So’nggi yangiliklar

08:05Суперлига. "Сурхон" — "Сўғдиёна" 2:1  2 08:03Аморим навбатдаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  1 07:33Суперлига. Бугун 3 та учрашув бўлиб ўтади  3 02:15АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  11 02:09Иван Бошкович: "Жамоага қандай фактор етишмаётганини биламан, бироқ буни тушунтириб беришим жуда қийин"  3 01:26АПЛ. "Тоттенхэм" яна мағлуб бўлди, бу сафар "Астон Вилла"га  2 01:19Саудия Арабистони. "Ал Насср" дуранг ўйнаб, 3-ўринни бой берди, "Ал Ҳилол"дан камбэк!  5 00:33"Сурхон" спорт директори: "Кубокда финалга қадар боришни мақсад қилгандик. Февзи Давлетов номидан узр сўраб қўяман"  2 23:24"Атлетико" Влаховичга қизиқиш билдирмоқда  1 22:30Де Зерби ПСЖ ва "Интер" ўртасидаги EЧЛ финали ҳақида: "Netflix’да фильм томоша қиламан"  3 22:04Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Сўғдиёна"ни мағлуб этди   19 21:58Хёйсеннинг "Реал"даги маоши маълум. АПЛ клублари ҳимоячига кўпроқ пул тўлашга тайёр эди  3 21:35МЮда мавсумнинг энг яхши ўйинчиси аниқланди  1 21:11Хосеп Гвардиола: "Албатта, биз Англия кубогини қўлга киритишни истаймиз, аммо бу биз учун етарли эмас"  1 20:43Хёйсен "Реал" билан 5 йиллик шартнома имзолайди  20

Murod Ismoilov: “Gvazava o'zini har tomonlama ko'rsata oldi” Yangiliklar

Murod Ismoilov: “Gvazava o'zini har tomonlama ko'rsata oldi”

Murod Ismoilov boshchiligidagi “Neftchi” har tomonlama mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rishga harakat qilmoqda.
Farg'onaliklarning bu yilgi tarkibi deyarli yangilandi. Yaqinda jamoa azolari Turkiya safaridan qaytib kelishdi va hozirda o'z qarorgohlarida mashg'ulotlarni davom ettirishyapti. “Neftchi” Turkiyadagi tayyorgarlik jarayonida bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazdi va tarkibga gruziyalik Levani Gvazavani qo'shib oldilar. O'z qarorgohidagi yig'inga ushbu o'yinchi ham etib kelgan. Bosh murabbiy bilan mazkur legioner, Turkiya safari va yana boshqa masalalar yuzasidan suhbatlashdik.  

- Murod Muzaffarovich, Turkiya safaridan ko'zlangan maqsadga erisha oldingizmi?
- Rejalashtirgan barcha nazorat o'yinlarimizni va mashg'ulotlarimizni o'tkazdik. Lekin bo'lib o'tgan bahslarda mag'lubiyatlarga uchradik. Bunga sabab shuki, futbolchilarimiz golli imkoniyatlardan etarlicha foydalana olmadilar. Lekin jamoamiz azolari asta-sekin bir-birini tushunib yaxshi o'ynay boshlayaptilar. Bu jihatdan ishlarimiz ijobiy tomonga o'zgaryapti. Baribir jamoamiz yangi shakllanayotganligi uchun tushunmovchiliklar bo'lmoqda. Biroq bundan buyog'iga hammasi biz uchun yaxshilikka bo'ladi deb umid qilaman.  

- “Neftchi”ning qishki o'quv-mashg'ulot yig'inlarining aksariyati mag'lubiyatga uchragani sizni havotirga solyaptimi?
- Meni golli imkoniyatlardan samarali foydalana olmaslik o'ylantiryapti. “Paxtakor”da ishlaganimda ham shunday holatlarga duch kelganman. O'zbekistonning barcha klublarida bizdagi kabi kamchiliklar bor. SHuni alohida aytishni istardimki, “Neftchi”da yaxshi hujumchilar yig'ilgan. Ular bungacha gollar urib kelishgan. O'ylaymanki, malum vaqt o'tgach albatta o'zlarini ko'rsata olishadi.

- Ushbu haftada chempionatga start beriladi. Tarkibni tayyor deb ayta olasizmi?
- Imkoni boricha ko'z ostimizga olib qo'ygan futbolchilarni olishga harakat qildik. Yana ozgina bo'lsada, vaqtimiz bor. Bir-ikkita futbolchi qo'shilmasa agar, hozirda tarkibimiz 90 foizga tayyor desam bo'ladi. Hozirgacha o'zimizga kerakli bo'lgan o'yinchilar bilan shartnomalar imzolashga muvaffaq bo'ldik.  

- Turkiya yig'inida jamoaga gruziyalik Levani Gvazava qo'shilgandi. Uning “Neftchi”da to'p surishi aniq bo'ldimi?
- O'ylaymanki, u mavsumni biz bilan boshlashga yaqin turibdi. SHu kunlarda barchasi rasman hal bo'ladi. Hozir Farg'onada biz bilan shug'ullanyapti.

- Bilamizki, bu futbolchi Rossiya premerligasida “Alaniya”, “Ximki”, “Terek” kabi jamoalarning asosiy tarkiblarida to'p surgan va o'ziga yarasha mahoratga ega. Uni ko'ndirish qiyin bo'lmadimi?
- Turkiyaga borganimizda uni tanishimiz tavsiya qilib sinab ko'rishimizni maslahat berdi. SHundan keyin uchta uchrashuvda Gvazavani maydonga tushirib sinovdan o'tkazdik. U o'yinlarda o'zini yaxshi tomonlama ko'rsatishga erishdi. Bizga aynan sheriklarini ajoyib paslar bilan taminlay oladigan, mahorati yuqori bo'lgan etakchi etishmayotgandi. Gvazavani yoshlarga o'rnak bo'la oladigan hislatlari ko'p. Futbolchi sifatida o'zingiz aytib o'tganingizdek, yaxshi jamoalarda to'p surgan. Uning o'ziga yarasha nomi bor. O'ylaymanki, u albatta jamoamizga foyda keltiradi.   

- Undan tashqari yana boshqa legionerlarga qiziqish bildirmadingizmi?
- Bitta o'yinda KotdIvuarlik futbolchini sinab ko'rgandik, lekin u bizga yoqmadi va darhol javob berdik.

- Devid Oniyaning “Neftchi”da to'p surmasligi borasidagi fikrlarga javobingiz qanday?
- Hozircha bu masala ochiq turibdi. Ayni paytda Oniya davolanyapti, shundan so'ng yana bir marta tekshiruvdan o'tadi. Xullas, Oniya haqida aniq javob aytish qiyin. Har qanday holatda ham uni oxirigacha kutamiz.

- So'nggi tayyorgarlik Farg'onada davom ettirilyapti. Aytingchi, xorij yig'inidan kelgach biror bir futbolchiga javob berilmadimi?
- Yo'q, hamma shu erda. Hali aytganimdek, tarkibimiz 90 foizga tayyor. Yanada saviyaliroq futbolchilarni qo'lga kiritishni xohlardik. Lekin hozirgi yig'ilgan futbolchilarimiz ham o'zlarini ko'rsatishga qodir.

- Demak, tarkibdan nisbatan ko'nglingiz to'q, to'g'rimi?
- Ha, bu borada ko'nglim ancha to'ldi. Turkiyaga ketimizdan 15-20 kun oldin tarkib borasida biroz qoniqmayotgandim. Hozir esa ko'nglim ancha yorishyapti. Eng muhimi, yigitlarni joy-joyiga qo'yib, ular o'rtasida ahillikni, jipslikni yuzaga keltirib olishimiz kerak. Qolaversa, futbolchilarning intizomini birinchi o'ringa olib chiqamiz. Tarkibimizdagi o'yinchilar har xil klublardan kelib yig'ilishyapti. Har bir jamoaning o'z falsafasi, intizomi bo'ladi. Bizning istak va xohishlarimizni o'yinchilarimiz tezroq tushunib olishsa bizga yanada qulayroq bo'ladi.

- CHempionat yaqinlashib qolganini hisobga olsak, hozirda sizni nima bezovta qilyapti?
- Har doim insonga oz bo'lib tuyulaveradi. Faqat bizga hozirgi holatdan chiqib ketish uchun bitta g'alaba kerak. Ana shunda yigitlarimizing ruhiyati yanada ko'tariladi. Garchi imkoniyatlardan foydalana olishmayotgan bo'lsada, ularning mahorati etarli. Tez orada bu holatdan chiqib ketamiz.


FIRDAVSXON suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика