Murod Ismoilov: "Barcha muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklayman"
31 may 2014 20:30
Yangiliklar
Murod Ismoilov: "Barcha muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklayman"
"Neftchi" - "Dinamo" (1:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Murod Ismoilov ishtirok etdi.
- Bugungi g'alaba bilan barcha muhlislarimizni va jamoaga befarq bo'lmagan jonkuyar insonlarni tabriklab qolaman, - deb gap boshladi Ismoilov.
O'yin xususida to'xtaladigan bo'lsam, bugun bizda juda ko'plab imkoniyatlar bo'ldi. Omad degani hech kelavermadi. Hamma guvohi bo'ldi biz birinchi bo'limda qulay imkoniyatlardan foydalana olmadik. Ha deganda to'p kiravermadi. Yigitlar bugun bor kuchlari bilan harakat qilishdi.
- Bugungi o'yinda ruhiy tomondan qiyin g'alabaga erishdik. "Dinamo" jamoasida ham standart vaziyatlardan yaxshi imkoniyat bo'ldi. SHogirdlarim o'yin davomida hech qanday pala-partish o'yin namoyish etishmadi. Jamoa endi-endi men istagan kombinacion o'yin namoyish etishni boshlamoqda. Maydonimiz holati hozir ham ko'ngildagidek emas. SHu bois ham mavsum boshidan beri o'z maydonimizda yaxshi to'p surishga harakat qilyapmiz.
- Turkiya yig'ini davomida biz tarkibimizni va jamoa o'yinini shakllantirishga erishgan edik. U erdagi maydonlarda jamoa mazmunli o'yin namoyish etayotgan edi. CHempionatimiz boshlanishi bilan maydonimiz ahvoli yaxshi emasligi bois mazmunli o'yin namoyish eta olmadik. Mana bugun bunga erishdik deb ayta olaman.
- Bugungi g'alabada murabbiylarimizning hissasi ham muhim o'rin egalladi. Sergey Lebedov, Andrey Fyodorov, Aleksandr Evstafeev, SHerzod Raimjonovlarning mehnatlariga urg'u berib o'tishni istardim. Keyingi o'yinlarda ham muxlislarimizga va butun Farg'ona ahliga g'alaba tortiq etishga harakat qilamiz, - deydi Murod Ismoilov.
Komiljon Ikromov yozib oldi.

Fikrlar