So’nggi yangiliklar

08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  2 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  3 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  12 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  4 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  5 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  44 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  104

Murtozaev va Abduraimov nima uchun "Bunyodkor"dan ketishdi? Vadim Abramov izoh berdi Yangiliklar

Murtozaev va Abduraimov nima uchun "Bunyodkor"dan ketishdi? Vadim Abramov izoh berdi

Xabaringiz bor, "Bunyodkor" klubida ijarada o'ynagan Humoyun Murtozaev va Sardor Abduraimov jamoani tark etishdi.

Yil boshida "Mashal"dan ijaraga olingan futbolchilar nima uchun mavsum o'rtasida "qaldirg'ochlar" safini tark etishdi? SHu savol bilan "Bunyodkor" bosh murabbiyi Vadim Abramovga murojaat qildik.

"Bilasizmi ularni qishda jamoaga olib kelgandik. Sababi "Bunyodkor" OCHL pley-offida ishtirok etishi kerak edi, tarkibimizdan 5 nafar futbolchi U-23 Osiyo chempionatiga ketgandi, bundan tashqari bir qator futbolchilar xorij klublariga o'tib ketishgandi. O'zbekiston sharafini munosib himoya qilish uchun Murtozaev va Abduraimovni "Mashal"dan ijaraga olgandik. Ammo hozir jamoamizda futbolchilar etarlicha. Bu o'yinchilar zaxirada o'tirishsa hech kimga foyda bo'lmaydi. SHu bois "Mashal"ga qaytardik. Bu tashabbus ham "Bunyodkor", ham "Mashal" klubi tomonidan bo'ldi. Har ikkala futbolchiga ham jamoamizdagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiraman va keyingi faoliyatlarida omad tilayman", - deydi Vadim Abramov.

Malumot uchun, Sardor Abduraimov "Bunyodkor" tarkibida O'zbekiston chempionatida 1 o'yinda qatnashgan bo'lsa, Murtozaev 7 uchrashuvda bir bora raqiblar darvozasini ishg'ol qildi. 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика