So’nggi yangiliklar

04:48Париж-2024. Ўзбекистон гуруҳ босқичида барча жамоалар ичида қандай кўрсаткичлар қайд этди?   7 00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  11 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8

Mutolaa uchun. Aleksandr Mostovoy, "SHoh" laqabli" (davomi) Yangiliklar

Mutolaa uchun. Aleksandr Mostovoy, "SHoh" laqabli" (davomi)

Saytimizda berib borilayotgan rossiyalik mashhur sobiq futbolchi Aleksandr Mostovoyning "SHoh" laqabli" avtobiografik kitobidan parchalar berishda davom etamiz.

Ruschadan Xayrulla Xoliqov tarjimasi

O'n ikki yoshga to'lganimda hayotimda o'zgarishlar boshlandi. Otam meni CSKA futbol maktabiga berish uchun bir murabbiy bilan gaplashib qo'ygan ekan. Ko'rikdan o'tish uchun kelganimda bir-ikkita mashg'ulotdan so'ng murabbiy bolakay, qolaqol dedi. SHunday qilib CSKAda qoldim.

Boshida juda qiynalganman. Uydan to CSKA manejigacha ikki yarim soatlik yo'l edi. Maktabdan uyga kelaman, kiyimlarimni tezda almashtirib darhol avtobus bekatiga yuguraman. Avstobusdan tushib to'g'ri vokzal tomon chopaman. Elektrichkaga minib Savelovskiy bekati tomon olg'a. Vokzaldan chiqib hovliqqancha endi trolleybusga ilashib olaman. Mashg'ulotga kech qolmay deb shoshib kelaman. Mashg'ulotdan so'ng uyga qaytishga yanayam ko'p vaqt ketadi. Uyga har kuni kechasi o'n birlarga yaqin kirib boraman. Ertalab vaqtli turib maktabga borishga to'g'ri kelar, men esa juda toliqardim. Bazida mashg'ulotni o'tkazib yuborishga majbur bo'lganman, faqat o'yinga borardim, boshqachasiga ilojim yo'q edi.

Mashg'ulotlar oson o'tmasdi. Men tuman jamoasida o'ynab o'zimni eng zo'ri menman deb yurgan ekanman, CSKAga kelib hamma qatori oddiy o'yinchi bo'lib qoldim. Ko'pincha jismoniy tomonlama yutqazib qo'yardim. SHundan keyin men hujumdan yarim himoyaga qo'ya boshlashdi. Eng qizig'i, avval CSKA futbol maktabida o'qib, undan keyin “Spartak”da o'ynagan bo'lsam-da, aslida “Dinamo” Kievga qiziqardim. Bolalarda biror jamoaga muxlislik qilish yoshlikdan shakllanadi. Bir gal hatto maktabimizga miliciyadan odamlar kelib kim qaysi jamoaga muxlislik qilishini yozib ketgandi.

O'n olti yoshda maktabni tugatdim va endi buyog'iga tanlov qilishim kerak edi. Armiyagacha hali ikki yil bor, bu orada nima qilaman? Maktabdagi to'rtta o'rtog'im bilan kelishib, Jismoniy tarbiya institutiga imtihon topshirioqchi bo'ldik. Lekin imtihonga oz qolganda bizni qandaydir turnirga olib ketishdi va men imtihonga bora olmadim.

Keyinroq bilsam imtihon topshirgan boshqa o'rtoqlarim yiqilgan ekan. Endi nima qilamiz? Yana to'rttovlon yig'ilib maslahat qildik: texnikumga urinib ko'ramiz. Hartugul o'xshab qoldi, garchi menga yoqmasa ham biz fizika yo'nalishi bo'yicha o'qishga kirdik. Axir boshqa ilojimiz yo'q edi. Bekor yurgandan ko'ra o'qigan yaxshi, qolaversa, texnikum uyimizdan uncha uzoqmasdi.

Bu orada hamon CSKAga qatnab turar, biroq bu erda kelajagimni ko'rmayotgandek edim. CSKA birinchi ligaga tushib ketgach, jamoaning o'rinbosarlar tarkibi tarqatib yuborildi. Asosiy tarkibda bir yo ikki bolani olib qolishdi. Qolganlar esa bekorchi. Men Moskva shahar terma jamoasida o'ynardim, biroq CSKAdagilar menga etibor berishmasdi. Asosiy tarkibda mendan ikki-uch yosh kattalar o'ynardi va ular orasida menga non yo'q edi.

Ana shunda turli taxminlarga bora boshladim. Futbol o'ynab keta olamanmi, endi nima bo'larkin... Kelajagim tumanda qolgandek xira edi. Xayriyat, bu uzoq davom etmadi. Kunlarning birida men bilan birga shug'ullanadigan bolalardan biri qo'ng'iroq qilib, ertaga mashg'ulotga kel, murabbiy sen bilan gaplashmoqchi dedi.

Nima gap ekan deb qiziqib bordim. Murabbiyimiz Evgeniy Nikolaev gapni cho'zib o'tirmadi: “Sasha, bitta variant bor, ikkinchi ligadagi “Krasnaya Presnya”ga borasanmi? U erda hozir Oleg Romancev bosh murabbiy bo'lib ishlayapti. Bilsang kerak, u yaqin-yaqingacha “Spartak” sardori edi. Xo'sh, nima deysan?”

Buni eshiting og'zim lang ochilib qoldi. U mendan borish-bormasligimni so'rayaptimi, albatta boraman. Bo'lmasam-chi! SHunday hayajonda edimki, meni go'yo “Milan” chaqirgandek edi. Axir u erda kimsan Oleg Romancev ishlayapti, bormay bo'ladimi! Ertasi kun narsalarimni yig'ishtirdim-u, to'g'ri “Krasnaya Presnya”ga yo'l oldim. Meni endi katta futbol kutayotgandi.

OTA-ONASI MOSTOVOY HAQIDA

Otasi Lyudmila Vasilevna: - “Sasha otasidan o'rnak olib yoshligidan futbolga qiziqdi. Hech kim uni to'p tepasan deb majburlamagan. Menimcha, bu qondan qonga o'tgan bo'lsa kerak. Axir otasi ham o'z paytida futbol o'ynagan-da. O'g'limning bolaligida eng yoqtirgan o'yinchog'i ham futbol to'pi edi”.

Otasi Vladimir Yakovlevich: - “Sasha hali aqli kirib ulgurmasdanoq to'p bilan oshno tutindi. Unga to'pni tepsang, u albatta javob qaytarishga harakat qilardi. CHunki bu unga yoqardi. Sasha bolaligidan yutqazishni xohlamagan. Jamoasi bilan yutqazib qo'ysa bazan yig'lar, alamini sheriklaridan olishga harakat qilar, kimni ko'rib qolsa “To'pni nega oshirmading?” deya baqirardi”.

“1981 yil Sasha o'n ikki yoshga to'lganida men uni CSKA futbol maktabiga olib bordim. O'shanda uni “armiyachilar” sobiq futbolchisi Aleksey Grinin ko'rikdan o'tkazgan. Ko'rikka endi kelganlar dastlab to'p bilan qanday muomala qilishni ko'rsatishdi, keyin bir-birlarini aldashga harakat qilishdi, oxirida esa bolalar ikkiga bo'linib futbol o'ynashdi. SHunday qilib Sasha o'ynagan guruhdan o'g'lim bilan yana ikki bolani olib qolishdi. CSKAni tanlaganimiz sababi bizga juda qulayligida edi”.

Onasi Lyudmila Vasilevna: - “O'g'lim maktabda o'rtacha o'qigan. Unda "ikki" bo'lmagan, asosan "uch-to'rt". Bazan besh baho ham olib kelardi”.

Otasi Vladimir Yakovlevich: - “Ota-onalar majlisiga borganimda o'qituvchilari aytardi: “O'g'lingiz o'ziga xos xarakterga ega. Bazan dangasalik qiladi, bazan hammani eshitadi. Agar ko'proq harakat qilsa, yanada yaxshi o'qishi mumkin”. Sashaga etiroz deyarli yo'q edi, uning futbolni qanchalik yaxshi ko'rishini maktabdagilar bilardi”.

Onasi Lyudmila Vasilevna: - “Men hech qachon o'g'lim murakkab bola bo'lgan deya olmayman. U bilan aslo muammolar bo'lmagan. O'g'lim judayam ko'ngilchan, mehribon edi. Hammaga yordamga oshiqardi. U mustaqil hayotga yoshligidan o'rgandi. Biz unga uni qilma, buni qil, u yoqqa borma, bu yoqqa bor deb aql o'rgatmaganmiz. O'zi hammasini juda yaxshi tushunardi. To'g'ri, ko'chada o'yinqaroq edi, hatto janjallashib ham kelardi, lekin uyda ancha jiddiy edi. Men o'g'limni qattiq jazolaganimni eslay olmayman”.

