yarim himoyachilarning o'sishiga, sezilarli ravishda kuchayishiga erishdi (quyida misollar bor), lekin ular faqat o'zining futbolchilik poziciyasi bilan cheklanib qolmadi. Masalan, Aaron Uan-Bissakaning hujumkorlik mahorati bilan shug'ullandi.

• Lori Uituell (The Athletic) oktyabrda shunday degan: Kerrik va Makkenna qo'shimcha tarzda Maktomineyning intizomi va pas berishi ustida ishlashmoqda, sababi kelajakda undan yagona tayanch yarim himoyachi sifatida foydalanishmoqchi.
• Van de Bek sentyabrda: "Men Maykl bilan maydonda ko'p ishlayman va ko'p suhbatlashaman. Mashg'ulotdan so'ng, biz qo'shimcha mashg'ulotlar uchun qolamiz va undan bilmaganlarimni o'rganishim mumkinligi haqida o'ylayman. U — fantastik murabbiy".
• Andreas Pereyra 2019 yil bergan intervyusida: "Biz raqiblarimizni o'rganamiz: ularning taktikasi, zaif va kuchli tomonlari. Maykl Kerrik va Kiran Makkenna barcha narsani mayda detallarigacha o'rganib chiqishadi".
• Brunu klub podkastidan iqtibos: UTD podcast (2020 yil noyabr): "Mashg'ulotlardan birida Kerrik biz bilan o'ynashiga to'g'ri keldi, sababi bizga futbolchi etishmadi va birorta ham noaniq zarba bermadi. Men Fredning yoniga borib, shunday degim keldi: "Hoy, qanday o'ynayotganiga qara va sen ham xuddi shunday o'yna!" Lekin bu juda qo'pol eshitiladi deb hisobladim.

Men Maykldan ko'p narsani o'rganaman. Uni eshitishni yoqtiraman: Maykl ajoyib futbolchi bo'lgan, klub uchun ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan va bunday o'yinchilardan ko'p narsa o'rganish mumkin".

Ammo eng yorqin misollar — Pogba va Lukaku bilan ishlash.
• Pogbaning "MYU"dagi eng yaxshi o'yini ehtimol, 2018 yil aprelda "Siti"ga qarshi bahs bo'lgandir ("Yunayted" 3:2 hisobida g'alaba qozongan, Pol 2ta gol urgan). Mayklning javobi xotirjam va oqilona bo'lgan: "Men oddiy narsalar haqida gapirdim, u nimaga qodirligi va qaysi jihatdan yaxshiroq ekanini tushuntirishga urindim. Ikkita golni u urdi, shunday ekan bu mening emas, uning xizmati. Suhbatimiz shunday natija berganidan xursandman. Bu o'yinchilarga kichik narsalar ham tasir qilishiga yorqin isbot".

Pogba: "Kerrik juda katta tajribaga ega. U bilan bo'lgan suhbatlar menga katta yordam beradi. U menga to'psiz amalga oshiriladigan tezlashishlar o'yinlar taqdirini hal qilishi to'g'risida aytib berardi — men ularni Lempardning tezlanishlari deb atayman. Uning maslahatlari men uchun juda muhim".



• Lukaku 2018 yilning iyunida klub TVsida video-tahlil va epizodlarni ko'rish orqali raqiblariga qarshi tayyorgarlik ko'rishni unchalik ham muhim sanamaganini tan oldi. Kerrik bilan bo'lgan individual mashg'ulotlar bunga ishonch hosil qilishida sababchi bo'ldi.

Lukaku: "Maykl bilan bo'ladigan video - mashg'ulotlar haqiqatdan ham yordam beradi. Mayklning detallarga ham katta ahamiyat berishi men uchun foydali bo'lgan".



Kerrik shunchaki o'yinni yaxshiroq tushunishni o'rgatadi. Qizig'i, u bu ishlarni rasman murabbiylar shtabiga kirgunga qadar boshlab ulgurgan.

Mayklga malum bir jarayonni yo'lga qo'yishni topshirsangiz, u shoshmasdan, puxta tayyorgarlik ko'radi va sinalgan uslublardan foydalanishga harakat qiladi. Avval boshidan Maykl barchasi qadamma-qadam bajarilishini xohlaydi.

U o'zgacha zavq bilan boshqalarga yordam beradi. Jamoada ishlashni xush ko'radi. Maykl qaror chiqarishda o'ta ehtiyotkor. U mavjud imkoniyatidan maksimal darajada foydalanishga, masalani turli rakurslardan o'rganishga urinadi. SHu bilan birga, u ehtimoliy syurprizlarni ham unutmaslikka harakat qiladi".

Qahramonimizga qisqacha tarif bershida Ander Erreraning so'zlaridan foydalansak bo'ladi – xotirjamligi bilan Maykl hattoki, qoni qaynoq baskni ham tinchlantirib qo'yadi: "U xursandchilikda ham, qiyin vaziyatlarda ham teran fikrlaydi va istalgan paytda jamoaga to'g'ri maslahat bera oladi".

Bosh murabbiy Maykl Kerrik usuli haqida hozircha faqatgina taxmin qilish mumkin, lekin bir muhim iqtibos bor. Agar Kerrik taktika haqida gapirgan bo'lsa ham, bu ishni faqatgina murabbiylar shtabi nomidan qilgan – shu sababli gaplar "biz"dan boshlanadi va umumiy fikrni izohlaydi.



Murabbiy Kerrik haqida u qadar ko'p narsa bilmasak-da, unga qanday futbol yoqishini bilamiz:

"O'yinlarni tomosha qilarkanman men doim hujum uchun bo'sh zonalarga etibor qarataman. Darvozabon orqali hujumlarni boshlash, bo'sh hudud topishni va hujum uyushtirishga etibor qarataman. SHuningdek, men biz raqibga maydonning istalgan nuqtasida muammo tug'dirishimiz mumkinligini takidlayman.

Aslida bu fikr miyamda birinchi bo'lib paydo bo'ladi, mening instinktim bunga turtki beradi. Aynan shu fikr bilan men o'yinni tomosha qilaman: raqib qanday sxemadan foydalanyapti va uning kuchli hamda kuchsiz jihatlari".

***

"Vilyarreal" bilan o'yindan oldingi matbuot-anjumanida Kerrikga: "Siz "Manchester Yunayted"ning to'laqonli bosh murabbiyi bo'lishni istaysizmi?", — deb savol berishdi. Maykl agar ishi bitta ish bilan cheklansa ham, yordam berishga tayyor ekanini aytdi.

Lekin 2018 yil sentyabrida boshqacharoq javob bergandi: "Qachondir "MYU" bosh murabbiyi bo'lishni istaymanmi? Bunga javob bera olmayman. Men endigina murabbiylik faoliyatimni boshladim, noldan. Men bosh murabbiy bo'lishni istayman, lekin "Ha, aniq bo'laman" deydigan darajada bu sohani hali to'liq tushunib ulgurmadim. Men bunga loyiq bo'lishim kerak. Yaxshi futbolchi avtomatik ravishda yaxshi murabbiy bo'lib qolmaydi. Buni bilaman. Ammo bunga erishish uchun bor kuchim bilan harakat qilaman".

Maykl hech bo'lmaganda, o'zini sinab ko'rishga arziydi.

Eslatib o'tamiz, bugun Toshkent vaqti bilan 21:30da "CHelsi" - "Manchester Yunayted" uchrashuviga start beriladi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика