Mutaxassis fikri: "Nasaf"ga Namanganda oson bo'lmaydi. Samarqandda "Paxtakor" favorit"
03 mar 2022 11:26
Yangiliklar
Mutaxassis fikri: "Nasaf"ga Namanganda oson bo'lmaydi. Samarqandda "Paxtakor" favorit"
Toshkentda "Bunyodkor" - "So'g'diyona", Samarqandda "Dinamo" - "Paxtakor", Namanganda "Navbahor" - "Nasaf" bugun o'zaro kuch sinashadi. SHubhasiz markaziy o'yin Samvel Babayan va Ro'ziqul Berdiev shogirdlari o'rtasida kechadi. Ushbu o'yinlar avvalida mutaxassis fikri ruknimizda sobiq futbolchi, murabbiy SHuhrat Rahmonqulovning taxminlari va mulohazalarini tingladik.
- Xudo xohlasa qiziqarli o'yin bo'ladi, deb o'ylayman. "Nasaf" har doim oldiga sovrinli o'rinlarga ega chiqish maqsadini qo'yadi. O'tgan yili O'zbekiston kubogida g'olib chiqdi. Jamoaviy o'yin yaxshi yo'lga qo'yilgan. Jamoa har doim o'zidan yaxshi taassurot qoldirib kelgan. Ro'ziqul Berdiev qo'l ostida akademiya tarbiyalanuvchilari ko'pchilikni tashkil qiladi. Lekin ularga bugun Namanganda oson bo'lmasligi aniq. "Navbahor" ham qishda tarkibini yaxshilab oldi. Samvel Babayan qaerda ishlamasin doim yaxshi natija uchun harakat qiladi. Jamoasini yuqori o'rinlarga olib chiqishga urinadi. Juda jangovar tarkib yig'ilgan. Ikkinchidan stadiondagi muxlislar haqiqiy 12 o'yinchi bo'lishadi. Boshqa tomondan jamoada o'yin sifati qanday yo'lga qo'yilgani qiziq. Imkoniyatlar, o'ylashimcha "Navbahor" g'alaba qozonsa kerak. Bunda asosiy faktor muxlislar.
- "Bunyodkor" ham "Nasaf" singari o'z tarbiyalanuvchilariga tayanmoqda. "So'g'diyona" Ulug'bek Baqoev boshchiligida o'tgan yilgi natijani yaxshilash uchun astoydil kurashadi. Qaysidir manoda bu o'yinda tajriba o'z so'zini aytishi mumkin. Tarkibni o'zagini saqlab qoldi va yana kuchaytirdi. SHaxsan men har bir o'yin muxlislar ko'radigan va tomoshabop o'tishini, undan zavq olishimizni istayman.
Dinamo |
Superliga. 1-tur 03/03/2022, 18:30 2
:
0
Tugadi
|
Paxtakor Dragan CHeran - 31', Xojimat Erkinov - 34' |
- "Dinamo"ning Superligaga qaytishi mahalliy ishqibozlarni quvontirgani bor gap. Ular o'z maydonlarida o'ynashadi. Fikrimcha, "Paxtakor" amaldagi chempion, Superkubok sohibi sifatida favorit. Bu bilan samarqandliklarni kuchsiz, demoqchi emasman. Ular ham yaxshi tayyorgarlik ko'rdi, xorijda yig'inlar olib bordi. Tarkibida legionerlar bor. Lekin real olib qaraganda ustunlik "Paxtakor" tomonida. Bu - futbol. Unda hamma narsa ro'y berishi mumkin. Jamoalarimizdan shiddatli va stadionga kelgan muxlislarni zeriktirmaydigan futbol kutib qolaman.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi
Fikrlar