Murod Ismoilov: “Sog'ligim bilan bog'liq muammo yuzaga kelgan”
30 avg 2015 14:45
Yangiliklar


Murod Ismoilov: “Sog'ligim bilan bog'liq muammo yuzaga kelgan”
O'yindan keyin tashkil etilayotgan matbuot anjumaniga ham uning yordamchisi Andrey Fyodorov tashrif buyurmoqda. Buning sababini Andrey Vitalevich bosh murabbiyning o'yin paytida asabiylashmasligi bilan izohlab o'tdi. Biz esa Murod Muzaffarovichning o'zi bilan bog'lanib, vaziyatga oydinlik kiritishga urindik.
- Andrey Fyodorov takidlaganidek, sog'ligim bilan bog'liq muammo yuzaga kelgani bois, uchrashuv paytida zaxira o'rindig'ida bo'lmayapman. SHifokorlar asabiylashmaslikni aytganidan keyin shunday qilyapman. O'yinni tribunada kuzatib borish qanchalik og'ir bo'lmasin, lekin sog'liqni o'ylab, shunday ish tutyapman. Bu vaqtinchalik xolat. Lekin qachongacha davom etishini bilmayman. Menga xech kim uchrashuv paytida zaxira o'rindig'ida o'tirmagin demadi.
- Mashg'ulotlarda qatnashyapman. Jamoaga qo'limdan kelganicha yordam berib bormoqdaman – deydi Ismoilov.
Islombek Rustambekov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar