So’nggi yangiliklar

01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  14

Mutolaa uchun. 2006 yili Moyes Runini sudga berib, unda g'alabaga erishgandi Yangiliklar

Mutolaa uchun. 2006 yili Moyes Runini sudga berib, unda g'alabaga erishgandi

O'z xatosini tan olish haqidagi kichik tarix.

Angliya futbolida ilk marta murabbiy sobiq futbolchisini sudga berdi. SHundan keyin ham ikki tomon o'rtasidagi munosabatlar iliqligicha qoldi va hatto vaqtlar o'tib, yana birga ishlashga ham ulgurishdi.

Hamkorlik

2002 yilning mart oyi, Moyes "Everton" bosh murabbiyligiga keldi. Bo'lajak yulduz 16 yoshli Runi "irislar" bilan shartnoma imzoladi. Futbolchining oilasidagilari ushbu klubga muxlislik qilardi. Runi ham "ko'klar"ning ashaddiy muxlisi va shotlandiyalik hujumchi Dankan Fergyusonning personal ishqibozi bo'lgan. Murabbiy futbolchini asosiy jamoaga o'rgatishni boshladi. Yozda u "Tottenxem"ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi.

2003 yilning yanvar oyi, Runi "Everton" bilan ilk professional shartnoma imzoladi va o'sha paytda eng ko'p maosh oladigan yosh futbolchiga aylandi (haftasiga 13 ming funt).

2004 yilning may oyi, "irislar" mavsumni 17-o'rinda yakunlashdi, Ueyn 40 o'yinda 9 gol urdi. Ha, zo'r natija emas, ammo yosh futbolchi uchun yomon ham emas.

2004 yilning iyun oyi, Evropa chempionatida Angliya 1/4 finalda Portugaliyaga yutqazib qo'ydi, turnirda Runi 4 gol bilan to'purarlar ro'yxatidan o'rin oldi. Endi uning atrofida jamoadan ketishi borasidagi gaplar urchiy boshladi. "Everton" ham o'z navbatida yosh futbolchisini 50 mln funtdan kamiga sotib yubormoqchi emasdi. SHuningdek, Runiga yangi shartnoma taklif qilinib, unga haftasiga 50 ming funt maosh berishmoqchi bo'lishdi. Runi esa klubdan ketish tashabbusini ko'rsatayotgandi.

2004 yilning avgust oyi, transferlar oynasi yopilishiga bir necha soat qolganida Ueyn 27 mln funt evaziga "Gudison Park"ni "Old Trafford"ga o'zgartirdi. Tomonlar qisqa vaqt ichida kelishuvga erishishdi, oradan yillar o'tib, bu transfer esa APL tarixida eng muhimi bo'lib qoldi.

"Irislar" muxlislari biroz xafa bo'lishdi. Liverpul ko'chalarida esa shunday yozuvlar paydo bo'ldi: "Ueyn, sen biz uchun Hudo bo'lishing mumkin edi, ammo "iblis" bo'lishni o'zing tanlading".

2005 yilning may oyi, "Manchester Yunayted" turnir jadvalida 3-o'rinni egalladi. Mavsum davomida Ueyn ECHLdagi debyutida xet-trik qayd etdi. SHundan keyin u barcha turnirlarda 17 gol urib, jamoaning to'purariga aylandi.

O'sha mavsumda "Everton" ham ECHL yo'llanmasini beradigan 4-o'rinni egalladi. Moyes esa yilning eng yaxshi murabbiyiga aylandi.

Janjal

2006 yilning iyul oyi, Runi "Wayne Rooney - My Story So Far" nomli avtobiografiyasini taqdim qildi. Kitobda yozilishicha, Runi "Everton"dan ketish istagi borligini Moyesga murabbiy "tungi kapalaklar"ga borganidan keyin paydo bo'lganini aytgan ekan. Mutaxassis ham bu boradagi suhbatni "Liverpool Echo" nashriga taqdim qildi va bu ertasi kuni gazetalarga chiqib ketdi.

Avtobiografiyaga etibor bersak, shundan keyin voqealar rivoji biroz yomon tus ola boshlagan. Runi va uning rafiqasi ularning shaxsiy hayotlari OAVda haddan tashqari faol tarzda yoritilishidan aziyat chekishgan. Ueyn o'z kitobida shotlandiyalik mutaxassisni "ahmoq, ishonib bo'lmaydigan shaxs" deb etirof etgan.

2006 yilning sentyabr oyi, Moyes Runini, yozuvchi Xanter Devis va ishlab chiqaruvchi "HarperCollins"ni sudga berdi. Murabbiy sobiq futbolchisini tuhmatchi deb atadi va kitobdagi ayrim jumlalar uning shaxsiy va professional hayot yo'liga katta zarba berganini aytdi. Umuman olganda bu uning hissiyotlariga tasir qildi va "ruhiy qiynalishni boshladi". SHuningdek, shahzodaga o'xshatilgani va va bu yorug' olamdagi barcha narsani nazorat qilishni istagani, shuningdek, 2004 yili futbolchining "Manchester Yunayted"ga o'tishiga tasir o'tkazgani borasidagi gaplar ham murabbiyga yoqmadi. Devid taxminan 300 ming funt evaziga futbolchini sudga berdi.

2008 yilning iyun oyi, suddagi holat. Yig'ilishda shotlandiyalikning advokati Edvard Parladorio shunday dedi: "Janob Moyes ushbu maqolada bevosita ham bilvosita ham manba bo'lmagan. Uning tomonidan hech qanday ishonchni suiistemol qiladigan yoki sotqinlik holati kuzatilmagan".

"Baxtni qarangki, janob Runi, janob Devis va "HarperCollins Publishing Limited" ham o'z xatosini tan olishi uchun advokatlari bilan kelishgan. Ular xalq oldida o'z so'zlarini qaytib olib, kechirim so'rashlari kerak".

"Ayblanuvchilar janob Moyesga ko'rsatilgan kompensaciya pulini to'lab, uning yuridik xarajatlarini yopishga rozi bo'lishdi"

Hujumchining advokati Sara Tulan ham ayrim faktlarni qo'shib ketdi: "Barcha aybimizni tan olamiz, futbolchining yozgan gaplari asossiz va isbotsiz keltirilgan. SHu sababli murabbiyni noqulay holatga tushirib qo'yganimiz uchun uzr so'raymiz".

Murabbiyning o'zi ham bu borada shunday dedi: "Meni yaxshi biladigan barcha, umid qilamanki, mening insoniylik g'ururim borasidagi fikrlarini o'zgartirishmagan. Men biroz xafa bo'ldim va bu yozilgan barcha gaplar bo'hton va haqiqatga mos kelmasligini barcha bilishi kerakligini istadim. Men yozilgan gaplar uchun kechirimni qabul qilib olishga qattiq intildim".

"Bu sudda g'olib bo'lishdan maqsad pul orttirib olish emas, yutilgan summani "Everton"ning sobiq futbolchilari fondiga o'tkazib yuboraman. O'tgan barcha ishlarni unutamiz va Ueynga, uning oilasiga eng yaxshi tilaklarni tilayman".

Sudning narxi 300 ming funtni tashkil qilgan va bu keyinchalik qanoatlantirilgan, Devid esa vada qilganidek, pulni fondlarga o'tkazib yubordi.

SHu orqali APL tarixida ilk marta yuqori darajali murabbiy o'zining sobiq futbolchisini sudga berdi.

Xafagarchaliklar o'tib ketdi

Moyes Runini sudga bergan bo'lsa-da, kelajakda murabbiy bir necha bora futbolchining iqtidori haqida gapirdi. Hujumchining APL o'yinlaridagi yorqin harakatlari, o'rtadagi ajoyib hamkorliklar borasida ko'p suhbatlar bo'ldi, undan tashqari futbolchini yana "Everton"ga qaytishini ham istadi.

2012 yilning oktyabr oyi, shotlandiyalik mutaxassis "The Guardian" nashriga bergan intervyusida "katta nomning yaralishi"da bergan yordami uchun Ueynga katta tashakkur bildirdi.

Devid: "Everton"ga o'tganimda Ueyn ham men bilan birga shu erga kelgani uchun undan doimo minnatdorman. Uni jamoaga moslashtira oldim va barcha matbuot hamda xalq Runini Angliyaning eng yaxshilaridan biri, balki, eng zo'r futbolchisi deb etirof eta boshladi. Bu ham mening "Everton"dagi statusimga katta tasir o'tkazdi, shuningdek, klubga bo'lgan etiborni oshirdi", - deb tan oldi.

"Uning rivojlanish yo'lini tomosha qilish qiziqarli bo'lgan. Ko'pchilik odamlar, Moyes Runini nazorat qila olmaydi deb hisoblagandi. SHu boisdan unga "Manchester Yunayted"dagi Fergyusonning oldiga borgani maqul edi. Biroq Ser Aleksda Runi bilan muammolar bo'lishi mumkin deb o'ylagandim".

Yo'llar yana kesishdi

2013 yilning may oyi, MYU matbuotga Runining ketish istagi borligini aytdi. Rahbariyat ham futbolchini transferga qo'yishni istamayapti. OAV va muxlislar tomonidan Runining yomon jismoniy holati sababli Fergyuson bilan munozaralar bo'layotgani haqida gaplar tarqadi.  O'sha vaqtda ser Aleks MYUdan ketishini elon qildi, uning o'rniga Moyes keldi.

2013 yilning sentyabr oyi, - Ueyn yana bir bor Devidning futbolchisiga aylandi. "Moyes qo'l ostida shug'ullanish men uchun qulay. U "Everton" sharafini birga himoya qilayotganimizdagi mashg'ulotlarni yanada jozibali qilgan. Endi bu yanada qiziqarliroq bo'lgan va menga juda ham yoqdi. U jamoani boshqarishga loyiq juda yaxshi, katta tajribaga ega mutaxassis", - dedi Runi.

SHuningdek, Runi yangi murabbiylar kelishi unga yangi hayot taqdim qilganini ham takidladi - Moyes Runini sevimli nuqtasi markaziy hujumchi poziciyasiga qaytardi.

2014 yilning mart oyi, "Manchester Yunayted" ECHL 1/8 finali javob o'yinida "Olimpiakos"ni mag'lub etdi. Hujumchi ushbu g'alabani muxlislari va bosh murabbiyiga atadi.

2014 yilning aprel oyi, xayrlashuv. Devidning "qizil iblislar" libosidagi faoliyati qisqa bo'ldi. "Everton"ga qarshi o'yinda uchralgan mag'lubiyatdan keyin murabbiy istefoga chiqarildi. Bu esa mankunianliklarning kelasi mavsum ECHLda o'ynash imkoniyatidan mahrum qildi.

Moyesning ketganidan keyin Runi murabbiyini birgalikda o'tkazgan faoliyati uchun tashakkur bildirdi. Qayd etilishicha, aynan Moyes hujumchining jamoadan ketish istagini so'ndirgan va klub bilan shartnomasini uzaytirishiga muvaffaq bo'lgan.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика