So’nggi yangiliklar

00:45Гвардиола Алонсо ҳақида: "Реал" ва "Барса"га мураббийлик қилиш – энг қийини. Хаби бу вазиятдан чиқиб кетишга қодир"  1 00:45ЕЧЛ. "Бавария" ўз уйида "Спортинг"ни мағлубиятга учратди  2 00:12ЕЧЛ. "Интер" – "Ливерпуль" (онлайн ҳисоб)  8 00:04ЕЧЛ. "Барселона" – "Айнтрахт" (онлайн ҳисоб)  7 23:33Салоҳ "Ливерпул"ни тарк этса, қайси клубларга бориши мумкинлиги маълум бўлди  3 23:12Суперкомпьютер "Арсенал"ни Чемпионлар лигасининг бош фаворити сифатида кўрсатди  8 22:31ЕЧЛ. "Қайрат" "Олимпиакос"га ютқазди  0 22:12Лукаку қайтди: олдинда Суперкубок ўйини бор  1 21:53Наҳотки?! "Арсенал" Жезусни қайдномага киритди  4 21:32Слот кетса ўрнига ким асосий даъвогар?  12 21:10Эрон. Остон Ўруновнинг ягона голи "Персеполис"га ғалаба келтирди  2 20:58"Ливерпуль" собиқ ҳимоячиси Ловрен Салоҳнинг ёнини олди  1 20:30"Манчестер Сити"нинг "Реал" билан ўйин учун 21 кишилик таркиби эълон қилинди  5 20:03Эрон чемпионати. "Трактор" "Зоб Оҳан" билан дуранг ўйнади, Ҳамробеков бир бўлим ҳаракат қилди  1 19:41"Хоразм" футзал клуби ташкил этилди  5

Mutaxassis nigohi - "Futbolni aldab bo'lmaydi, kam byudjet bilan ham yaxshi jamoa qilish mumkin" Yangiliklar

Mutaxassis nigohi - "Futbolni aldab bo'lmaydi, kam byudjet bilan ham yaxshi jamoa qilish mumkin"

Superliganing 25-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - OKMK bahsi qiziqarli o'tishi kutilgan, ko'pchilikning etiborini o'ziga jalb qilgandi

Buni tribunada o'tirgan bir qator taniqli shaxslardan ham payqash qiyin emasdi. Biz esa o'yindagi tanaffusdan foydalanib "Bunyodkor", "Andijon" jamoalari boshqaruvida faoliyat olib borgan Ulug'bek Mirzaevning mavsum haqidagi fikrlari bilan qiziqdik. 


- Yakuniga etib borayotgan mavsum qanday taassurot qoldiryapti?

- Mavsum o'tyapti emas, qanday o'tdi desak to'g'ri bo'ladi. Musobaqani o'tkazuvchi rasmiy tashkilot O'zPFL yil ramziy terma jamoasini elon qilib yubordi. Biz ham bemalol mavsum yakunlandi desak maqsadga muvofiq keladi. CHempionatimiz kuchli raqobat yoki oliy darajada o'tdi deya olmayman. Lekin bir nechta jamoalarimizning deylik "Paxtakor"ning kuchsizlanganligi, "Navbahor" va "Neftchi"ning mavsum boshidagi kutilgan natijani bera olmaganligi yoki "So'g'diyona" bilan OKMKning bashoratlardan ko'ra muvaffaqiyatliroq ishtirok etishayotgani ikkinchi o'ringa bo'lgan kurashni qizitib yubordi.

- "Nasaf" jamoasining chempionligi haqida fikringiz...

-  "Nasaf" jamoasi biz sanab o'tgan klublarning yo'q joydan ochko yo'qotishidan foydalanib qoldi. "Navbahor" "Qizilqum" bilan o'z maydonida durang o'ynab qo'ydi, "Surxon" bilan ochko yo'qotdi. "Neftchi"ning ketma-ket duranglari ko'p bo'ldi. "Paxtakor"ning tarkibi yoshardi, avlodlar almashinuvini boshidan kechiryapti. Mavsum boshida "Nasaf", "Navbahor", "Neftchi" chempionlik uchun kurashishi kutilgandi. "Nasaf" bu erda barqaror harakat qildi. SHuni evaziga musobaqa yakunlanishiga 3 tur qolganda chempionlikni tantana qildi. Bu bilan klub rahbarlari, murabbiylarini tabriklayman. 

- Jon saqlash yo'lidagi jamoalar qaerda xatoga yo'l qo'yishdi?

- Pastdagi jamoalarga nazar tashlaydigan bo'lsak, "Metallurg" oxirgi o'rindan oldinga siljiy olmadi. "Bunyodkor", "Lokomotiv" jamoalarining ham bunday ishtiroki achinarli holat. Bunday moddiy-texnik bazaga ega bo'la turib muvaffaqiyatsiz qatnashish yoqimsiz albatta. "Lokomotiv" Pro ligada o'ynab saboq chiqara olishmagani ko'rindi. Tarkib yig'ishdagi xatolar, murabbiylar amashinuvi "Bunyodkor"da ham yuz berdi. Mavsum boshidan buyon Bubalo, G'ofurov, Arslanov ishlagan bo'lsa, "Lokomotiv"da Stoymirovich, Nazarov, Krestinin, Kolosovskiy yoki Babayan kim bosh murabbiyligini ham aniq bilmaysiz. Futbolni aldab bo'lmaydi. Futboldagi tartibsiz ish ko'rish natijalarga o'z tasirini o'tkazadi. 

- Superliga klublariga qanday taklif bergan bo'lardingiz?

- "Dinamo"ni yaxshi qatnashdi deyish mumkin. "Andijon"ning kubok g'olibi sifatida OCHLga chiqqanligi xursand qildi. Qolgan jamoalar o'z joylarida. Yuqorida tartibsizlik haqida gapirib o'tdik. Farg'onaning "Neftchi" jamoasi qancha yuqori saviyali o'yinchilarni olib kelib tarkibni kuchaytirishmasin, qarzdorliklar, yangi o'yinchi kelayotganidan bosh murabbiyning xabari yo'qligi, yani har kim o'z ishini qilmayapti. Klublarimiz shu kabi tartibsizliklarni bartaraf etishlarini tilab qolardim. Taklif sifatida aytardim har bir ishni iziga tushirib olinsa, kam byudjet bilan ham yaxshi jamoa shakllantirsa bo'ladi. Masalan, 2019 yil "Bunyodkor" tarixidagi eng kam byudjet bo'lgan 16 milliard. SHu yili jamoa uchinchi o'rinni egallagan, OCHLga yo'llanma olgan. Futbolda tartib mahoratni enggadi degan ibora bor. Klublarimiz rahbarlari, homiylar tartibli ish ko'rishi tarafdoriman. SHunda sarflanayotgan mablag'lar samarasini beradi. Mamlakatimizda futbol rivojiga hissa qo'shishadi. Milliy terma jamoamiz Jahon chempionatiga chiqish ostonasida turibdi. Bunday mamlakat futboliga chiroyli va namunali ishlar yarashadi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика