Mutko Rossiya terma jamoasini tarqatib yubordi

Narzulla Saydullayev
18 iyul 2016, 08:40
Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko mamlakat milliy terma jamoasi tarqatib yuborilganini ma'lum qildi.
Bunga Rossiya terma jamoasining Evro-2016 bahslaridagi o'ta omadsiz ishtiroki hamda jamoa a'zolari Aleksandr Kokorin va Pavel Mamaevning Monte-Karlodagi tungi barlarning birida o'tkazgan ko'ngilxushligi sabab bo'lgan.  

– Terma jamoa yo'q, uni tarqatib yubordik, – deya Rossiya sport vazirining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda life.ru.

Eslatib o'tamiz, Leonid Sluckiy iste'foga chiqarilganidan so'ng ayni paytda yangi murabbiyni ishga taklif qilish borasida muzokaralar olib borilmoqda. Yangi murabbiylar shtabi tasdiqlanganidan so'ng yangi terma jamoa shakllantiriladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: life.ru