Otasi Vladimir Yakovlevich: - “O'g'limning futbolni tanlashi juda qiziq bo'lgan. CSKA ko'rigidan o'tish uchun yo'lda ketayotganimizda o'zim bilan ham keda, ham konki ovoldim. CHunki futbolmi yo xokkeymi - Sasha hali bir qarorga kelib ulgurmagandi. Keyin men so'radim: “Xo'sh, o'g'lim, tanlashing kerak, xokkeymi yo futbolmi?”. Sumgaka qo'limni solib o'ng qo'limga konki, chap qo'limni kedani oldim. Xuddi tarozi pallasiga o'xshatib qo'llarimni past-baland ko'tardim: bo'l, tez aniqla. Sasha biroz termulib turdi, keyin chuqur nafas olib shunday dedi: “Mayli, dada, futbol bo'la qolsin”.

Onasi Lyudmila Vasilevna: - “O'g'lim uchun futbol hamma narsa edi. Lekin bundan sira afsusda emasmiz. Biz uchun muhimi, farzandimizning nima bilandir ovora bo'lishi edi. Uning podezdma podezd bekor yurishini xohlamasdik”.

Otasi Vladimir Yakovlevich: - “Sashada bo'sh vaqt juda kam edi. Maktabdan kelishi bilanoq kiyimlarini almashtirib mashg'ulotga chopar, kechasi qaytib dars qilar va uxlashga yotardi. Ertalab yana maktabga. Xullas har kuni shunday o'tgan. Uning ko'chada bekorchilikdan sang'ib yurganini ko'rmaganman. Sigaretni esa umuman qo'liga ushlagan emas. CHunki o'zim ham chekmasdim, otam ham chekmagan".

"O'g'limga CSKAda juda qiyin bo'lgan deya olaman. Men unga doim kamchiliklarini aytardim. “Armiyachilar” murabbiylari Sashada tezlik yuqori emasligidan nolirdi. Men ham o'g'limda boshlang'ich tezlik yaxshi emasligini avvaldan bilganman. Buning uchun alohida mashqlar bergandim. Sashaning tezlik o'rniga texnikasi kuchli bo'lib maydonni ham yaxshi ko'rardi. Oxiri murabbiyiga aytdim: - "Bir narsani tushuning, bir paytning o'zida ham tezkor, ham texnar, ham aniq pas berish oson emas. Axir hammayam Pele yoki Maradona bo'lavermaydi. Har bir futbolchining o'z kamchilik va ustun jihatlari bor".

Agar o'g'lim tezkor bo'lganida o'zi uchun o'ynashni boshlardi. Masalan, men tez yugurardim, Sashada esa maydonni ko'rish qobiliyati kuchli, keyin aldash va to'p uzatishi joyida edi. U bilan o'ynash doim yoqimli bo'lgan. Hozir bizda shunaqa futbolchilar kamayib ketdi. Sasha qanday qilib hammasiga erishgan dersiz. Birinchidan, futbol o'ynash mening qonimdan o'tgan, axir o'zim ham to'p tepganman-da.  Ikkinchidan xarakter va etibor. Uchinchidan, tinimsiz mehnat. U mehnatdan aslo qochmasdi. O'g'lim nihoyatda tirishqoq edi, qolaversa, murabbiylari Romancev, Beskov kabilarning gapini hech qachon ikki qilmagan”.

UCHINCHI BO'LIM. “PRESNYA” OILASI

Xonamga kirib karavotga o'zimni otdim-u, og'riq azobidan ancha payt qimir etmay yotdim. Hatto chiroqni o'chirishga qo'limni ko'tara olmasdim. Bir zum xayoldan o'tkazdim, ertaga yana shu holat takrorlanadi.

SHaxsan Oleg Romancevning qo'liga tushishim omadim kelgani bo'ldi. Agar o'n olti yoshimda asosiy etiborni futbolchilarning jismoniy tayyorgarligiga qaratadigan Lobanovskiy yoki boshqa murabbiyga tushib qolganimda bormi, kim biladi deysiz, mendan qanday o'yinchi chiqardi. Balki hammasiga qo'l siltab futbolni tashlab ketgan bo'larmidim.

Jismoniy holat hech qachon mening kuchli tomonim bo'lgan emas. Mashg'ulotlarda ko'p yugurishni xohlamasdim. CHunki buni foydasiz deb o'ylardim. To'p bilan ishlash esa bundan mustasno. Texnik tomonlama menda hammasi joyida edi. Ehtimol, shuning uchundir “Presnya” jamoasiga tezda kirishib ketdim. Men Romancevning futbolchisiga aylandim-qoldim.

Menga “Presnya”da etibor ko'proq texnik futbolga qaratilishi, to'p bilan ishlash va to'g'ri pas berish birinchi o'ringa qo'yilishi yoqardi. “Hammadan ham o'z jamoadoshlaringni hurmat qilishing kerak, - derdi Romancev. - To'pni iloji boricha qulay tarzda oshirishing va zahoti ochilishga harakat qilishing lozim. O'yin tezligi doim ham yugurish tezligiga bog'liq bo'lavermaydi. Bir narsani yodda tut: hech bir futbolchi to'pdan tez yugura olmaydi”.

Keyinchalik Beskov qo'l ostida ham xuddi shunday mashg'ulot tarziga duch keldim. Axir ularning maktabi bir edi-da. “Presnya”dagi birinchi mashg'ulot hamon yodimda. Bu 1985 yilning dekabrida bo'lgandi. Stadionga kelib qaerga borishni bilmay anqayib turganimda oldimga mahalliy administrator kelib so'radi:

- Hoy bola, sen kimsan? Nima qilyapsan bu erda?
- Menga shu erga kelishimni aytishdi.
- Familiyang nima?
- Mostovoy.
- Unday bo'lsa, bor kiyinish xonasiga kir. Hozir murabbiy kelib hammasini tushuntiradi. 

Ichkariga kirib bir burchakka o'tirdim. Kiyim almashtirish kerak, lekin menda tuzuk forma ham yo'q edi. Birozdan so'ng birin-ketin boshqa bolalar kirib kela boshladi. Kimdir men bilan so'rashdi, kimdir indamay o'tib ketdi. Oxirida Oleg Romancev kirdi. Hamma bilan tezda ko'rishib olgach, qani mashg'ulotga ketdik dedi.

Maydonga chiqqanimizda Romancev hammani bir qator tizib qo'yib ikki jamoaga bo'ldi va biz qorda futbol o'ynadik. Mashg'ulot yakunida jamoa boshlig'i Valeriy Vladimirovich Jilyaev kelib yaxshi o'ynading, chakki emas, ertaga yana kel deb qo'ydi.

SHunday qilib “Presnya”dagi kunlar boshlandi. Bu haqiqiy ertakka o'xshardi. Kunlarning birida mashg'ulotimizni ko'rgani Romancevning ikki o'rtog'i - Dasaev bilan Xidiyatullin kelishdi. Men ularni ko'rib hayratdan lol qolgandim. Axir ular yulduz-ku!

Oradan bir hafta o'tib men va CSKAdan kelgan sherigim Dima Gardilenko ikkalamizga sizlar shu jamoada qolasizlar deyishdi. O'shanda quvonchdan portlab ketay degandim. Bizga hatto oylik maosh beriladigan bo'ldi: oyiga 60 rubldan. Mening birinchi maoshim. Puldan bir qismini o'zimga yo'lkira va mayda-chuydaga olib qolib, qolganini oyimga berdim.

“Presnya” safida Moskvada bir hafta shug'ullangach, keyin yig'in o'tkazish uchun Alushtaga yo'l oldik. Ana o'sha erda men haqiqiy mashg'ulot nimaligini ko'rdim. Kuniga uch mahal mashg'ulot! Men bungacha bolalar bilan ko'cha changitib to'p tepib yurgan emasmi, birdaniga bunday muhitga tushib qolganimdan mashg'ulot zo'ridan dod devorgim kelardi.

Ertalab badantarbiya bilan boshlanadi, tush payti kross yuguramiz, kechqurun esa maydonga chiqib to'p tepamiz. Bu yig'inga qanday chidaganimni haliyam tushuntirib bera olmayman. Kechki mashg'ulotdan keyin xonamga kirib karavotga o'zimni tashlardim-u, charchoq va og'riq azobidan ancha payt qimir etmay yotardim. Hatto chiroqni o'chirishga qo'lim bormasdi. Tasavvur qilyapsizmi, ertagayam shu holat takrorlanadi. Undan keyin yana. Lekin hammasiga chidadim. Yosh emasmanmi, organizm tezda tiklana oladi. SHaxsan Oleg Romancevning qo'llab-quvvatlashi menga yanada kuch bag'ishlardi. U meni ko'proq ishlashga undash uchun doim kerakli gapni aytardi: “Hechqisi yo'q, Sasha, hali hammasi o'tib ketadi”.

Davomi bor...

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика