So’nggi yangiliklar

23:14Айбек Нурбаев: "Бугунги мағлубиятга мен жавобгарман. Ўзгартиришларда хатога йўл қўйдим"  0 22:53ЕЧЛ. "Интер" – "Барселона". Жавоб учрашуви учун таркиблар аниқ!  19 22:18"Барселона" Ямал билан янги шартнома имзолайди. Томонлар келишувга эришишга яқин  1 21:46Виртц "Реал" ёки "Манчестер Сити"га ўтишни истамаяпти. У бошқа клубга бормоқчи  6 21:21"Олтин тўп" учун битта ҳақиқий номзод бор" – "Бетис" Винисиус ва Антонининг статистикасини солиштирди  2 20:57Кевин Де Брюйне "Сити"да қолиши мумкин, футболчи янги шартнома имзолашга тайёр  3 20:35Криштиану Роналду ўғлининг Португалия терма жамоасига чақирилганига муносабат билдирди  3 20:10​"Астон Вилла" Мартинес кетса, "Реал" дарвозабонини олиб келмоқчи  0 19:47МЮ сербиялик дарвозабонга қизиқиб қолди  0 19:26Про лига. "Олимпик-MobiUz" Нукусда кичик ғалабага эришди  0 19:05"Реал" скаутлари "Арсенал" – "Борнмут" ўйинида бўлди  3 18:388 ўйинда 8 хато. Суперлиганинг 8-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  20 18:14МЮ Рэшфордни сотишга тайёр. Клуб ўз тарбияланувчисини қанчага баҳоламоқда?  5 17:47Ўзга олам вакиллари  8 17:15"Футбол олами". Сенсацияларга ва истеъфоларга бой бўлган 8-тур ҳақида батафсил  0

Mustafo Bayramov: “O'runovga “Lokomotiv” qiziqayotganligi borasida gazetada o'qidim” Yangiliklar

Mustafo Bayramov: “O'runovga “Lokomotiv” qiziqayotganligi borasida gazetada o'qidim”

O'zbekiston Liga kubogi 2-turi doirasidagi “Navbahor” – “Mashal” (2:1) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” murabbiyi Mustafo Bayramov qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Uchrashuv qiyin kechdi. Mazkur o'yinda yigitlar maydonga g'alaba ishtiyoqida tushishgandi. Ammo ayrim vaziyatlarda imkoniyatlardan foydalana olishmadi. Buning sababi, 28 iyun kuni o'tkazilgan Superliga 13-turi doirasidagi “Qizilqum”ga qarshi kechgan bahsda futbolchilar ko'p kuch sarflashgandi.

Bundan tashqari, “Mashal” Pro-liga vakili bo'lganligi bois, yigitlar osongina g'alaba qozonamiz, deb o'ylashdi, chog'i, birinchi bo'limda biroz qiynaldik. Ammo 2-bo'limda o'z o'yinimizni namoyish etib, zafar quchishga muvaffaq bo'ldik.

O'zingizga malum, Namanganda futbolni sevishadi. Har bir g'alaba muxlislar uchun bayram hisoblanadi. SHuning uchun futbolchilar ham maydonga har bir o'yinda ishtiyoq bilan tushishlari kerak. Kuchsiz jamoalar bo'lmaydi. “Mashal” bizga munosib qarshilik ko'rsatib, buni isbotladi.

Biz birinchi davra davomida deyarli bitta tarkib bilan o'ynadik. Endi jamoamizning asosiy tarkib azolariga hordiq beramiz va ular 8 iyul kuni yig'ilishadi hamda 2-davra bahslariga Toshkentda tayyorgarlik ko'ramiz.

Jamoamizning ayrim o'yinchilariga boshqa klublardan takliflar bor. Jumladan, bugungi o'yinda engil jarohati borligi bois, maydonga tushmagan mahoratli yarim himoyachi Oston O'runovga “Lokomotiv” jamoasi qiziqayotganligi borasida gazetada o'qidim. Oston yuqori potencialga ega futbolchi. U “Navbahor”da namoyish etgan ajoyib o'yinlari evaziga avval O'zbekiston olimpiya, so'ngra milliy terma jamoamiz tarkibiga jalb etildi. Endi esa Oston ko'plab jamoalarning qiziqish doirasiga tushgan.

SHuningdek, legionerlarimiz Ivan Solovyov hamda Aleksandr Kasyanni Rossiya hamda mamlakatimizning bir qator klublari o'z tarkiblarida ko'rishni xohlamoqda. Ammo ushbu futbolchilarning klubimiz bilan amaldagi shartnomalari bor. SHuningdek, bu masalani klub rahbariyati hal qiladi.

Azizbek Turg'unboev masalasiga kelsak, uning diskvalifikaciya muddati 9 iyulda yakunlanadi va Azizbek albatta “Navbahor”da o'ynashini takidlagan. Turg'unboev ertaga klubimiz bosh murabbiyi Deyan Jurjevich bilan uchrashib, shu masala bo'yicha kelishib oladi.

Jamoamizning yangi ustozi Deyan Jurjevich jamoamiz OCHLda o'ynaydigan bo'lsa, tarkibni kuchaytirish lozimligini takidlamoqda. Davralar oralig'idagi transfer “oynasi”da jamoamizga 5-6 nafar yangi futbolchilarni jalb etish rejalashtirilgan.



So'nggi paytlarda muxlislar orasida va ijtimoiy tarmoqlarda “Navbahor” to'g'risida turli gap-so'zlar tarqalmoqda. Ko'p yillar davomida mazkur jamoada o'ynagan futbolchi sifatida shuni takidlashim joizki, bu gap-so'zlarning bari asossiz. Jamoamiz ahil-inoq. mahalliy futbolchilar va legionerlar o'rtasida hech qanday bo'linish yo'q.

Ayrim bahslarning birinchi bo'limida, bazi o'yinlarning

2-bo'limida jamoamiz yaxshi o'yin namoyish etishiga kelsak, aslida mashg'ulotlar jarayoni bir xil. Lekin o'yinlar davomida shunday holatlar yuzaga kelib qoladi. Masalan, 13-tur doirasidagi “Qizilqum”ga qarshi kechgan bahsning 2-bo'limida jismoniy faollikni oshirish orqali yutuqqa erishdik. Bu menimcha, ruhiyatga bog'liq.

Liga kubogining 3-turi doirasidagi “Andijon”ga qarshi kechadigan bahs principial ahamiyatga ega. O'sha bahsda Deyan Jurjevich maydonga kamroq tushgan hamda ko'proq yoshlarga imkoniyat berish niyatida.

Davralar oralig'idagi tanaffusda albatta tarkibimizda o'zgarishlar bo'ladi.



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика