So’nggi yangiliklar

14:58"Арсенал" Саненинг атрофидаги вазиятни кузатмоқда  0 14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  20 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  2 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   8 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   1 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  7 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  3 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  6 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  10 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  22 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1

Murodjon Toshmatov: “Istiqlol”ni mag'lub etishimiz shart” Yangiliklar

Murodjon Toshmatov: “Istiqlol”ni mag'lub etishimiz shart”

2018 yilgi mavsumni “Bunyodkor”da o'tkazgan Murodjon Toshmatov bu yilning boshida Olmaliqning AGMK klubiga ko'chib o'tdi.

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK yanvar oyi oxirida Dubay shahrida yig'in o'tkazib qaytdi. Biz mazkur yig'indan keyin Toshmatov bilan suhbatlashdik.

- Uzoq yillar davomida “Metallurg”da o'ynab, o'tgan mavsum “Bunyodkor”da harakat qildingiz. Baribir qiyinchilik bo'lgan bo'lsa kerak. Bundan tashqari mavsum davomida moliyaviy qiyinchiliklar haqidagi xabarlarni eshitib turdik. Umuman olganda o'tgan bir yil siz uchun qanday o'tdi?
- To'g'ri aytdingiz, Bekobodda bir necha mavsum o'ynab yangi jamoaga o'tish biroz qiyin bo'ldi. "Bunyodkor"da moliyaviy tomonlama ozgina qiynalganimiz rost. Lekin futbolchilarning ahilligi, o'yini, taktika borasida menga yoqdi. “Bunyodkor”dagi bir yil menga ham inson, ham futbolchi sifatida o'sishimga anchagina yordam berdi deya olaman.  Umuman olganda har bir mavsumda futbolchi o'zi uchun yangi tajriba olib boraveradi.

- AGMKga o'tish qanday ro'y berdi? “Bunyodkor” bilan shartnomangiz tugaganmidi?

- Ha kelishuv yakuniga etgan edi. Qishki tatilda edim. Kutilmaganda Mirjalol Qo'shoqovich menga qo'ng'iroq qildi va AGMK klubiga taklif qildi. Ushbu murabbiy bilan "Bunyodkor"da birga ishladik, uning o'yin falsafasi menga maqul kelgani uchun Olmaliq klubiga o'tishga rozi bo'ldim. Bundan tashqari jamoa Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqish uchun kurash olib borishidan xabaringiz bor. Har bir futbolchi xalqaro maydonda o'ynagisi keladi. SHu sababli ham AGMK varianti menga har tomonlama maqul keldi.



- Mirjalol Qosimovning boshqa murabbiylardan farqli jihati bormi?

- Nima desam ekan, o'zlari ham vaqtida futbolchi bo'lganlar. O'zbekistonning eng yaxshi futbolchilaridan biri edilar. SHu bois o'yinchilar bilan til topishishlari yuqori saviyada. Barchamiz bilan o'z farzandlaridek gaplashadilar. Muammo bo'lsa birga hal qilamiz deb aytadilar.

- Sizni o'z vaqtida himoyachi sifatida taniganmiz. Hozir yarim himoyada o'ynayapsiz...

- Faoliyatimni boshlagan "So'g'diyona" klubida yarim himoyada o'ynardim. Bazida himoyada muammolar bo'lgani uchun himoyada ham o'ynaganman. "Metallurg"da ham, "Bunyodkor"da ham qanot yarim himoyachisi sifatida o'ynadim.

- Dubaydagi yig'inda nimalarga urg'u qaratildi?

- Murabbiylar yig'in paytida futbolchilarning jismoniy holatini oshirish va o'yin tashkil etishga urg'u qaratishdi. Har bir murabbiyning o'z taktikasi bor. AGMKda yangi jamoa tuzilayotgani uchun bosh murabbiy o'z falsafasini singdirishga harakat qildi.

- Yig'in doirasidagi nazorat uchrashuvlari qanday kechdi?

- Asosan BAA klublari bilan o'ynadik. Dastlabki bahs "SHabab Al Ahli" jamoasi bilan bo'ldi. Yangi jamoa, yangi yigitlar bilan birinchi uchrashuv bo'ldi. To'g'ri 1:0 hisobida g'alaba qozondik, lekin baribir qiyin bo'ldi, futbolchilar bir birini tushunib ketishi uchun malum vaqt kerak bo'ladi. Keyin "Al Dafra"ni 4:1 hisobida mag'lub etdik. So'ngra Otabek SHukurov faoliyat olib borayotgan "SHarja" bilan kuch sinashib ko'rdik. Bu bahsda ham 1:0 hisobida zafar quchdik. So'nggi uchrashuv "Al Hamriyah"ga qarshi o'tdi va bu safar 3:2 hisobida g'olib bo'ldik. Ko'rib turganingizdek 4ta o'yinda ham yuta oldik, biroq aytganimdek hech bir uchrashuvda oson bo'lgani yo'q.



- 12 fevral kungi raqib “Istiqlol”ni o'rganish boshlandimi?

- Raqibni murabbiylar anchadan buyon o'rganib kelishmoqda. Ularning o'yin uslublaridan kelib chiqib bizga kerakli ko'rsatmalar berib borilmoqda. Biz o'z maydonimizda o'ynaymiz, shu bois hujumkor o'yin namoyish etsak kerak. Sababi bu o'yinda orqaga yo'l yo'q, faqat g'alaba.

- AGMK yangi mavsumda Superligada qaysi o'rinni egallaydi deb o'ylaysiz?

- Mirjalol Qosimov boshchiligidagi istalgan jamoa har doim eng yuqori maqsadlar sari intiladi. AGMK yuqori o'rinlar uchun kurashadi bunga shubha yo'q. Har bir futbolchining orzusi bo'ladi. Mening orzularimdan biri O'zbekiston chempioni bo'lish.

- 23 fevral kuni O'zbekiston Superkubogi doirasida “Lokomotiv” bilan o'ynaysizlar. Bu o'yin haqida nima deya olasiz?

- To'g'risi hozir barchamizning etiborimiz "Istiqlol" bilan o'yinga qaratilgan. Bu uchrashuvda g'alaba qozona olsak 19 fevral kuni Saudiya Arabistoniga safar qilamiz. Ana shundan keyin Superkubok haqida o'ylashni boshlaymiz. Raqib "Lokomotiv" bo'ladimi yoki boshqami farqi yo'q. Sovrin uchun albatta maydonda jang bo'ladi.

- AGMK muxlislariga nima deysiz?

- Olmaliq shahrida ilk bor Osiyo chempionlar ligasi bahsi bo'lib o'tadi. SHu bois stadionga kelib bizni qo'llab-quvvatlab turishsa biz ham ularga yoqadigan o'yin namoyish etishga va g'alaba qozonishga harakat qilamiz.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика