So’nggi yangiliklar

12:50Бахтиёр Қосимов: "Ўз майдонимизда "Динамо" илк мағлубиятини қабул қилиб олади"  1 12:28Компани: "Месси қандай қилиб ҳали ҳам шундай ўйнаяпти, билмайман"  1 12:00Абдурауф Бўриев: "Ҳисоб 6:0 бўлсин ёки 1:0 – ғалаба учун 3 очко берилади. Ҳозирда хориж клублари билан музокаралар кетмоқда"  0 11:45"Олтин тўп" учун курашда янги етакчи — Витинья биринчи ўринга чиқиб олди  4 11:18"Эчеверри тинмай машқ қилди, меҳнат ўз натижасини кўрсатди" — Гвардиола  0 10:40Криштиану Роналду яқин кунларда янги шартнома имзолайди  1 10:07Яна икки нафар футболчимиз Қозоғистон клубини тарк этди  3 09:38“Рома“ уч нафар футболчини 30 июнга қадар сотиши шарт  7 09:11ЦСКАнинг янги бош мураббийи мамлакатида қамалиши мумкин  0 08:43"Пахтакор" Тошкентда "Қўқон-1912"ни мағлуб этган баҳсдан ГАЛEРEЯ  0 08:25КЖЧ. "Манчестер Сити" - "Ал Айн" 6:0, Гюндогандан дубль  2 08:15Sofascore. Ҳусанов бугунги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  10 07:50Ўзбек футболчи учун тарихий кунда "Манчестер Сити" "Ал Айн"ни жуда йирик ҳисобда мағлуб этди  24 07:40Суперлига. "Пахтакор" "Қўқон-1912" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди, "Шўртан"да эса камбек  0 07:20Суперлига. Бугун 13-тур якунланади  7

Murodjon Aliev “Do'stlik” ordeni bilan mukofotlandi Yangiliklar

Murodjon Aliev “Do'stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Teglar :  Murod Aliev
O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining sport ishlari bo'yicha birinchi o'rinbosari Aliev Murodjon Bokievich “Do'stlik” ordeni bilan mukofotlandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma to'rt yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida”gi farmoni bilan Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy qudratini yuksaltirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat, istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga qo'shgan munosib hissasi uchun O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining sport ishlari bo'yicha birinchi o'rinbosari Aliev Murodjon Bokievich “Do'stlik” ordeni bilan mukofotlandi.

Takidlash kerakki, Murodjon Aliev futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi hamda Toshkentning “Paxtakor” klubi tarkibida futbolchilik faoliyatini olib borgan. “Paxtakor” tarkibida 11 mavsum davomida (1988, 1991 - 2000) harakat qilgan Aliev faoliyati so'nggida Bekabodning “Metallurg” (2001 yil) hamda Toshkent viloyatining “Do'stlik” (2002 yil) jamoasi sharafini himoya qilgan. O'zbekiston milliy terma jamoasi safida esa 6 uchrashuvda maydonga tushgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика