So’nggi yangiliklar

19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  0 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  1 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  0 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   1 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  6 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  6 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  19 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7

Murod Ismoilov: "Maqsadimiz futbolning darajasini bir pog'ona ko'tarish" Yangiliklar

Murod Ismoilov: "Maqsadimiz futbolning darajasini bir pog'ona ko'tarish"

Teglar :  Murod IsmoilovTuron
Yaypanning "Turon" jamoasi kuni kecha mavsum yakunlariga bag'ishlangan taqdirlash marosimini o'tkazdi.

Ko'tarinki ruhda o'tgan bayram tadbiridan so'ng klubda maslahatchi murabbiy lavozimida faoliyat olib borayotgan tajribali murabbiy Murod Ismoilovning yakuniga etgan mavsum haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

"Har bir jamoa mavsum avvalida o'z oldiga malum bir maqsadlarni qo'yadi. "Turon" Pro ligada debyutant edi. Mavsumni birinchi o'rinda va yuqori notada yakunlash orzuimiz amalga oshganidan xursandmiz. Jamoamizdagi ko'p futbolchilar yosh, quyi ligadan chiqqan yigitlar. Xudoga shukur jamoa yaxshi natijani qo'lga kiritdi. Bu bilan barchani tabriklaymiz. Ushbu mavsum Pro ligada shiddatli o'yinlar ko'p bo'ldi, har bir turda jamoalar ochko olish uchun astoydil kurashdi. Bundan tashqari OAV, televideniya, sharxlovchilar musobaqani juda yaxshi yoritdi. Ularga ham rahmat aytamiz. "SHo'rtan", "Neftchi", "Dinamo", "Istiqlol", "Oq-tepa" jamoalariga etarlicha qarshilik ko'rsata oldik. Keyingi maqsadlarimiz oldinga intilish, tasischilarimiz, murabbiylar shtabining asosiy maqsadi futbolni bir pog'ona bo'lsada ko'tarish. Superligada turli natijalar qayd etilishi mumkin. Yana qaytaraman maqsadimiz futbolni o'zini o'stirish. CHunki, boshqa mamlakatlar Yaponiya, Koreya, Qatar, Avstraliya bizdan o'zib ketgan. Biz shuning uchun umumiy futbolni darajasini ko'tarishimiz kerak. Bu yo'lda harakatni boshladik. SHu ustida ish olib bormoqdamiz",- deydi Murod Ismoilov.

- Superligada ham shu tarkib saqlanib qolinadimi yoki yangi futbolchilar jalb qilinadimi?


- Bosh murabbiyimizning bitta vadasi bor edi. Yani agar Superligaga chiqsak o'zinglar istab ketmasalaring Superligada bir davrada davomida imkoniyat beraman, sizlar mehnat qildinglar va elitada o'ynashga haqlisizlar, agar bir davra natijalarimiz yaxshi ko'rinish olmasa tarkibni kuchaytiramiz degandi. Endilikda ayni paytdagi yigitlar yanada yaxshiroq o'ynashlari uchun bir nechta ijrochilar olishimiz lozim. Birinchi transferni amalga oshirdik. Tojikiston terma jamoasining azosi bilan shartnoma imzolandi. Yana bu borada ishlar ketmoqda. Iloji boricha kerakli poziciyalarga zarur bo'lgan ijrochilarni olamiz. Yuqorida aytilganidek futbolni rivojlantirishimiz uchun poydevorimizni mustahkamlab olishimiz kerak. Yaqinda Respublikamizning turli hududlardan iqtidorlarni jalb qildik va ularning orasidan 22 nafarini tanlab oldik. Samarqanddan, Qoraqalpog'iston, Qashqadaryodan kelishdi. Yana ikki hafta davomida mashg'ulotlarda ularni ko'rib chiqamiz. Yoshlarni ham tezroq shakllantirib asosiy tarkibga etishtirib beramiz. Tashqaridan futbolchi qidirmaymiz, o'zimiz kashf qilamiz. O'ylaymanki, "Turon"ning oldiga qo'ygan maqsadiga erishish uchun qo'ldan kelgancha hissa qo'shishadi. Jamoani yuz foiz o'zimizning tarbiyalanuvchilardan iborat bo'lgan darajaga olib chiqishimiz kerak. Albatta bu katta mehnat talab qilinadi.

- Murabbiylar shtabida o'zgarish ko'ramizmi?


- Hozirda yordamchi murabbiy izlanmoqda. fikrimcha baribir yosh murabbiylar bilan birga mahoratli mutaxassislar ishlashi kerak. Islombek Ismoilov zamonaviy texnologiyalarni, kompyuterni, taktikani va jismoniy yuklamalarni tushunadigan murabbiy qidirmoqda. Agarda murabbiy keladigan bo'lsa birgalikda o'sishga erishishadi deb o'ylayman.

- Xorijdan ham kelishi mumkinmi?


- Agarda talablarga mos keladigan bo'lsa ehtimoldan holi emas. Barcha tomonlarini o'ylab chiqamiz. Bosh murabbiyning uslubiga va falsafasiga mos keladimi, g'oyasi qanday kabilarga ham javob bera olishi lozim. Akademiyamizni ham shakllantirish ustida ish olib bormoqdamiz. Islombek Ismoilov yo'lga qo'ygan hujumkor pressingga asoslangan futbolga mos o'yinchilarni tanlaymiz. Masalan, "Mashal" jamoasida shunday tizm bor. Biz ham xuddi shu yo'ldan ketmoqchimiz. Bosh jamoa qaysi o'yin sxemasida harakat qilsa qolgan yosh toifadagi jamoalar ham shu uslubda o'ynaydi. Kichik yoshdagi bolalar esa ko'proq texnikaga va o'rganishga urg'u berishadi. SHundagina tizm va mexanizm ishlaydi. Ko'pchilikni qiynaydigan bir savol bor, nima uchun futbolchilar malum bir yoshda yo'qolib qoladi? Bizda shu narsa bo'lmasligi uchun bosqichma-bosqich poziciyalarga o'yinchilar tayyorlanib boriladi. Akademiyamiz ochilsa beshinchi sinfdan boshlab qabul qilamiz, futbol maktabiga esa besh yoshdan tayyorlanib boriladi. Selekciya ishlarida to'xtash bo'lmaydi. Akademiyani ochishni tezlashtirishga harakat qilamiz. Birinchi o'rinda joy masalasi. Agar joy ijobiy hal qilinsa futbolchilar tayyor.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика