Murod Ismoilov: “Tur ramziy terma jamoaga kirish bu har qanday murabbiyni xursand qiladi”
09 iyu 2014 09:48
Yangiliklar
Murod Ismoilov: “Tur ramziy terma jamoaga kirish bu har qanday murabbiyni xursand qiladi”
Ortda qolgan 11-turdan so'ng odatdagidek turning ramziy terma jamoasini tuzib chiqqandik.
Unga ko'ra turdagi eng yaxshi murabbiy deb “Neftchi” bosh murabbiyi Murod Ismoilov topildi. Boisi farg'onaliklar mazkur turda amaldagi chempion “Bunyodkor” maydonidan bir ochko bilan qaytishga muvaffaq bo'ldi.
- Tur ramziy terma jamoasini berib borilayotgani yaxshi albatta. Bu o'z navbatida nafaqat muxlislarga balki futbolchi va murabbiylarga ham qiziq. Bunday etibordan keyin har qanday murabbiy va futbolchi yanada ko'proq ishlashga intiladi – deya gap boshladi Murod Muzaffarovich.
- Ochig'i, 11-turning ramziy terma jamoasidan o'rin egallashimni kutmagandim. CHunki bunga oliy ligada bir qator nomzod murabbiylar bor. Albatta sayt ijodkorlari meni shunga munosib topishganidan xursandman. Ularga minnatdorchilik bildirib qolaman. Qolaversa bizni qo'llab-quvvatlab kelayotgan sodiq muxlislarimizga ham rahmat aytib qolaman. “Bunyodkor”dan ochko olishimizda yigitlarning mehnati katta bo'ldi. Ramziy terma jamoaga kirishimda aynan futbolchilarimizning ham hissasi bor deb bilaman.
- Qolaversa 11-tur ramziy terma jamoasidan mendan yana tashqari “Neftchi”ning ikki vakili G'ayrat Hasanov bilan Ro'zimboy Ahmedovning ham joy olgani bizni xursand qildi. Haqiqatdan ham ular shu kuni ajoyib o'yin ko'rsatishdi. Umuman aytganda safardan ochko bilan qaytishimizda butun jamoaning xizmati katta bo'ldi.
- Nasib qilsa jamoamiz kelgusi uchrashuvlarda ham muxlislarni quvontirishga harakat qiladi – deydi Ismoilov.

Fikrlar